Maktabgacha yoshdagi bolalar psixik rivojlanishininig xususiyatlari

Maktabgacha yoshdagi bolalar psixik rivojlanishininig xususiyatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixik rivojlanishininig xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Chaqaloqlik davri psixologik xususiyatlari. Go'dak va muloqot. His-tuyg'uning o'sishi Chaqaloqning yangi sharoitda yashashini ta'minlovchi asosiy omil tug'ilishda unda vujudga kelgan tabiiy mexanizmlardir. U tashqg'i sharoit va muhitga moslashish imkonini beradigan, nisbatan yetilgan nerv sistemasi bilan tug'iladi. Tug'ilganidan boshlab mazkur reflekslar organizmda qon aylanishi, nafas olish hamda nafas chiqarishni ta'minlaydi. Birinchi kundanoq kuchli qo'zg'atuvchilarga nisbatan ko'zni qisish, pirpiratish, uning qorachig'ini kengaytirish yoki toraytirish mexanizmlari ishlay boshlaydi. Bu reflekslarni himoya reflekslari deyiladi. Chaqaloqda himoya reflekslaridan tashqari, qo'zg'atuvchilar bilan aloqa o'rnatishga xizmat qiladigan reflekslar ham bo'ladi. Bularni orientir reflekslari deb ataladi. Chaqaloqlarni kuzatishlarda ikki uch kunlik bola xonaga quyosh nuri tushishi bilan boshin yorug'lik tomonga burishi, chaqaloq xonaga asta kirib kelayotgan nur manbaini ham sezishi yaqqol ko'rindi. Yuqorida aytilgan reflekslardan tashqari, bolada bolada bir necha tug'ma tabiiy reflekslar ham uchraydi; emish refleksi og'ziga tushgan narsani so'rishga o'z ifodasini topsa qo'l kaftiga biror narsaning tegishi ushlash, chang solish reaksiyasini vujudga keltiradi. o'zidan narsani itarish, uzoqlashtirish refleksi mavjudligini kursatadi va bu hol tovonga qandaydir jism tegishi bilan uni o'zidan uzoqlashtirishda namoyon bo'ladi. Psixolog V.S.Muxinaning fikricha, chaqaloqda tug'ilshiga qadar ham shartsiz reflekslar bo'lishi, unga homilalik paytidayoq o'z qo'lini so'rish imkonini yaratadi. Tug'ilgan chaqaloqning vazni tez kamaya boradi. Buning sababi undan suyuqlik moddasining chiqib ketishi, vaznsizlik holatian atmosfera bosimiga, quyosh nuriga, turli xususiyatli moddalar ta'siriga, o'zgaruvchan havo haroratiga moslashish davrida ko'p kuch-quvvat sarflanishidir. Bu davrning kechishida chaqaloqlarning ham individual, sham jismoniy tafovutlari ko'zga tashlanadi. Oradan ko'p vaqt o'tmay chaqaloq vaznnining kamayishi tabiiy ravishda to'xtaydi va uning yangi muhitga moslashishi boshlanadi. Kindik tushish davri organizmda keskin o'zgarishlar yuz berish pallasi hisoblanib, murg'ak organning mustaqil yashayotganidan dalolat beradi. Chaqaloqning oldingi vazniga yetish davri hayotining birinchi o'n kunligiga to'g'ri keladi. Chaqaloq organizmining anatomik- fiziologik, morfologik tuzilish bo'yicha, boshqa yoshdagi odamlarnikidan farqi ham rivojlangani, zaifligi, ish qobiliyatining kuchsizligidir. Uning suyak sistemasiE, pay-muskullari va tog'ay to'qimalarining o'sishi katta yoshdagi kishilarnikidan ham sur'at, ham sifat jihatidan farqlanadi. Chaqaloqdagi muskullarning takomillashishi harakat negizini vujudga keltiradi; shu birga har bir biologik organning mutaqil harakati va faoliyatini ta'minlashga xizmat qiladi. Bolada bo'yin muskullarining o'sishi bo'ynini tutishga olib kelsa, tana muskullarining rivojlanishi kattalar yordamida ag'anash imkonini, qo'l va oyoq muskullarining yetilishi esa jismoniy harakat qilish, jismlarga qo'l cho'zish uchun sharoit yaratadi. Chaqaloqning anotamik-fiziologik tuzilishini tahlil qilsak, uning suyak sisitemasida ohak moddasi va har xil tuzlar yetishmasligining guvohi bo'lamiz. Shu sababli suyak funksiyasini ko'proq tog'ay to'qimalari bajaradi. Bosh suyaklari bolalarning ikki oyligida o'zaro qo'shilib ketadi. Bosh suyakning pesxona va tepa qismlari o'rtasida liqildoq deb ataladigan qalin parda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.79 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.79 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga