Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish

Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish - rasmi

Material tavsifi

QARSHI DAVLAT UNVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI PEDAGOGIKA FAKULTETI MAKTABGACHA VA BOSHLANG'ICH TA'LIM METODIKASI KAFEDRASI Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish Reja: 1. Huquqiy tarbiya haqida tushuncha. 2.Oilada huquqiy munosabatlarning maqsad va vazifalari. 3.Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida huquqiy tarbiya berishda Sharq mutafakkirlari merosidan foydalanish. Huquqiy tarbiya haqida tushuncha. Bugungi kunda ijtimoiy adolatni o'rnatish, inson huquq va erkinliklarini ta'minlash davlatimizning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi. Har bir davlat o'z fuqarosini har tomonlama o'qimishli, ongli, tarbiyali bo'lishini istaydi. Bunda yosh avlodda huquqiy tarbiya, huquqiy ong, huquqiy madaniyatni shakllantirish masalalariga katta e'tibor qaratadi. Huquqiy tarbiya - umum tabiyaning ajralmas qismi bo'lib, barcha fuqarolarda huquqiy bilimlar asosida, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish borasida tashkil etiladigan tarbiyaviy jarayondir. Shu zaylda qonunchilikni mustahkamlash, huquqiy me'yorlarni hurmat qilishga erishiladi. Huquqiy tarbiya - muntazam olib boriladigan, aniq maqsadni ko'zlagan va shaxs (guruh) da huquqiy ong, huquqiy bilim va qoidalarga rioya etish jihatlarini namoyon etishga undaydigan pedagogik yo'ldir. Huquq - jamiyat a'zolari rivojlanishini, jamiyatda tartib o'rnatishni tashkil etish, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish vositasidir. Huquq - ijtimoiy va yuridik mazmunga ega shaxsning xulq-atvori, axloq, urf-odatlar, an'analar nuqtayi nazaridan asoslangan hollarda umum ijtimoiy ma'nodagi huquq tushiniladi. Bunga millatlarning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi ham kiradi. Huquq to'g'risida yuridik hodisa sifatida fikr yuritilganda davlat hokimiyatining qonunlari, hujjatlari, shaxsning erkinligi, xulq-atvor majburiyatlari majmuasini nazarda tutamiz. Huquqning vujudga kelishi to'g'risida turli xil nazariy va qarashlar mavjud. Insoniyat vujudga kelishi bilan jamiyatda o'zini tutish qoidalari vujudga kela boshlagan. Davlatgacha bo'lgan davrda bu urf-odat, diniy me'yorlar shaklida bo'lib, jamiyat a'zolari bularga rioya qilgan. Jamiyatdagi o'zaro munosabatlarning shakllanishini amalga oshirish yo'lini ko'rsatib beruvchi qoidalar, me'yorlar - huquq deb atala boshlandi. Huquqiy tarbiya - bolalarning xulq-atvoriga ta'sir ko'rsatuvchi, ularga ma'lum qoidalar doirasida ish tutish uchun asos bo'ladigan bilim berishdir. Pedagog-tarbiyachi huquqiy bilimlar beribgina qolmasdan, bolalarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsata olishi lozim. Huquqiy ta'lim berish vazifalari: Maktabgacha yoshdagibolalarga O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rgatish jarayonida ularda huquqiy ongni shakllantirish; Huquq me'yorlarga hurmat ruhida tarbiyalash orqali bolalarda mustaqil, erkin fikrlash, ijodiy ishlarga intilish his-tuyg'usini uyg'otish; Tevarak-atrofda bo'ladigan ijobiy va salbiy holatlarga nisbatan huquq normalari asosida o'z fikr-mulohazalarini bildirishga o'rgatish. Huquqiy tarbiya berish vazifalari: Ona Vatanni sevish, uni e'zozlash tuyg'usini singdirish; Konstitutsiya va qonunlarga yuksak hurmat darajasini o'stirish. Huquqiy me'yorlarga rioya qilishga odatlantirish. Davlat, ota-onalar oldidagi burch va majburiyatlarini bajarish yo'llarini ko'rsatish. Huquqiy tarbiyaning metodologik asosini- O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya, O'zbekiston davlati va Prezidenti tomonidan yaratilgan asarlar, qabul qilingan va ilgari surilgan, ilmiy jihatdan asoslangan g'oyalar egallaydi. Jamiyatda insonlarning huquqiy bilimi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 150.22 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 150.22 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga