Maktabgacha yoshdagi bolalarni applikatsiya ishlariga o'rgatish

Maktabgacha yoshdagi bolalarni applikatsiya ishlariga o'rgatish

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha yoshdagi bolalarni applikatsiya ishlariga o'rgatish - rasmi

Material tavsifi

Maktabgacha yoshdagi bolalarni applikatsiya ishlariga o'rgatish Reja: 1.Applikatsiya - amaliy san'at turi sifatida. 2.MTTda applikatsiya turlari. 3.Applikatsiya ishlari uchun ashyo va jihozlar. Applikatsiya - so'zi lotincha so'zdan olingan bo'lib, «joylashtirish» degan ma'noni anglatadi. Applikatsiya bir xil rangli yoki rangli bo'ladi. Bir xil applikatsiya grafik tus bersa, ko'p ranglisi esa go'zallik. Applikatsiya ishini bajarishda ishlatiladigan kerakli asbob uskunalar: Qaychi-uchi to'g'ri, kichik qaychi 8-10 sm, katta qaychi 14-20 sm, to'g'ri, uchi uchli va aylanaviy katta tasvirlarni qirqish uchun. Kichik qaychi: 8-10 sm mayda detallarni qirqish uchun qaychi o'tkir bo'lishi kerak. Yelim uchun mo'yqalam. Masalan: 2-3 ta mo'yqalamga ega bo'lish kerak. Mo'yqalam applikatsiyaning mazmunini katta-kichikligiga bog'liq. Katta xajmdagi applikatsiyaga uchi enli mo'yqalam, mayda detallarga esa, kichik mo'yqalamdan foydalanish maqsadga muvofiq. Qalam. masalan: tasvir konturini chizish uchun oddiy, M va TM (yumshoq, yarim yumshoq) qalam ishlatiladi. Ular yaxshi ochilgan, kontur chizishda ruchka va ximiyaviy qalamni ishlatish mumkin emas. Yelim uchun idish-elim kichik idishchalarga solib bo'ladi, plastmassa idishlar, sopol taqsimchalar tanlanadi. Ishlatib bo'lingandan so'ng tezda yuvib qo'yish kerak. Maktabgacha ta'lim tashkilotida o'tkaziladigan applikatsiya mashg'ulotlari bolalarning sezish qobiliyatlarining rivojlanishiga, ta'sir etib, ularni estetik jihatdan tarbiyalashni va ijodiy faolligini shakllantirishga, shuningdek, mehnat ko'nikmalarini shakllantirishga va ularda xarakterning irodaviy xususiyatlarini vujudga kelishiga ta'sir etadi. «Rangni sezish-estetik sezishning umuman eng ommabop shakli bo'lib hisoblanadi». Biz bolalarning estetik tarbiyasiga ta'sir ko'rsatamiz. Bolalar shu asosida shaklning go'zalligini, ritm va simmetriyani bilishga, sezishga o'rganadilar. Applikatsiya mashg'ulotlarida bolalar ko'pincha geometrik shakllar bilan munosabatda bo'ladilar natijada ular tevarak atrofdagi predmetlarda geometrik shakllarni abstrakt ko'rinishini ko'ra olishga o'rganadilar. Bolalar geometrik shakllar bilan tanishishlari jarayonida hali o'zlariga tanish bo'lmagan figuralarning nomini to'g'ri aniqlashga o'rganadilar. Bolalar shaklni yopishtirishni yelimsiz aloqa qilishlari natijasida bu shaklini mantiqiy va ritmik holida joylashtirishga o'rganishlari, asosan o'rtasida o'ngda, chapda, yuqorida, pastda, orqada, qarama-qarshi tamonda, atrofida kabi so'zlar bilan tanishib oladilar. Bolalarni qog'oz betida nuqta orentirovka qilishga o'rgatish-bolalarni maktabda muvaffaqiyatli o'qishlarini asosiy shartlaridan biridir. Bolalarga barglardan yasalgan applikasiya bu - qiziqarli hunarmandchilik. Kuzda bolalar barglarning oltin o'yinini kuzatishadi. Aynan ulardan ajoyib kuz ilovalarini yasash mumkin. Bolalarni bo'sh vaqtida qiziqarli ijodkorlik bilan shug'ul- lanishga taklif qilish kerak. Kuzda yorqin barglar va o'tlardan o'z-o'zidan yasalgan narsalar chindan ham qulay, chiroyli va albatta, o'ziga xos bo'lib chiqadi. Har kim barglardan applikasiya yasashi mumkin, bu yerda asosiy narsa shoshilmaslikdir. Kuzgi ilovalarni yaratishdan oldin, barglar va gullar quritilishi kerak, keyin rasm uzoq vaqt xizmat qiladi Kuzda sekin va ohista daraxtlar oltin va qip -qizil tus oladi kuzgi barglar- qayiqlar, va bu vaqtda parkda sayr qilish, butun guldastalarni yig'ish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.63 MB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.63 MB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga