Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash muammolari Reja: 1. Jismoniy tarbiyaning mazmuni va mohiyati. 2. Jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifalari. 1. Jismoniy tarbiyaning bolalar tarbiyasidagi ahamiyati. 2. Jismoniy tarbiyaning vositalari. Kichik yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi maktabgacha ta'lim pedagogikasining muhim bir bо'limi sanalib, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni uyg'un rivojlantirish, ularni har tomonlama jismoniy tar-biyalashni nazarda tutadi. Jismoniy tarbiyaning vazi-fasi, bola sog'lig'ini saqlash, jismoniy sifatlarini о'stirish, yosh avlodni aqliy va jismoniy mehnatga va Vatan himoyasiga tayyorlashdir. Bu g'oya azal-azaldan ota-bobolarimiz ma'naviyatida aks etib kelmoqsa. Jumla-dan, xalq ijodida «Alpomish», «Gо'rо'g'li» kabi dostonlarda ham о'z ifodasini topgan. «Alpomish» dostonida Hakimbekning (Alpomishning) jismoniy mashq qilish, tabiat qо'ynida voyaga yetgani, uning alpligi quyidagicha tasvirlanadi. «Alpinbiyning bobosidan qolgan о'n tо'rt botmon parli yoyi bor edi. Ana shunda yetti yashar bola Hakimbek shu о'n tо'rt botmon yoyni qо'lida kо'tarib, uni tortib qо'yib yubordi. Yoyning uchi yashinday bо'lib ket-di. Askar tog'ining katta chо'qqisini yulib keldi. Ovozasi olamga yoyildi. Shunda barcha xaloyiqlar yig'ilib aytdi: Dunyoda bir kam tо'qson alp edi, alplarning boshlig'i Rustam doston, oxiri bu Alpomish alp bо'lsin». Yuqoridagi fikrlardan kо'rinib turibdiki, shaxsning jismoniy kamoloti kishilar tarixiy ta-raqqiyotining barcha jabhalarida ulug'langan va qadrlangan. Jismoniy tarbiya tо'g'risidagi ta'limot pedagogi-kaning tarkibiy qismidir. Pedagogika fanining bu sohasiga taallukli ba'zi bir hodisalarni ta'riflashda «jismoniy madaniyat», «jismoniy rivojlanish» singa-ri asosiy tushunchalardan ham foydalaniladi. «Jismoniy madaniyat» tushunchasiga xalq madaniya-tining bir kismi sifatida qaraladi. Jismoniy madaniyat kishilik jamiyati tomonidan tо'plangan moddiy va ma'naviy boyliklar yig'indisi, undan kishilarning jismoniy kamoloti uchun foydalaniladi. Jismoniy madaniyat tushunchasiga quyidagilar ki-radi: - mehnat va turmushdagi ozodalik; - kiyim, bino va xonalarning tozaligi; - shaxsiy gigiyena va kun tartibiga odatlanish, kun davomida tо'g'ri faoliyat va dam olish, uyqu, ovqatlanish shunga о'xshashlar; - tabiiy sharoitda organizmni chiniqtirish: havo, Quyosh va suv yordamida; - jismoniy mashqlar. Jismoniy rivojlanish - odam organizmidagi shakl va vazifalarning о'zgarishi, muskullarning or-tishi, bо'yning о'sishini ifodalaydigan biologik ja-rayondir. Jismoniy rivojlanish hayot qonunlari muhit va organizmning birligi asosida amalga oshadi. Jismoniy tarbiya - kishi organizmini morfolo-gik va funksional takomillashishi, uning jismoniy sifatlari va qobiliyatlarini rivojlantirish, harakat malakalari va kо'nikmalarini shakllantirish hamda ular bilan bog'liq bо'lgan bilimlarni hosil qilish va mustahkamlashga yо'naltirilgan pedagogik jarayondir. Jismoniy tarbiya bola organizmining funksional imkoniyatlarini oshirib, uning aqliy faoliyatini mu-vaffaqiyat bilan bajarishga kо'maklashadi, qо'l panja-larining harakatlanishi, nutkni harakatga keltiruvchi markazning rivojlanishiga ijobiy ta'sir etadi. Kun tartibidagi gigiyenik va chiniqtiruvchi muola-jalarni bajarish orqali bolaning bilim doirasi ken-gayadi, aqliy faolligi ortadi, u jasurlik, halollik, batartiblik, qat'iylik, mustaqillik va shunga о'xshash ijobiy xulq meyorlari va qoidalarini ham egallab oladi. Jismoniy tarbiya ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.12 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.12 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:20 ]
Arxiv ichida: doc