Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o'rgatishning pedagogik asoslari mavzusida yozgan MUNDARIJA Kirish……3 I BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o'rgatishning nazariy asoslari ……8 1.1.Bolalarni tartib-qoidalarga o'rgatishda tarbiyachining vazifalari……8 1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o'rgatish omillari20 II BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o'rgatishning amaliy asoslari …….…….25 2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o'rgatish texnologiyasi252. 2. Tajriba-sinov ishlarining tashkil etilishi va uning samaradorlik darajasi 41 Umumiy xulosa va tavsiyalar48 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati51 Ilovalar1-3 KIRISH Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi. Jamiyatning ravnaqi uning o'sib kelayotgan yosh avlodga bo'lgan munosabati va ularga yaratayotgan imkoniyatlarga bog'liq. Har qanday mamlakat sog'lom va barkamol, el - yurtiga sadoqatli, iymon - e'tiqodli farzandlari bilan faxrlanadi, ularga suyanadi. Shunday fazilatlarga ega avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazgan xalq kelajakka katta ishonch bilan qaraydi, istiqboli porloq bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasida eng birinchi dolzarb vazifa bu maktabgacha ta'limni rivojlantirish bo'lmog'i lozim deya ta'kidlab o'tdilar. Ushbu fikrning isboti sifatida mamlakatimizda Maktabgacha ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar yaqqol misol bo'la oladi. Maktabgacha ta'lim vazirligining tashkil etilishi, zamonaviy maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, ularning moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim muassasalari uchun oliy ma'lumotli mutaxassislarni ustuvor ravishda tayyorlash va joy-joyiga qo'yish kabi muammolarning hal etilayotganligi barchamizni quvontirmoqda. Bu borada mamlakatimizning birinchi Prezidenti I. Karimov aytganlaridek, Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo'lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko'ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo'lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma'naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat'iyat va mas'uliyatimizni yo'qotsak, bu o'ta muhim ishni o'z holiga, o'zi bo'larchilikka tashlab qo'yadigan bo'lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo'g'rilgan va ulardan oziqlanadigan ma'naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o'zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo'lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin. Dunyoda sodir bo'layotgan voqealar, inson ma'naviyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishga intilishlar, xalqaro terrorizmning avj olishi albatta ma'naviy tarbiyaga salbiy ta'sir ko'rsatmay qolmaydi, biroq xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodni ushbu ta'sirlardan himoya qilish bugungi kunda kechiktirib bo'lmas masaladir. Maktabgacha ta'lim tizimi oldida turgan ustuvor vazifalardan biri - bu Ta'lim to'g'risidagi Qonun [5] va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi[6] asosida Respublika ta'lim tizimida olib borilayotgan islohatlar yoshlarni o'z xohishi, irodasi va intilishiga qarab, ularga chuqur bilimlar berish, o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlardan to'la xoli bo'lgan yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beradigan raqobatbardosh malakali kadrlar ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
87.19 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
87.19 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:20 ]
Arxiv ichida: doc