Maktabgacha yoshdagi bolalarning mayda qo'l motorikasini rivojlantirishda Mariya Montessori metodikasidan foydalanish

Maktabgacha yoshdagi bolalarning mayda qo'l motorikasini rivojlantirishda Mariya Montessori metodikasidan foydalanish

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha yoshdagi bolalarning mayda qo'l motorikasini rivojlantirishda Mariya Montessori metodikasidan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Maktabgacha yoshdagi bolalarning mayda qo'l motorikasini rivojlantirishda Mariya Montessori metodikasidan foydalanish 1.Mariya Montessori metodikasining ta'rifi, mohiyati va tarkibiy qismlari Aqliy hujum, Kichik ma'ruza 2 Mariya Montessori ta'lim tizimining asosiy va qo'shimcha faoliyat burchaklari. Klaster metodi . 3 Mariya Montessori metodikasida ko'rgazmalilikning o'rni. Rezyume texnologiyasi. 4 Mariya Montessori metodikasiga oid o'yin o'yinchoqlar tayyorlash Kichik guruhlarda ishlash RYeJA: O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim tizimi mustaqillik yillarida zamonaviy mezonlar darajasida rivojlanib bormoqda. Bu jarayon hozirgi kunda ayniqsa o'ziga xos samaraga ega bo'lib bormoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707. 2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risidagi qarorning qabul qilinishi maktabgacha ta'limni rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi №4947 sonli O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risidagi qarorining 4.4. bandida MTM bag'ishlangan quyidagi fikrlar bayon etilgan. MTMlar tarmog'ini kengaytirish va ushbu muassasalarda Bolalarning har tomonlama intelektual, estetik va jismoniy rivojlanish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning MTM bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarni ta'minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish Qarorda belgilangan vazifalardan biri maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ilg'or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda zarur shart-sharoit yaratish ko'rsatib o'tilgan. Bolalar uchun o'yinlar ixtiro qilish ishiga italyan pedagogi Mariya Montessori katta xissa qo'shgan. XX asr boshida uning metodikasi bo'yicha ishlagan Italiya va Fransiyadagi maktablarda xam u tomonidan ishlab chiqilgan o'nlab o'yinlardan foydalanilgan. Montessori 5-10 yoshli bolalardan iborat 30-50 kishilik katta guruhlarda ishlagan. Pedagogning roli bolalarning mashg'ulligiga etibor berishdan iborat bo'lgan. Shuningdek, og'zaki izohdan juda kam foydalanilgan. O'sha paytda o'ylab topilgan o'yinlardan hozir ham foydalanish mumkin. Lekin ulardagi usul, uslublar biroz o'zgartirilgan, chunki bu o'yinlarni oilaga moslashtirganmiz. Bola pedagog bilan emas balki, ota-onasi, buvisi bilan uy sharoitida o'ynashga moslashtirilgan. Montessori o'yinlaridagi harakatlar va usullar juda ko'p vaqt oldin deyarli 100 yildan avval o'ylab topilgan. Tabiiyki, ularning hammasi ham hozirgi bolalarga to'g'ri kelmaydi. Montessori maktabida tarbiyalanuvchilarning ko'pchiligi aqliy rivojlanishi sust, ijtimoiy moslashuvda qiynaladigan bolalar bo'lishgan. hozirgi zamon bolalari uchun o'yin materiali, jihozlarini o'zgartirib berish kerak. Quyida, rivojlanishida kamchiligi bo'lmagan bolalar bilan ta'limiy va rivojlantiruvchi ish olib borishga doir o'yin materiallaridan foydalanish usullarini izohlashga harakat qilamiz. Mariya Montessori metodi bolani tabiiy sharoitlarda kuzatish va u qanday bo'lsa shundayligicha qabul qilishga asoslangan. Metodning maqsadi: Tarbiyachi bola bilan ishlashda,bolaning kizikishini uyg'otish,hamda bu bilan bolani mehnatga o'rgatish, kupchilik bilan ishlashga odatlantirish, bolalarda nafosat hissini tarbiyalash kabi harakatlarini rivojlantirish. Metodning bosh g'oyasi: bolani mustaqil rivojlanishiga turtki berishdan iborat. Montessori maktabida bola maxsus ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 674.12 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 674.12 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga