Maktablarda psixologik faoliyatni to'g'ri yo'lga qo'yish

Maktablarda psixologik faoliyatni to'g'ri yo'lga qo'yish

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktablarda psixologik faoliyatni to'g'ri yo'lga qo'yish - rasmi

Material tavsifi

MAKTABLARDA PSIXOLOGIK FAOLIYATNI TO'G'RI YO'LGA QO'YISH Muammoning dolzarbligi 2-slayd Mavzuga oid adabiyotlar tahlili Maktablarda psixologik faoliyatni to'g'ri yo'lga qo'yish masalasi barcha davrlarda dolzarb masala bo'lib hisoblangan. Zero, maktablarda psixologik faoliyat - bu xalq ta'limi tizimidagi ixtisoslashgan bo'linma bo'lib, uning asosiy vazifasi har bir bolaning to'liq aqliy va shaxsiy rivojlanishiga hissa qo'shadigan sharoitlarni ta'minlashdir. Maktablardagi psixologik faoliyat o'rta maxsus ta'limning zaruriy tarkibiy qismidir. Bu faoliyatning zaruriyligi maktab ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Har bir o'quvchida hayotga ijodiy munosabat va individual xususiyatlarning taraqqiyoti ta'minlaganligini psixologik faoliyat to'g'ri tashkil etilgan deyish mumkin. Psixologik faoliyatning maqsadi - shaxsning har tomonlama shakllanishi, rivojlanishi, samarali ijtimoiylashuvi va moslashuvi, bolalar rivojlanishining barcha yosh davrlarida psixologik salomatligini muhofaza qilish uchun psixologik-pedagogik shart-sharoit yaratishdan iborat. Bu borada mahalliy va xorijiy olimlarning izlanishlari davom etmoqda. O'zbek psixologiyasining yetuk vakillaridan E.G'.G'oziyev, G.Davletshin, Sh.Do'stmuhamedova, M.Mavlonov, S.To'ychiyeva, M.Djumabayeva, B.R.Qodirov, R.Z.Gaynutdinov, V.M.Karimova, Z.T.Nishanovalarning o'rta, umumta'lim maktablarida psixologik faoliyatni yo'lga qo'yish va uning ijtimoiy afzalliklari haqidagi nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy ishlari diqqatga sazovordir. MDH olimlaridan I.V.Dubrovina, X.Y.Liymes, Yu.L.Sierdlarning ko'p yillik tadqiqotlari natijasida, umumta'lim maktablarida psixologik faoliyatni joriy etishning yo'llari ishlab chiqilgan. Xorij olimlaridan Alfred Bine aqliy taraqqiyotda orqada qolgan bolalarni ajratadigan Bine-Simon testini ishlab chiqadi 3-slayd Maqsad Maktablarda psixologik faoliyatni to'g'ri yo'lga qo'yish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Vazifalar 4-slayd Muammo yuzasidan xorijiy tajribalarni o'rganilganligi 5-slayd Qiyosiy tahlil 6-slayd Muxtasar qilib aytganda, maktablarda psixologik faoliyatni yo'lga qo'yishning amaldagi holatini tahlil qilish asosida psixologning xonasi ish faoliyatiga to'liq moslashtirilmaganligi, o'quvchilar soniga nisbatan psixolog shtatining yetarli emasligi, maktab psixologining erkin faoliyat yuritishi amalda cheklanganligi, hujjatbozlikning ko'pligi, uslubiy ta'minotning yetarli emasligi, psixolog va o'qituvchilar hamkorligi to'liq ta'minlanmaganligi mavjud muammolar sifatida namoyon bo'ldi. Bu muammolarni yechish uchun maktablarda psixologik faoliyatni to'g'ri yo'lga qo'yishda Kreativ boshqaruvga asoslangan uslubiyatni ishlab chiqish lozim. Buning uchun maktab psixologlari o'qituvchilar va o'quvchilarning faoliyatlarini psixologik moderator sifatida boshqarishini yo'lga qo'yish, maktab psixologlarining har o'quv yili uchun Yo'l xaritasini ishlab chiqish va bunda asosiy e'tiborni axborot texnologiyalaridan foyalanishga qaratish lozim. 7-slayd XULOSA TAKLIF 8-slayd E'TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT! ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.05 MB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:21 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.05 MB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga