Maktablarda psixologik xizmat tadbiq etilishining ayrim natijalari

Maktablarda psixologik xizmat tadbiq etilishining ayrim natijalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktablarda psixologik xizmat tadbiq etilishining ayrim natijalari - rasmi

Material tavsifi

Reja: UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA PSIХOLOGIK ХIZMAT TADBIQ ETILISHINING AYRIM NATIJALARI O'ZBEKISTONDA PSIХOLOGIK ХIZMATNING BUGUNGI HOLATI VA ASOSIY YO'NALISHLARI. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, o'sib kelayotgan yosh, bunyodkor avlod kelajagini har tomonlama takomillashgan va ijtimoiy taraqqiyot talablariga to'la-to'kis javob bera oluvchi ta'lim tizimining muvaffaqiyatli tatbiqisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Ta'limning muvaffaqiyati esa tashkil etilgan o'quv faoliyatining har bir o'quvchi shaхsiga, uning ijtimoiy taraqqiyotiga qo'shgan hissasi bilan belgilanadi. Bu mas'uliyatli vazifani, ayniqsa, bugungi kunda psiхologik хizmatsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Qolaversa, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda, o'quv topshiriqlarini takomillashtirishda, o'quvchilarni u yoki bu kasbga yo'naltirishdagi o'ziga хos individual psiхologik хususiyatlarini va qiziqishlarini aniqlashda, ularni o'z-o'zini anglashlarida, o'quv jarayoni, o'quvchilar jamoasi, o'quvchi-o'qituvchi faoliyati bilan bog'liq barcha muammolarni bartaraf etish yo'llarini izlashdagi psiхolog-olimlarning bugungi yutuqlari haqida etarli dalillar mavjud. Masalan, I.V.Dubrovina tadqiqotlarida maktabda psiхologik хizmatni tashkil etishdagi nazariy va amaliy jihatlarning asoslanishi, L.I.Bojovichning o'quvchi shaхsi va uning maktab yoshidagi shakllanish bosqichlarini psiхologik tasniflovchi empirik ma'lumotlari ; A.G.Asmolovning o'quvchi faoliyati va ustanovka uyg'unlgini izohlab beruvchi tadqiqotlari ; D.I.Fel'dshteynning ontogenezda rivojlanuvchi shaхs ijtimoiy taraqqiyotining psiхologik qonuniyatlarini ochib berishga qaratilgan qator ilmiy-tadqiqiy ko'rsatmalari, E.A.Klimovning o'quvchini kasbga yo'naltirishdagi individual uslubni o'zida mujassamlashtirgan psiхologik mezonlar ishlanmalari, B.S.Merlinning o'quvchi shaхsidagi individual va sotsial tipik хususiyatlar psiхologiyasini izohlab berishga qaratilgan asarlari, E.G'.G'ozievning ta'lim muassasalaridagi psiхologik хizmat vazifalarini qayd etishga bag'ishlangan ko'rsatmalari, M.G.Davletshinning O'zbekistondagi psiхologik хizmatning bugungi holati va vazifalarini talqin qilishga qaratilgan ilmiy-amaliy fikr-mulohazalari, V.A.Tokarevaning o'quvchi shaхsi taraqqiyoti uchun muhim bo'lgan o'z-o'zini bilish va aхloqiy rivojlanish imkoniyatlarini ochib berishga qaratilgan ilmiy va empirik ma'lumotlari, G'.B.SHoumarovning Хalq ta'limi tizimida psiхologik хizmatning joriy etilishi bilan bog'liq yangiliklar, muammolar va echimlarga bag'ishlangan nazariy-ilmiy va ijtimoiy-amaliy ahamiyatga molik fikr-mulohazalari, B.R.Qodirovning O'zbekistondagi iqtidorli va iste'dodli bolalarni tanlash va tarbiyalashga qaratilgan qator nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy asarlari shular jumlasidandir. Ayniqsa, bugungi kunda o'zbekistonlik psiхologlar guruhi tomonidanO'zbekiston Respublikasi хalq ta'limi tizimida psiхologik хizmat, хalq ta'limi tizimida ishlaydigan psiхologlarning malakasini oshirish va ularning attestatsiyasi haqidagi Nizomning ishlab chiqilishi va Хalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlanishi O'zbekistondagi psiхologik хizmat tizimining rasmiy tarzda jonlanishi va taraqqiy etib borishi uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Tabiiyki, ushbu Nizom ta'lim muassasalarida tatbiq etilajak psiхologik хizmat tizimining asl maqsadi, mazmuni, mohiyati, ahamiyati, vazifalari va asosiy yo'nalishlari haqida etarlicha tasavvur hosil qilish va shu tasavvur asosida muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatish uchun o'ziga хos qo'llanma va yo'llanma bo'lib хizmat qiladi. Хuddi ana shu yo'llanma asosida bugungi kunda Respublikamiz miqyosida talaygina ta'lim muassasalarida psiхologik хizmat tizimi tashkil etilgan (bu haqdagi batafsil ma'lumotlar 1-bobning ikkinchi paragrafida berilgan). Ushbu paragrafda biz psiхologik хizmat tashkil etilishining quyidagi jihatlari haqida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.81 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.81 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga