Maktabni boshqarishning nazariy-pedagogik asoslari Reja: Boshqarish haqida umumiy tushuncha. Boshqarish turlari. Boshqarish vazifalari. Boshqarish tamoyillari. Boshqarish usullari. Maktabni boshqarishning pedagogik asoslari. Boshqarish deganda, odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan shaxslarning ishigina tushuniladi. Boshqarishga shuningdek, murabbiylik ishi ham taalluqli hisoblanadi. Boshqarish - bu mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida alohida bir hodim, guruhga ta'sir qilish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir. ta'limni boshqarish jarayoni eng muhim va murakkab mehnat turi deb etirof qilingan. ta'lim rivojlanib borgan sari, boshqaruv nafaqat rivojlanadi, balki murakkablashib ham boradi. ta'limni boshqarish masalalari bir tomondan jamiyat ijtimoiy- iqtisodiy rivojining obyektiv qonunlariga bevosita bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan rivojlanayotgan jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlari talablariga ham ko'p jihatdan bog'liqdir. Jamiyat taraqqietida ta'lim va kadrlar tayyorlash rolini yaxshi tushungan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov kadrlar tayyorlash milliy dasturini qabul qilishning tashabbuskori bo'ldi. Dasturda ta'lim tizimini boshqarish masalalariga ham katta etibor bergan. (4.6-band). Jumladan dasturga muvofiq: uzluksiz ta'lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o'zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo'li bilan boshqarib boriladi. barcha darajadagi ta'limni boshqarish organlarining vakolat doiralari «ta'lim to'g'risida» gi Qonunga muvofiq belgilanadi. (IV-bo'lim, 25-28 moddalar). ta'limning me'yoriy-huquqiy bazasi rivojlantiriladi. o'quv yurtlarining moliyaviy-xo'jalik faoliyatini yuritish va ta'lim jarayonini tashkil etishda huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta'minlanadi. ta'lim muassasalari attestatsiyadan o'tkaziladi va akkredita-tsiyalanadi hamda uning yakunlariga ko'ra ta'lim sohasida faoliyat ko'rsatish huquqi beriladi. muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, ishbilarmon doiralarning, jamoat tashkilotlarining, jamg'armalar va xomiylarning vakillarini o'z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatuv kengashlari tuzish orqali ta'lim muassasalarining samarali, jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi. «ta'lim to'g'risida» gi Qonunning 28-moddasida shunday deyiladi: ta'lim muassasasini uning rahbari boshqaradi. ta'lim muassasalarida qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko'rsatadigan jamoat boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin.Malumki, jamiyat asosiy uch sohani: iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy sohalarni o'z ichiga oladi. Shunga ko'ra boshqarishning ham uchta asosiy turi mavjuddir. Iqtisodiy boshqaruv. Ijtimoiy-siyosiy boshqaruv. ma'naviy rivojlanishni boshqaruvi. hozirgi vaqtda Respublikaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ishlab chiqarish munosabatlarini shakllantirish iqtisodiyotni boshqarish oldiga qo'yilgan maqsaddir. Ijtimoiy-siyosiy boshqarish kishilarning turli jamoalari o'rtasidagi munosabatlarni xam, ana shu jamoalar ichida kishilar o'rtasidagi munosabatlarni ham boshqarishdir. Jamiyat va uning har bir azosining ma'naviy rivojlanishini boshqarish - boshqarishning yana bir asosiy turidir. U umumiy o'rta ta'lim maktablari, maktabgacha, maktabdan tashqari ta'lim muassasalari, xalq ta'limi, o'rta maxsus, kasb - hunar ta'limi, oliy o'quv yurtlari, malaka oshirish institutlari, fan, adabiyot, san'at, madaniyat kabi sohalarni boshqarishni o'z ichiga oladi. Boshqaruv vazifalariga: rejalashtirish, tashkil qilish, sozlash, muvofiqlashtirish, nazorat va hisob-kitob qilish kiradi. Barcha ishlab chiqarish hodimlarini, jumladan, maktab xodimlarini boshqaruv apparatiga ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.96 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.96 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:21 ]
Arxiv ichida: doc