Maktabni boshqarishning pedagogik asoslari Reja: 1. Maktab ichidagi boshqaruv tizimi; 2.Maktab ichki boshqaruvi tizimida rahbarlik uslubi va madaniyati. 3.Rahbarning fazilati va obro'-etibori maktabni to'g'ri boshqarishning muhim shartidir; 4. Boshqarish psixologiyasining bazi masalalari. Bizning maktabimiz Respublikamiz qismatiga tushgan barcha mehnat va janglarda xalq bilan birga bo'ldi. Bizning o'tmishimiz mana shu erdadir. Respublikamiznng shon-shuhrati va qudrati, uning ma'naviy boyligi, axloqiy qadriyatlari manbalari shu yerdan boshlanadi. Bizning hozirgi kunimiz ham mana shu yerda o'z aksini topadi. Hammamiz maktabda ta'lim olganmiz. Bizning fazilatlarimiz va kamchiliklarimiz, bugungi kunda bizni quvontirayotgan va tashvishga solayotgan, bizga tayanch bo'layotgan yoki kurash olib borishga davat qilayotgan narsalarning hammasi maktab partasidan boshlangan. Maktab va jamiyat bir-biridan ajralmasdir. Bizning kelajagimiz - yaqin yillar ichida qayta qurishga faol kushiladigan, iqtisodiyotimiz taraqqiyotining yangi tezligi va sifatini o'zlashtiradigan, ijtimoiy munosabatlarni o'zgartirishni davom ettirib, Respublika taqdiri uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga oladigan avlod hozir maktabning sinf xonalarida ta'lim va tarbiya olmokda. Umumiy ta'lim maktabi ta'lim-tarbiya muassasasidir. Uning rahbarlari zimmasiga yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash, inson shaxsini hozirgi davrining g'oyalari ruhida tarkib toptirish jarayonini boshqarish vazifasi yuklatilgai. Madomiki, shunday ekan, maktab ishini ilmiy asosda tashkilqilish o'quv-tarbiya ishlariga rahbarlik va nazoratni boshqarish aqidalari asosida olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyatda har bir xo'jalik tizimi va ishlab chiqarish o'chog'i ikki tizimchaning: boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimining birligidir. Masalan, korxona tizimida direktor boshchiligidagi zavod boshqarmasining butun boshqarma apparati boshqarish tizimiga kiradi. Maktab ichki boshqaruvi tizimini tashkil qilishda ham ana shu qoidalarga asoslaniladi. Shu nuqtai nazardan olib karaganimizda maktab ichki boshqaruv tizimida ham boshqaruvchi (maktab ma'muriyati, kasaba uyushmasi tashkilotlari) va boshqariluvchi tizimchalar mavjud. Masalan, maktab ichki boshqaruvi tizimida direktor boshliq uning o'quv, tarbiya va xo'jalik ishlari bo'yicha o'rinbosarlari boshqariluvchi tizimchasi kiradi. Lekin bu tizimcha o'z faoliyatida maktabdagi tashkilotlarga suyangan holda, ular bilan yaqindan hamkorlikda boshqaruv ishlarini amalga oshiradi. Boshqariluvchi tizimcha esa o'z yo'lida bir kancha boshqarish manbalariga bulinadi. Ularga quyidagi manbalar kiradi: 1. Maktabning o'quv-moddiy va texnikaviy bazasiga taaluqli ishlar; 2. Maktabni o'qituvchi va tarbiyachi hamda texnik xodimlar bilan tamin etish, ularni joy-joyiga to'g'ri qo'yish va ular bilan ishlash; 3. Maktab jamoasi faoliyatida boshlang'ich, to'liqsiz o'rta va o'rta umumiy ta'limni amalga oshirish; 4. Maktabning o'quv-tarbiya (1-11-sinflar bo'yicha) ishlari; 5. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar; 6. Maktabning metodik ishlari; 7. Sinf rahbarlari; 8. Maktab o'quvchilari bilan olib boriladigan ishlar; 9. Maktab kutubxonasi ishlari; 10. Ota-onalar qo'mitasi ishlari; 11. O'quvchilarni issiq ovqat va choy bilan ta'minlash ishlari; 12. O'quvchilarga meditsina xizmatini tashkil qilish bo'yicha ishlar; 13. qishloq joylarida (3 km) uzoqdan katnaydigan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.84 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.84 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:21 ]
Arxiv ichida: doc