Maktabni ichki boshqarish, ichki nazorat, ularning vazifasini tashkil etish uslubiyoti R e j a : 1. Maktab ichidagi boshqaruv tizimi va tuzilishi 2. Ichki boshqaruvning maqsadi, mazmuni va vazifalari Maktabda ichidagi boshqaruv tizimi va tuzilishi mustaqillik tufayli O'zbekiston tarixida yangi davr boshlandi. Shuning uchun xam yoshlarimizning ma'lumot va kasbkor tayyorgarlik darajasi XXI asr arafasida ijtimoiy rivojlanishimizning o'lchovi bo'lib kolmogi kerak. Bu - islohatlarni muvaffakiyatli amalga oshirishning eng yaxshi kafolatidir. Yoshlarimizga jahon ta'lim mezonlariga mos holda chuqur bilim berish, ularni Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g'oyalariga Sodiqlik ruhida tarbiyalash masalalari ta'lim sohasining asosiy vazifasidir. Bu esa o'z o'rnida ta'lim boshqaruvi organlari, muassasalari, o'quv yurtlari rahbarlaridan tashkilotchi hamda tadbirkor, yuqori bilim va yuksak madaniyat egasi bo'lishini talab etadi. Malumki, aksariyat umumta'lim maktablari rahbarlari xalq ta'limi xodimlari orasida eng ko'p mehnat sarf qilib ishlayotganlar toifasiga kiradi. Shuning bilan birgalikda ular faoliyatlari davomida juda ko'p qiyinchiliklarga duch keladilar. Bunday ahvolining obyektiv va subyektiv sabablari bor, albatta. Ularning asosiylari kuydagilardan iborat: - ta'lim boshqaruvining nazariy asoslari to'g'risida sust bilimga ekanliklari; - maktab ichki bokaruvning samarasizligi; - maktab boshqaruvida inson omilini hisobga olmaslik; - qog'ozbozlik va buyrukbozlikka asoslangan uslubning saqlanayotganligi; - maktab roaxbarlari o'rtasidagi ish taqsimotining amalda yaxshi ishlamayotganligi; - malaka oshirish masalasiga etiborsizlik; - kadrlar kunimsizligi; - vaqtdan unumli foydalanmaslik va xokazo. Kuyida boshqaruvda asosiy yo'nalishlari hisoblangan maktab ichki nazoratni tashkil etishning ayrim masalalari to'g'risida tuxtalamiz. Umumta'lim maktabini rivojlantirishning hozirgi bosqichida unga rahbarlik qilish, ogir va mas'uliyatli vazifadir. Maktab ichki nazorati: - bu jamoaning o'z oldiga qo'yilgan maqsadga muvofik ravishda o'quv-tarbiya jarayonini xar tomonlama o'rganish va tahlil qilishdir. Doimiy puxta uylangan nazorat, muvaffakiyatlarni to'g'ri aniqlash va mustahkamlash, pedagogik jamoa faoliyatida mavjud bo'lgan kamchiliklarning oldini olish imkonini beradi. Maktab ichki nazorati o'qituvchilar bilan bir katorda maktab rahbarlarini xam intizomga urgatadi. Bu ish rejali, muntazam, aniq bir maqsadga qaratilgan, kompleks bo'lishi, o'quv-tarbiya jarayonining xamma tomonlarini kamrab olishi zarur. Nazorat tadbirlari bosqichlaridan ayrimlari sanab utamiz: - obyekt, mavzu tanlash, maqsad belgilash (oditda bu maktabning yillik rejasida belgilanadi); - tekshirish dasturini tuzish (savollar to'plami, anketalar, diagnostik jadvallar, nazorta topshiriqlari, testlar va boshqalar) nazorat shakli hamda metodlarni tanlash; - ishlarning haqiqiy ahvolini tekshirishni tashkil qilish; - tekshiruv natijalarini pedagogik-diagnostik tahlilini o'tkazish. o'quv-tarbiya jarayonini mukammallashtirish bo'yicha tavsiyanoma va takliflar ishlab chiqish; - tekshirish natijalari yuzasidan kabul qilingan boshqaruv karori. Maktab ichki nazoratini rejalashtirib va tashkil kila turib, maktab rahbarlari nazoratning barcha obyektlari, yo'nalishlari to'g'risida aniq, puxta tasavvurga ega bo'lishlari lozim. Taxminan kuyidagicha: o'quv rejasidan ayrim fanlari o'qitish ahvoli; dastur materiallarini uzlashtirish darajasining ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.96 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.96 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:21 ]
Arxiv ichida: doc