Maktabni pedagog xodimlar bilan ta'minlash va ularning malakasini oshirish ishlariga rahbarlik

Maktabni pedagog xodimlar bilan ta'minlash va ularning malakasini oshirish ishlariga rahbarlik

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabni pedagog xodimlar bilan ta'minlash va ularning malakasini oshirish ishlariga rahbarlik - rasmi

Material tavsifi

Maktabni pedagog xodimlar bilan ta'minlash va ularning malakasini oshirish ishlariga rahbarlik Reja: 1. Maktabniig pedagogik xodimlar bilan ta'minlashni ahamiyati; 2. Pedagog xodimlarni tanlash, maktab ichki boshqaruv tizimini bosh masalasi; 3. Direktor o'z xodimining rahbar maslahatchisi; 4. O'qituvchi va pedagogik kadrlarni malakasini oshirishni shakllari. Tayanch iboralar: Pedagog xodimlar, maktab direktori, malaka, umumta'lim, seminar, ochiq darslar, siyosiy o'qishlar, rahbarlar, pedagogik o'qishlar. Umummy ta'lim maktabi - ta'lim-tarbiya maskanidir. Uning rahbari zimmasiga usib kelayotgan bahtiyor yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash, inson shaxsini qayta qurish g'oyalari ruhida tarkib topshirish jarayonini boshqarish vazifasi yuklangan. Madomiki, shunday ekan, maktabni boshqarish tizimida xodimlarni tanlash, ularni joy- joyiga, to'g'ri qo'yish muhim ahamiyat kasb etadi. Xodimlar tanlash va ularni joy-joyiga qo'yishni hozirgi zamon uslubi va aqidalari asosida tashkil qilish yaxshi natijalar beradi. Xodimlarni to'g'ri tanlash, omma bilan aloqada bo'lish, ishda ommaning boy tajribalariga tayanish, to'g'ri boshqaruvning yana bir muhim shartidir. Hozirgi kun sharoitidagi boshqarishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, uning eng samarala shakllari va usullarini qidirib topish, xodimlarni tanlash ishini yo'lga qo'yish yo'llarini belgilashga alohida etibor talab qiladi. Pedagog xodimlarni, ayniqsa rahbarlarni tanlashda quyidagi shartlarga rioya qilish zarur: a) xodimni tanlashda halolligi nuqtai nazaridan yondashish; b) siyosiy, ilmiy-metodik, umumiy pedagogik va psixologik bilimi jihatidan yondashish; v) ishni bilishi, o'qituvchilik, rahbarlik, umuman maktab ishi nuqtai nazardan yondashish; g) ma'muriy qobiliyati jihatidan yondashish; Pedagog xodimlarni tanlash, maktabni mazkur xodimlar, bilan muntazam tamin etib borish va ularni joy-joyiga to'g'ri qo'yish maktab ichki boshqaruv tizimining bosh masalasidir Chunki, maktab oldidagi hozirgi kun vazifalarini o'qituvchi, tarbiyachi va texnik xodimlar amalga oshiradilar. O'zbekiston Respublikasi hukumatining olib borgan to'g'ri siyosati tufayli Respublikamizda zakovatli, bilimdon va o'zining tajribasiga ega bo'lgan yetuk pedagog xodimlar etishib chiqdi. Maktabni pedagog xodimlar bilan ta'minlash tizimida direktorning muhim vazifalaridan biri pedagog xodimlarni tanlash va har birini bilim va malakasiga qarab ishga to'g'ri tayinlashdir. Ayrim direktorlar xodim tanlashda o'z maktablariga faqat pedagogik staji katta bo'lgan, tajribali o'qituvchilarnigina olishga harakat qiladilar, lekin barcha maktab va sinflarni to'la tajribali o'qituvchilar bilan ta'minlash hamma vaqt ham mumkin bo'lavermaydi, o'qituvchi mehnat jarayonidagina tajriba orttirib boradi. Direktor shuni hech qachon unutmasligi kerakki, u faqatgina mamur emas, balki o'z xodimining rahbar maslahatchisi hamdir. U, o'zining berilgan huquqlarini suistemol qilmasligi, atrofdagi kishilarga avvalo, ishontirish va shaxsan namuna ko'rsatish yo'li bilan ta'sir ko'rsatishga harakat qilishi lozim. Maktab boshlig'i ishda qattiq qo'l va talabchan bo'lishi bilan birga, o'z itoatidagi kishilarga har taraflama yordam berishi ham zarur. Direktor pedagoglar jamoasi oldiga qonuniy va haqqoniy talablar qo'yish bilan bir qatorda, o'qituvchilarning uy-joy, turmush sharoitini yaxshilash to'g'risida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.97 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.97 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga