Maktabning ichki nazorati, boshqaruv tizimida ichki nazoratning tutgan o'rni va pedagogik ahamiyati

Maktabning ichki nazorati, boshqaruv tizimida ichki nazoratning tutgan o'rni va pedagogik ahamiyati

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabning ichki nazorati, boshqaruv tizimida ichki nazoratning tutgan o'rni va pedagogik ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

MAKTABNING IChKI NAZORATI, BOShQARUV TIZIMIDA IChKI NAZORATNING TUTGAN O'RNI VA PYeDAGOGIK AHAMIYaTI Reja: Maktab ichki nazoratini tashkil etish. Maktab ichki nazoratini rejalashtirish. Maktab ichki nazoratini amalga oshirish yo'llari. Statistik tahlil - to'g'ri ma'lumot olish vositalaridan biri sivatida. Umumta'lim maktabini rivojlantirishning hozirgi bosqi-chida unga rahbarlik qilish saviyasi va sifati ko'pgina hollarda xar bir maktab rahbarining ishi har bir o'qituvchi, sinf rahbari faoliyati, o'qituvchilar bilimining sifati va tarbiyasi darajasi to'g'risida qanchalik obyektiv, har tomonlama va o'z vaqtida axborot olishga bog'liqdir. Maktab ichki nazorati - bu jamoaning o'z oldiga qo'ygan vazifalariga muvofiq ravishda maktabda o'quv-tarbiya jarayonini har tomonlama o'rganish va tahlil qilishdir. Doimiy, puxta o'ylangan nazorat muvaffaqiyatlarni aniqlash va mustahkamlash, pedagogik jamoa faoliyatida mavjud bo'lgan kamchiliklarning oldini o'z vaqtida olish imkonini beradi. Nihoyat, maktab ichki nazorati o'qituvchilar bilan bir qatorda maktab rahbarlarini ham intizomga soladi. Bu ish rejali, muntazam, aniq bir maqsadga qaratilgan, kompleks bo'lishi, o'quv-tarbiya jarayonining hamma tomonlarini qamrab olishi zarur. Maktab ichki nazoratini rejalashtirib va tashkil qila turib, maktab rahbarlari nazoratining barcha obyektlari va yo'nalishlari to'g'risida aniq va puxta tasavvur hosil qilishlari lozim. Maktab ichidagi nazorat obyektlariga taxminan quyidagilarni kiritish mumkin. o'quv rejasidagi ayrim fanlarning o'qitish ahvoli. Dastur materiallarini o'zlashtirish darajasining davlat ta'lim standartlari talablariga mosligi. pedagogik jamoaning iqtidorli va qobiliyatli o'quvchilar bilan ishlash tizimi. Maktabda yuzaga kelgan, asosiy darajadan yuqori ma'lumot olishni ta'minlaydigan tizimning samaradorligi va ratsionalligi. sust o'zlashtiradigan o'quvchilar bilan ishlash tizimi va samaradorligi. pedagogik jamoaning majburiy o'rta umumiy ta'limni ta'minlash bo'yicha ishlari (maktabni pedagogik kadrlar bilan ta'minlash va malaka oshirish, qayta tayyorlash ishlari). o'quv-tarbiya va metodik ishlar. sinfdan va maktabdan tashqari ishlar. maktabning hamkorlikdagi ishlari. maktab hujjatlarini yuritish. ota-onalar qo'mitasi ishlari. sinf rahbarlari ishlari. o'quv-moddiy bazadan foydalanish samaradorligi. moliya-xo'jalik ishlari. kuni uzaytirilgan o'quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish va boshqalar. Bu bo'limlarni har biri ishni tashkil qilish va mazmuni nuqtai nazaridan o'z xususiyatlariga ega, biroq shu bilan birga bir-biriga o'zaro mustahkam bog'liqdir va yo'nalishlarining bittasini tekshira turib, biz boshqalarini chetlab o'ta olmaymiz. Masalan: ayrim fanlarni o'qitish ahvolini o'rgana turib, biz tahlil qilinayotgan masala bo'yicha metodik ishni, moddiy bazadan foydalanish samaradorligini, iqtidorli va sust o'zlashtiradigan o'quvchilar bilan ishlashni ham o'rganamiz. O'quv-moddiy baza ahvolini tahlil qila turib, biz o'quv jarayonida undan foydalanish samaradorligini, dasturlarning amaliy qismini bajarishni, laboratoriya ishlarini, praktikumlarni, o'quv kabinetlarini takomillashtirish borasida o'quvchilar faoliyatini, maktab kutubxonasi faoliyatini o'rganamiz. Maktab ichki nazoratini to'g'ri amalga oshirish, o'quvchilarni bilim, mahorat va ko'nikma darajasini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlarning mazmuni va tashkil qilinishini tekshiriladi. Maktab ichki nazoratini to'g'ri amalga oshirish uchun ma'muriyat a'zolari o'rtasida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.74 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.74 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga