Maktabning o'quv tarbiya ishlariga rahbarlik Reja: 1. Maktabning ta'lim tarbiya ishlariga rahbarlik. 2. ta'lim- tarbiya ishlarini takomillashtirish omillari. 3. O'qituvchilar mehnatini ilmiy asosda tashkil etish. 4. ta'lim tarbiya ishlariga rahbarlik qilish yo'llari. Tayanch iboralar: ta'lim, tarbiya, rahbarlik, ijtimoiy, o'quv-tarbiya, ilmiy-nazariy; metod, tarbiyaviy, amaliy, umumiy ta'lim, o'rta ta'lim. Maktabning ta'lim-tarbiya jarayonlariga rahbarlik qilish masalasi maktab ichki boshqaruv tizimida muhim o'rinni egallaydi. Uning maqsadi, ta'lim-tarbiya ishlarini hozirgi davr talablari asosida tashkil qilish, bunda didaktikaning bilish nazariyasi, ta'lim berish talablari va usullari hamda uning shakllariga bu boradagi ilg'or pedagogik tajribalarga asoslanish, samarali yullar bilan uni yanada takomillashtirishdir. Maktabda ta'lim-tarbiya jarayoni tarbiyaning jamiyatimiz talab qiladigan maqsad hamda vazifalarini ifodalovchi ilg'or nazariya bilan qurollangan muallimlarning muayyan maqsadga qaratilgan ongli faoliyati natijasida vujudga keladi. Maktabdagi ta'lim-tarbiya ishiga rahbarlik qilish uslubi va o'ziga xosligini belgilab beradigan asosiy qoida ijtimoiy jarayonlarning rivojlanishini boshqarish to'g'risidagi ta'limot hamda keyingi yillarda qabul qilingan hujjatlardagi yo'l-yo'riqlar asosida boshqarishdir. Hozirgi umumiy ta'lim maktabi oldida turgan bu murakkab vazifalarning muvaffakiyatli ravishda to'liq manoda amalga oshirilishi birinchi navbatda maktabda sof psixologik iqlimni vujudga keltirish, muallimlar jamoasining bir yoqadan bosh chiqarib, o'quv-tarbiya ishini hozirgi kunning talablari darajasida yaxshi yo'lga qo'yish bilan tamin etiladi. Shuni alohida taqidlash lozimki, Respublikamizda yuz berayotgan tub ijtimoiy o'zgarishlar, fan-texnika taraqqiyoti darajasi hamda ijtimoiy ishlab chiqarishning obyektiv ehtiyojlariga muvofiq holda maktabning ta'lim-tarbiya ishini qayta qurishinnig asosiy vazifasi maorifning yuqori bo'g'inlari tomonidan belgilab berildi. Mazkur kechiktirib bo'lmaydigan vazifalar bilan bir qatorda ta'lim jarayonini takomillashtirish ishi ham bosh vazifalardan biri qilib qo'yildi. Binobarin, ta'lim jarayonining takomillashuvi ta'lim-tarbiya nazariyasidagi barcha masalalarni: maktabdagi ta'limning mazmuni (o'quv rejasi, o'quv dasturi, darsliklar), ta'lim prinsiplari, o'qitishning shakl, usul va vositalari, ta'limni tashkil qilish shakllarini qayta ko'urib chiqishni talab etadi. Maktab rahbarlari ta'lim-tarbiya ishlariga rahbarlik va nazoratni amalga oshirish bobida o'quv qo'llanmalari, ilmiy, nazariy, metodik va umumpedagogik adabiyotlardan foydalangan holda bu ishni amalga oshirsalar, so'zsiz bu borada yaxshi natijalarga erishadilar. Maktab ishini qayta qurish sharofati bilan maktablarning o'quv rejalariga yangi fanlar kiritildi. Chunonchi, Oilaviy hayot etikasi va psixologiyasi, Informatika va elektron hisoblash texnikasi asoslari. Odobnoma va boshqalar. Kompyuterlar faqat ishlab chiqarishdagina emas, balki ko'pgina o'quv fanlarini mustaqil o'rganish uchun ham o'quvchilarga qatiy imkoniyatlar ochib beradi. Fizika kurslari, o'zbek tili, rus tili, ximiya, jug'rofiya va boshqa fanlarning ayrim mavzularini o'rganish dasturi yaratilgan bo'lib, ular o'quvchiga o'quv materiallarini o'zlashtirish, Mashqlarni bajarish, o'zini-o'zi nazorat qilish, ko'p hollarda esa o'quvchilarning o'quv faoliyatini ildamlashtiruvchi o'quv-bilish o'yinlarini ham o'tkazish imkoniyatlarini beradi. O'qituvchi mehnatining samaradorligini oshirish maktabda unga qulay sharoitlar yaratib berilishiga, o'quv xonalari yaxshi jihozlangan va ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.61 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.61 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:21 ]
Arxiv ichida: doc