Maktabshunoslik Reja: 1. O'zbekistonda ta'lim tizimi haqida tushuncha. 2. Ta'lim sohasida Davlat siyosatning asosiy prinsiplari. 3. Kadrlar tayyorldash milliy dasturi va Ta'lim to'g'risidagi Qonun O'zbekistonda ta'lim tizimining asosiy yo'nalishlari to'g'risida. Ta'lim tizimi deb, muayyan mamlakatning belgili bir prinsiplari asosida tuzilgan ta'lim-tarbiya muassasalarining tuzilishiga aytiladi. O'zbekistonda ta'lim tizimi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Ta'lim to'g'risidagi Qonun asosida tuzilgan. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari. Ta'lim O'zbeksiton Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e'lon qilinadi. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: Ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; Ta'limning uzluksizligi va izchlligi; Umumiy o'rta, shuningdek o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi; O'rta maxsus, kasb hunar ta'limining yo'nalishini, akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o'qishni tanlashni ixtiyoriydir; Ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; Davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchchun ochiqligi; Ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; Bilimli bo'lishni va iste'dodni rag'batlantirish; Ta'lim tizimida dalav va jamoat boshqaruvini uyg'unlashtirish; Ta'lim tizimi. O'zbekiston Respublikasining ta'lim tizimi quyidagilarni o'z ichiga oladi: - davlat ta'lim standartlariga muvofiq ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta'lim muassasalari; - ta'lim tizimining faoliyat ko'rsatishi va rivojlanishini ta'minlash uchun zarur bo'lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar; - ta'lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar. O'zbekiston Respublikasining ta'lim tizimi yagona va uzluksizdir. Uzluksiz ta'lim turlari. Uzluksiz ta'lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta'lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta'lim dasturlarining izchilligi asosida ta'minlanadi va quyidagi ta'lim turlarini o'z ichiga oladi: 1. Maktabgacha ta'lim; 2. Umumiy o'rta ta'lim; 3. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi; 4. Oliy ta'lim; 5. Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim; 6. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; 7. Maktabdan tashqari ta'lim; Maktabgacha ta'lim. Maktabgacha ta'lim bola sog'lom, xar tomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta'lim bola olti-etti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim maqsadi va vazifalarini ro'yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar ishtirok etadi. Maktabgacha tarbiyani rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo'ladi: Malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash; Maktabgacha ta'limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish; Bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta'minlash; Zamonaviy o'quv uslubiy qo'llanmalar, texnik vositalar, o'yinchoqlar va o'yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish; Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy ma'daniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma'naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish; Umumiy o'rta ta'lim. To'qqiz yillik (I-IX sinflar) o'qishdan iborat umumiy ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.71 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.71 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:21 ]
Arxiv ichida: doc