Malayziya ta'lim tizimi: Malayziya ta'lim tizimi: Malayziya iqtisodiy jihatdan tez o'sib borayotgan va etarlicha yuqori hayot darajasi bilan, va shu bilan birga o'qish va yashash narxlari nisbatan yuqori emasligi bilan ajralib turadi. Malayziyaning tinch va do'stona muhiti chet elda taxsil olmoqchi bo'lgan talabalarni yanada o'ziga jalb etadi. Malayziya uzoq vaqt mobaynida Angliya koloniyasi bo'lganligi sababli, ko'pgina ingliz marosimlari va hayot tarzi xali xanuz bu yerda saqlanib qolgan. Maktab ta'lim tizimi britaniya tizimi asosida tashkil topgan, yani O'quvchi talabalar orasida chet ellik talabar ko'pchilikni tashkil etadi. Asosiy fanlardan tashqari maktablarda ko'pgina klublar va to'garaklar ishlaydi, va bolalar o'z qiziqishlari bo'yicha raqs, komyuter, sport va boshqa turli xil yo'nalishlar bo'yicha mashg'ulotlarga qatnishishlari mumkin. Xar yili 1 sinfdan boshlab o'quvchilar imtixon topshiradilar. O'rta maktabni tugatganda xamma yagona davlat bitiruv imtixonlarini topshiradi. Malayziyaning ko'pgina kolledj va oliy ta'lim muassasalari o'qishga 11 sinfdan so'ng qabul qilishadi. 9 yoki 10 sinfni tamomlagan chet ellik talabalar bu yerdagi xalqaro maktablarda 11- 12 sinflarni o'qishlari mumkin, lekin buning uchun o'quvchi ingliz tilini mukammal bilishi kerak. (Xoxlagan o'quvchilarga ingliz tilidan qisqa kurslar taklif etiladi). Bundan tashqari, 12 sinfni g'arb dasturlari asosida kolledjda xam bitirish mumkin, bunda o'quvchi o'qishni bitirib, g'arb shaxodatnomasiga ega bo'ladi. Shuningdek, kolledjlarda tanlangan oliy ta'lim muassasasi va davlatiga qarab, universitetga tayyorlov kurslarini o'tish mumkin. Bu kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan abiturientlar Malayziyadagi yoki tanlangan boshqa davlatdab masalan, Angliya, Avstraliya, Kanada yoki Amerikada taxsil olishlari mumkin. Umuman olganda, Malayziyadagi kolledjlar va oliy ta'lim muassasalari turli xildagi o'quv dasturlarini taklif etadi. Bakalavr dasturida 2 yil Malayziyada va oxirgi 3 yil g'arbda, yoki 3 yil Malayziyada o'qib turib, g'arb universitetining diplomini olish mumkin (bu dasturlar -2+1 yoki 3+0tvinning dasturlari deb ataladi). Universitetga kirish uchun shaxodatnoma va xalqaro IELTS (6.0) yoki TOEFL (550) sertifikati kerak bo'ladi. APU - Asia Pacific University of Technology and Innovation. Malayziyadagi yetakchi oliy ta'lim muassasasi bo'lib, texnik mutaxassisliklar bo'yicha o'qishga taklif etadi. Bu universitet 1993 yilda tashkil topgan bo'lib, shu vaqt mobaynida u 1400 ta texnika sohasidagi yetuk mutaxassislarni etishtirib chiqardi. UCTIning barcha muvaffaqiyatli bitiruvchilari Britaniya akkreditatsiyasiga ega bo'lgan Staffordshire University diplomi bilan taqdirlanadi! APU va APIIT dasturlari Malayziya Oliy ta'lim Ministrligi tomonidan tasdiqlangan bo'lib, Milliy Akkreditatsiya Kollegiyasida qabul qilingan tamoyillar asosida ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, APIIT HRDC- Human Resource Development Corporation (Kadrlar Tayyorlash Korporatsiyasi) ning o'quv markazi hisoblanadi.APU ning asosiy hamkori bu Staffordshire University (Staffordshird Universiteti)dir.Angliyadagi Staffordshird Universitetida 1700ta talaba taxsil oladi. Ulardan 500ta talaba Staffordshird Universiteti dasturi bo'yicha chet elda, Xitoy, Sirgapur, Yaqin Sharq, Gonkong, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.1 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.1 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:21 ]
Arxiv ichida: pptx