Ma'naviy - ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarining yillik ish rejasi va uning ijrosi bo'yicha bajariladigan ishlar

Ma'naviy - ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarining yillik ish rejasi va uning ijrosi bo'yicha bajariladigan ishlar

O'quvchilarga / Pedagogika
Ma'naviy - ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarining yillik ish rejasi va uning ijrosi bo'yicha bajariladigan ishlar - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: Ma'naviy - ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarining yillik ish rejasi va uning ijrosi bo'yicha bajariladigan ishlar REJA: 1. Ma'naviy - ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarining 2022 - 2023 o'quv yilidagi yillik ish rejasi; 2. Maktab ichki tartib va odob-axloq qoidalarining amaldagi ijrosi to'g'risidagi maktab direktorining buyrug'i, ishchi guruh tarkibi va ish rejasi; 3. Maktab ichki tartib va odob-axloq qoidalarining amaldagi ijrosi to'g'risidagi yig'ilish bayoni. Xalq ta'limi vazirining 2020-yil 30-iyuldagi 180-son buyrug'iga 1-ilova Umumiy o'rta ta'lim muassasasining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari faoliyatini tashkil etish to'g'risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar Mazkur nizom umumiy o'rta ta'lim muassasasi ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarining (keyingi o'rinlarda direktor o'rinbosari deb yuritiladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. Direktor o'rinbosari o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining buyruqlariga, mazkur nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi. 2-bob. Direktor o'rinbosarining asosiy vazifalari va funksiyalari 3.Quyidagilar direktor o'rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi: ta'lim muassasasida ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlarini tashkil qilish; tarbiyaviy ishlar rejasini ishlab chiqish, ijrosini nazorat qilish; ta'lim muassasasi o'quvchilari hamda pedagoglari ishtirokidagi ma'naviy- ma'rifiy xarakterdagi tadbirlarning sifati va samaradorligi monitoringini amalga oshirish; ta'lim muassasasida turli to'garaklar va sport seksiyalarining faoliyat yuritishini ta'minlash; milliy an'analar, tarixiy qadriyatlar va buyuk ajdodlarimizning boy ma'naviy merosi asosida o'quvchilami vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil qilish; o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini tnazmunli tashkil etish, yozgi ta'til davrida ulaming kunduzgi dam olish oromgohlarida dam olishi biian bog'liq ishlami amalga oshirish; ta'lim muassasasidagi tarbiyaviy ishlar sifati va natijalarini tahlil qilish; sinf rahbarlarining sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy faoliyatiga rahbarlik qilish, ta'lim muassasasidagi tarbiyaviy ishlar holati va natijalarini monitoring qilish, ota-onalar va ularning o'rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o'rinlarda ota-onalar deb yuritiladi) bilan hamkorlik qilish; o'quvchilarning tartib-intizomi va davomati, tarbiyaviy ishlar samaradorligini nazorat qilish; o'quv yili davomida har juma kuni tashkil etiladigan Sinf soati''ning o'tkazilishi samaradorligini monitoring qilish; o'quvchilar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari bo'yicha huquq-tartibot, fuqarolaming o'zini o'zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish; ichki ishlar profilaktik hisobiga, maktab ichki ro'yxatiga olingan o'quvchila'r hisobi va hisobotini yuritish, ular bilan profilaktik tadbirlar amalga oshirilishini ta'minlash; ta'lim muassasasida xavf guruhi''ga kiruvchi (notinch, nosogMom, to'liq bo'lmagan oila) o'quvchilarning umumiy ro'yxatini Shakllantirish, ular bilan individual yondashuv asosida alohida tarbiyaviy ishlar olib borilishini tashkil etish; san'atkorlar, sportchilar, jamoat arboblari, urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar, ijodiy kechalar va boshqa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.31 MB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:16 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.31 MB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga