ma'naviy barkamol inson tarbiyasi. Vatanparvar-lik, insonparvarlik o'z millatiga sadoqat - shaxs ma'naviyatining muhim mezonlari Reja: Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. Yosh avlod ma'naviy tarbiyasi-dolzarb vazifa. Bilim - ma'naviy barkamollik belgisi. Komil inson g'oyasi - yuksak ma'naviyat va oliyjanob g'oya. ma'naviyat - tarbiyaning ta'sirchan quroli. Vatanparvarlik, insonparvarlik tarbiyasi. Yoshlarning keng dunyoqarashi, mustaqil fikrlash salohiyati - shaxs ma'naviyatining muhim mezoni. Shaxs ma'naviyatini yuksaltirish - jamiyat rivojining asosiy omili. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. Hozirgi yangilanayotgan jamiyatda ta'lim va tarbiyani tubdan isloh qilish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. Mustaqil Respublikamizda shunday ulkan vazifa hal etilayotgan bir sharoitda ta'lim - taobiyani jahon andozalari darajasiga ko'tarish pedagog olimlar, o'qituvchi va tarbiyachilar oldiga hal etilishi zarur bo'lgan vazifalarni qo'ymoqda. Mamlakatimizda ana shu haqiqatni anglab ish olib borilmoqda. Maktab sohasida «ta'lim haqida» qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni qabul qildik. 1996-1997- o'quv yilidan boshlab maktablarning 1- sinflarida o'qishlar yangi alifboda olib borilmoqda. Yangi imlo, alifboda o'qitish uchun zarur dastur, qo'llanma va darsliklar yaratildi. Prezdentimiz I. Karimov. Takidlaganidek, «Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo'lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk ma'naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, Milliy ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg'unlashtirish asosida jahon andozalari va ko'nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda». (I. Karimov, «Barkamol avlod orzusi», 10-bet «Sharq» nashriyoti, Toshkent - 99yil) Yurtboshimiz O'zbekiston Milliy axborot agentligi muhbirining savolariga bergan javoblarida «Hozirgi eng muhim, eng dolzarb vazifamiz - jamiyatimiz a'zolarining, avvalombor voyaga etib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbida Milliy g'oya, Milliy mafkura, o'z vataniga mehr-sadoqat tuyg'usini uyg'otish, o'zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir» deb alohida takidladilar. Ziyolilar bu burchni qanchalik iftixor bilan ado etsa, mustaqillik imoratining poydevori shunchalik baquvvat bo'ladi. Tarbiya, ayniqsa, komil inson tarbiyasi bugunimiz uchungina emas, balki kelajagimizning ham hayot-mamot ishidir. Hozirgi yosh avlod to'g'ri tarbiya topsa, mustaqillik istiqbolini to'g'ri tushunsa, shubxasiz, erishilgan yutuqlar istiqbolda o'z samarasini beradi. Milliy g'oyamizning asosiy maqsadlaridan biri - har tomonlama yetuk komil insonni tarbiyalashdan iborat. Komillik nima? Komillik - mukammallikdir. Mukammallik - maqsadga muvofiqliklikdir. Komil inson g'oyasi-ham milliy, ham umumbashariy mohiyatga ega bo'lgan, odomzodga xos yuksak ma'naviy va jismoniy mukammallikni o'zida mujassam etgan oliyjanob g'oyadir. Yuksak tarbiya olgan komil inson erkin fikr yurituvchi, o'z xalqi ideallari uchun kurashuvchi vatanga halol xizmat qiluvchi insondir. Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto» da halol mehnat komillikning asosiy mezoni sifatida talqin etiladi. Abu Ali Ibn Sino, Beruniy, Farobiy, Navoiy kabi mutafakkirlarning komil insonni tarbiyalash to'g'risidagi fikrlari jamiyat taraqqiyotiga yangi ma'naviy imkoniyatlar izlash maqsadlari bilan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.19 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.19 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:17 ]
Arxiv ichida: doc