Reja 1. Barkamol inson ta'rifi va tarbiyasi. 2. Bilim-kishi ma'naviyati birlamchi asosi. 3. Vatanparvarlik, insonparvarlik, o'z millatiga sadoqat tushunchalari. 4. Yuksak ma'naviyatli kishilar-kelajagimiz poydevori. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy maqsadi-kishilar dunyoqarashini o'zgartirish, ularni ma'naviy barkamol inson qilib tarbiyalashdir. Mafkuramizning asosiy g'oyalaridan biri-Komil inson tarbiyasi ham milliy, ham umumbashariy mohiyatga ega bo'lgan, odamzotga xos eng yaxshi fazilatlarga ega bo'lgan inson tarbiyasidir. Odamzot paydo bo'lib, ko'p mingyillik taraqqiyot jarayonida o'zini o'rab olgan tabiat, turli hodisalar, voqealar, hayotiy tajribalarni kuzatgan, ularning sabablari va qonuniyatlari to'g'risida mushohada qilgan, turli tasavvur va tushunchalar hosil qilib kelgan. Ma'naviyat insonning butun umri davomida uning kuchiga-kuch qo'shadigan, idrok va aql-zakovatini kengaytiradigan va mustahkamlaydigan vositadir. Ma'naviyat va ma'naviyat boyliklar, qadryatlar, davlatning, xalqning, millatning, jamiyatning, ayrim shaxslarning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbaidir. Mustaqillik tufayli o'zbek xalqining ko'p asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosini o'rganish, undan xalqning umumiy va bebaðo mulki sifatida foydalanishga keng yo'l ochildi. Ma'naviyat-insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo'q joyda xech qachon baxt-saodat bo'lmaydi,- deb takidlaydi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov. Mustaqillik davri milliy istiqlol ma'naviyatini tiklash va rivojlantirish, milliy til va madaniyatni taraqqiy ettirish, milliy o'z-o'zini anglash, milliy his-tuyg'ular, g'ururni, vatanparvarlikni o'stirish va mustahkamlash bilan bog'liqdir. Mustaqil O'zbekistonning taraqqiyoti jamiyat a'zolarining, har bir shaxs va ayniqsa, yoshlarning ma'naviy kamoloti, istiqlol g'oyalarining kishilar ongiga, kundalik hayotiga chuqurroq singishiga bog'liqdir. Mustaqil taraqqiyot yo'lida milliy ong va milliy o'z-o'zini anglash ma'naviy kamolotning asosiy negizidir. Kelajagi buyuk O'zbekistonni barpo etishda faol qatnashayotgan har bir fuqaro o'z mamlakati, xalqi, millatining ajralmas bo'lagi ekanligini anglashi-milliy ma'naviyat va ongning tarkibiy qismidir. Chunki har bir millatning o'z ma'naviyatini aniqlashi, bilishi va o'z aql-farosatining, ongining tarkibiy qismiga aylantirishi millatni mustahkamlaydi, uning o'ziga bo'lgan e'tiqod va qadr hissini boyitadi. Ma'navitimizning O'zbekistonning porloq keljagiga dadil ishonch bilan yuksalib borayotganligini, xalqimizda yuksak insonparvarlik qadryatlari tiklanayotganligi va takomillashayotganligini ifodalovchi o'ziga xos dunyoqarashdir. Ma'naviyat sohasida mustaqil O'zbekiston oldida muhim vazifalar turibdi. Ulardan asosiysi ma'naviyatimizni boyitish va mustahkamlashdir. Ma'naviyat istibdod yillarida har jihatdan kamsitildi. Oqibatda, masalan, o'zbek xalqi tasavvur falsafasini va uning mashhur namoyondalarini o'rganishdan mahrum edi. Õuquq sohasida esa Markaziy Osiyo sivilizatsiyasining huquqshunoslik borasidagi buyuk xizmatlari inobatga olinmadi, axloqiy qarashlar va ijtimoiy falsafaga tegishli chuqur mazmunli asarlar bir tomonlama yoritildi. Bularsiz mustaqil O'zbekistonning ma'naviyati kemtik, to'laqonli emasdir. Ma'naviyatimizning bor kuchi, mazmunining chuqurligi va rang-barangligi, uning ko'hna tarixining qa'riga singib ketganligini, hozirgi salohiyati cheksiz ekanligini to'la ravishda ko'rsatmoq uchun Avesto va zardushtiylik ta'limotidan, axloq va musavvirlik san'atidan boshlab, Farobiy, Navoiy, Bobur, Furqat, Behbudiy va Fitrat orqali to hozirgi kunlarga, uning butun ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.94 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.94 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:17 ]
Arxiv ichida: doc