ma'naviy ma'rifiy faoliyat jarayonida yoshlar ma'naviyatini shakllantirishning amaliy holati Reja: 1. Oila, mahalla va jamoatchilikning shaxs ma'naviyatini shakllantirishdagi o'rni. 2 Yoshlarda huquqiy madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishning o'ziga xos tomonlari 1. Oila, mahalla va jamoatchilikning shaxs ma'naviyatini shakllantirishdagi o'rni. Oila har biri o'ziga xos turli-tuman fel atvorli odamlarning kichik jamoasidir. Tomchilar yig'ilib ko'l hosil qilganidek, oilalar jamul-jam bo'lib, jamiyatni hosil qiladi. Aynan shu maskanda o'zaro hurmat, mehr-oqibat, halollik, poklik, mehatsevarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi oliy darajadagi qadriyatlar shakllanadi, avloddan-avlodga etkaziladi. Shu sifatlar ona suti, oila a'zolari mehri va namunasi bilan bola xulqi, xatti-harakati mazmuniga singib boradi. Insoniyat yaralibdiki, doimo uyushib yashab kelgan. Chunki bir joyda uyushib yashash turli xil xavfdan himoyalanishni osonlashtirgan. Shu sababli ovullar, qishloqlar va shaharlar paydo bo'lgan. Ayniqsa, ishlab chiqarishning o'sishi va mehnatni tashkil etish masalasi kun tartibiga qo'yilishi xalqning bir joyda to'planib yashash istiqbolini yanada rivojlantirdi. Bu hol mamlakatimiz xalqlari tarixiga ham xos bo'lib, xalqimizning turmush tarzi va tafakkurida o'chmas iz qoldirgandir. O'zbek qishloqlarida turli marosim va to'ylarni o'tkazish uchun oqsoqollar muhim rol o'ynagan. Qishloq oqsoqoli obro'li, halol inson bo'lib, boshqalarga o'z ta'sirini o'tkazgan. Chorvador xalqlarda ham qishki va yozgi yaylovlarda muvaqqat ovullar bo'lgan, ularni ham oqsoqollar, yurtning obro'li insonlari boshqarganlar. Shaharlarning paydo bo'lishi bilan mahallalar yuzaga kelgan. Uzoq tarixda turli xil kasb egalari alohida-alohida bo'lib birlashganlar. Shu sababli boqqollar, kosiblar, kulollar va h.k. mahallalari paydo bo'lgan. Lekin yaqin o'tmishda barcha kasb egalari aralash-quralash bo'lib ketgandan keyin malum bir hudud mahalla bo'lib shakllandi. Mahallalar ham davrga qarab o'zgarib bordi, ularning boshqaruv shakli ham yildan-yilga takomillashib, hozirgi ko'rinishga ega bo'ldi. «O'rta Osiyoda va avvalo, O'zbekistonda mahalla kabi o'zini o'zi boshqaruvchi ijtimoiy tashkilotning noyob shakli azaldan mavjud bo'lgan va shu kungacha ham saqlanib qolgan, - degandi Prezident I. Karimov.-o'zbeklar uchun mahalla jamoa tushunchasidan ko'ra ko'proq manoni bildiradi». Mahallaning o'ziga xos turmush tarzi bo'lib, u yerda istiqomat qiluvchi kishilar kim bo'lishidan qatiy nazar uning qonun-qoidalariga bo'ysunadi, bir-birlariga yordam beradi, to'y-maraka, hasharida birga bo'ladi. Shu sababli mahallaning turmush tarzi unda yashayotganlar tafakkurida o'ziga xos iz qoldiradi. Mahallada norasmiy ijtimoiy aloqalar tizimi tarkib topgandir. Agar biron to'y bo'lsa, oqsoqolning bir og'iz gapi bilan barcha qo'ni-qo'shnilar xizmatda bo'ladi. Birov choy qaynatadi, birov masallig' olib keladi. Xotin-qizlar ham barchasi xizmatda bo'ladi. Maraka ham xuddi shunday, bir og'iz gap-so'zsiz ijro etiladi. Hamma mahalla shanini saqlashga harakat qiladi. Bu yerda jamoa va oqsoqollar fikriga bo'ysunish tamoyili ustivordir. Bu narsa sharqona ruhiyatga mosdir. Shu sababli xalqimiz orasida «Mahallang - ota-onang», «Bir bolaga etti mahalla ota-ona» iboralari paydo bo'lgan. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
101.69 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
101.69 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:17 ]
Arxiv ichida: doc