Reja: 1. Komil insonning ma'naviy sifatlari. 2. Inson komilligi mezonlari. 3. mustaqil fikrlashni tarbiyalash. 4. Ma'naviy manbalardagi insonparvarlik g'oyalarining tarbiyaviy ahamiyati. Jamiyat taraqqiyoti tarixi shuni ko'rsatadiki, fakat ma'naviyat-ma'rifat keng kuloch yoygan, ilm-urfon taraqqiy etgan mamlakatdagina adolatli jamiyat ko'rish va unda bir-biriga mexr-oqibatli,kamolotli insonlar shakllanishi mumkin. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi va bunyodkorlik, yaratuvchilik ishiga, ezgulikka intilishi kuchli bo'ladi. Bunday jamiyat fukàrolarida sog'lom fikr, aql-idrok har doim ustuvor bo'ladi. qayta ko'rish, oshkoralik va milliy mafkura siyosati mahsulidan baxramand bo'lgan Respublikamiz xalqi chuqur bilim va yuksak tafakkurga asoslangan ana shunday adolatli, huquqiy jamiyat ko'rish yo'lidan dadil olga bormokda. Prezidentimiz o'zining O'zbekiston - kelajagi buyuk davlat asarida bunday deydi: Biz shunchaki demokratik davlat emas, balki adolatparvar demokratik davlat ko'rishga intilayapmiz. Adolatga intilish xalqimiz ma'naviy-ruhiy dunyosiga xos eng muhim xususiyatdir. Adolatparvarlik g'oyasi butun iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimiga singib ketishi, ijtimoiy ko'maklashuv mexanizmida o'z aksini topishi kerak. Prezidentimiz o'zining uzoqni ko'ra oladigan dono siyosati tufayli Respublikamizni turgunlikdan, ma'naviy va iqtisodiy karamlikdan ozod qilib, yangi mustaqil jamiyat kura oldi. Bu jamiyatning asosini nima tashkil qiladi? Uning kuchi kayerda? O'z mustaqil yo'lini tanlagan Respublikamizda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan milliy mafkura asosida quyidagi besh tamoyil yotadi: 1. iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi. 2. qonunning ustuvorligi. 3. Davlat bosh islohoti. 4. Kuchli ijtimoiy siyosat. 5. islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi. hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat kariyalar, nogironlarga ko'rsatilayotgan gamxo'rlikda, yoshlarning bilim olishlari uchun doimiy ravishda ko'rilayotgan chora-tadbirlarda o'z aksini topmokda. Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek: xalq ochlikka, yo'kchilikka, kimmatchilikka chidashi mumkin, ammo adolatsizlikka chiday olmaydi. Komusimizda, har bir fuqaro dinidan, irkidan, millatidan, kelib chiqishidan, amalidan kat'iy nazar qonun oldida barobardir, deyiladi. Respublikamizda amalga kiritilgan va ishlab chikilayotgan qonunlarda quyidagi kafolatlar ta'minlangan: - aholi turli tabakalarining o'zaro uygun bo'lishi ta'minlangan; - barchaning tengligini, farovonligini himoya qilish bilan birga bu farovonlikni yuzaga keltirishdagi xizmati va huquqiga karab har bir inson o'z ulushini olishga imkon yaratilgan. Yurtboshimiz haqikat, adolat kabi insoniyat abadul-abad intilgan sifatlarni o'z timsollarida ko'rsatib berayotgan chinakam rahbar sifatida tobora xalqning kalbiga singib bormokda. U istagan adolat dunyosi istiqloldan so'ng yurtimiz uzra bosh ko'tardi. mustaqillik bizga ma'rifiy, madaniy, adolatli va insonparvar jamiyat ko'rish imkoniyatini berdi. Endi bu jamiyatga har bir inson o'z o'rni, mavkeiga yarasha vijdonan hissa ko'shmogi lozim. Biz pedagoglar, ota-onalar, tarbiyachilar ham talaba yoshlarda adolatparvarlik, vatanparvarlik, teran aql-idroklilik kabi ma'naviy sifatlarni tarbiyalashda o'z mehnatimizni ayamasligimiz, butun kuch-quvvatimizni ishga solishimiz kerak. Buning uchun eng avvalo inson fazilatlarining o'zaro munosabatlarini va o'rnini aniklab olmogimiz lozim. Insonning ma'naviyati uning odobi, xulki, madaniyatidan tashkil ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.41 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.41 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:17 ]
Arxiv ichida: doc