Ma'naviy va axloqiy tarbiya

Ma'naviy va axloqiy tarbiya

O'quvchilarga / Pedagogika
Ma'naviy va axloqiy tarbiya - rasmi

Material tavsifi

MA'NAVIY VA AXLOQIY TARBIYA Reja MA'NAVIY VA AXLOQIY TARBIYA 1.Axloqiy va ma'naviy tarbiya to'g'risida tushuncha 2.Dunyoviy va diniy tarbiyada axloq tarbiyasining o'rni 3.Axloqiy tarbiyalanganlikning me'zonlari 4.Ma'naviy-axloqiy tarbiyada milliy o'yinlar,bayramlar va marosimlarning o'rni. MA'NAVIY TARBIYA - yuksak ma'naviyatni tarbiyalash vositasi, muayyan shaxs, jamoa, muayyan guruh, jamiyat, millatda jismoniy barkamollik, ruhiy, axloqiy, ma'naviy yetuklik kabi sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy ta'lim-tarbiya jarayonini ifodalovchi tushuncha. AXLOQIY TARBIYA -jamiyatdagi axloqning yuksaklik darajasini, fuqarolarning axloqiy saviyasini aks ettiruvchi tushuncha. U shaxsning jamiyatdagi asosiy axloq me'yorlarini egallashi va o'zgalar bilan shu asosda munosabatda bo'lishi, o'zini axloqiy tomondan muntazam takomillashtirib borishi singari jihatlarni o'z ichiga oladi. Tarbiya-o'qituvchi va ta'lim oluvchilar o'rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo'naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida ta'lim oluvchilarning ongi shakllana boradi, his-tuyg'ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo'lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo'ladigan va rivojlanadigan uzluksiz jarayon. TARBIYA Ma'naviy tarbiya atamasi keng ma'noda inson shaxsini shakllantirishga, uning ishlab chiqarish va ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy hayotda faol ishtirokini ta'minlashga qaratilgan barcha ma'naviy ta'sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig'indisini anglatadi. Bunday tushunishda ma'naviy tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g'oyalari, adabiyot, san'at, kino, radio, TV, OAV va boshqa faoliyatini ham o'z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma'nodagi ma'naviy tarbiya tushunchasi tarkibiga bu sohada ta'lim va ma'lumot olish ham kiradi. Axloqiy va ma'naviy tarbiya borasida tushunchalar Axloqiy va ma'naviy tarbiya borasida tushunchalar Axloqiy aqidalarning eng muhim omillaridan biri - muomala odobi. Insonlar bir-biri bilan hamkorlik qilmasdan, o'zaro tajriba almashmasdan, o'zaro ta'sir ko'rsatmasdan yashashi mumkin emas. Binobarin, muloqot, muomala inson uchun asosiy ehtiyoj, zarurat. Muomala odobi o'zgalar qadr-qimmatini, hurmatini joyiga qo'yishni, an'anaviy axloqiy-me'yoriy talablarni bajarishni taqozo etadi. Ma'noli va ravon so'zlash, suhbatdoshni tinglay bilish, nutq madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. INSONNING RIVOJLANISHI Ma'naviy va axloqiy tarbiya insonning ijodiy, ijtimoiy va ma'naviy rivojlanishiga ko'maklashadi. Bu tarbiya shakllari insonning shaxsiy potentsialini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Yosh avlodning ta'lim va tarbiyasi to'g'risida g'amxo'rlik qilish nafaqat hukumatimizning yoki maktablarning vazifasi, balki har bir ota-onaning ham muqaddas burchlaridan hisoblanadi. Albatta, farzandlarimizni komil inson qilib, ilmli qilib tarbiyalashimiz kerak. Farzandlarimizning ilmiy saviyalari, kasbu hunarlari bilan bir qatorda axloqiy fazilatlari ham o'sib borishi zarur. Shu jumladan, yoshlarimizning ta'lim -tarbiyasini asriy va azaliy sharqona qadriyatlarimiz va mamlakatimizning milliy mafkurasi bilan uyg'unlashtirishimiz, aynan mana shu o'rinda yoshlarga diniy-axloqiy bilimlarni ta'lim berish bugunning kechiktirib bo'lmas dolzarb vazifalaridan biridir. Dunyoviy va diniy tarbiyada axloq tarbiyasining o'rni Musulmon olimlarning ilmiy merosini o'rganishda, xossatan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.76 MB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.76 MB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga