Ma'naviy va irodaviy fazilatlarni tarbiyalash Reja: Axloqiy va irodaviy fazilatlarni tarbiyalashning asosiy metodi Musobaqalashuv metodi Yengil atletikadan amaliy mashg'ulotlar vaqtida irodaviy fazilatlarni tarbiyalash Yengil atletikachilarni tayyorlash prosessida ularning ma'naviy va irodaviy fazilatlari tarbiyalanadi.Sportchilarni kuchli iroda va mustahkam xarakterli qilib tarbiyalashning ahamiyati beboxodir.Tarbiyaviy ishlar birinchi qadamdan to sport masteri jahon rekordchisi bulguncha qadar ham planli davom etaveradi.Bu ish trenirovkasi mashg'ulotlarida ham undan tashqari vaqtda ham o'tkazilaveradi. Trener o'z o'quvchilarini muvaffaqiyatli tarbiyalash uchun ularni yaxshi bilishi faqat ularning jismoniy va texnik tayyorgarligi bilan emas balki oiladagi hayoti ishi va o'qishi bilan ham qizikib turishi kerak. Trener o'z o'quvchilarining irodaviy fazilatlarini qanday ekanligini aniqlab olishi shart chunki ayni shu fazilatlarni tarbiyalash uchun indivudual yondoshish ayiniqsa zarur bo'ladi. Axloqiy va irodaviy fazilatlarni tarbiyalashning asosiy metodi ishontirish tushuntirish metodidir. Faqat so'z bilan emas balki ko'rgazmali misollar bilan ham tushuntirish. Namuna ko'rsatish ayniqsa irodaviy fazilatlarni tarbiyalashda muhim rol o'yinaydi. Sportchini tarbiyalashda har doim talabchan bo'lishi kerak. Zarurat bo'lganda majbur etish metodini ham qo'llash kerak. Sportchiga turli choralarbilan ta'sir etish mumkin. nasihat qilish kollektiv jamoatchilik tanbexi berish, trenirovka mashg'ulotlari va musobaqalardan chetlatish. O'quvchilarga nisbatan qattiq talabchan bo'lish bilan birga rag'batlantirishni ham unutish kerak emas.Tayyorgarligi kamroq o'quvchilar bunga ayniqsa kuproq muhtoj buladilar. O'quvchilarga kuchli ta'sir etadigan bunday vositadan ustalik va odob bilan foydalanish kerak. Irodaviy fazilatlarni tarbiyalashda sportchilarning trenirovka mashg'ulotlarda va musobaqalarda uchraydigan qiyinchiliklarni asta-sekin oshira borish metodi katta ahamiyatga ega.Bunda sportchilar musobaqalarda uchraydigan qiyinchiliklarni engishga o'rganishlari kerak.Musobaqalashuv metodi juda katta rol uynaydi. Mashg'ulotlarda har xil mashqlarni musobaqa tarzida bajarish va ayniqsa rasmiy musobaqalarda qatnashish irodaviy fazilatlarni tarbiyalashdagi eng yaxshi yo'llardan biridir. Axloqiy fazilatlarni tarbiyalash.-yoshlar bilan ish olib boradigan hamma tashkilotlarning muhim vazifasidir. Sportchilar axloqiy tarbiyaning mehnat,o'qish sport butun hayot uchun katta ahamiyati borligini anglashlari muhimdir. Yengil atletikachilarni mashg'ur sportchilarning xalqaro musobaqalardagi sport g'alabalari tarixi bilan tanishtirish,olimpiya o'yinlarida ishtiroki yakunlari to'g'risida so'zlab berish sportchilarning yuqori daraja axloqiy va irodaviy fazilatlaridan misollar keltirish kerak. Axloqiy fazilatlarni tarbiyalashda sportchilarning o'z pedagogik faoliyatlari katta rol o'ynaydi. Trener kollektiv tashkil qilishga unda ilg'or a'nanalarni shakllantirishga alohida e'tibor berishi kerak. Sportchilarning kollektivga va o'rtoqlariga bo'lgan munosabati intizom va axloq g'oyaviy iroda va vatanparvarlik mana shundan kelib chiqadi. Kollektivda o' an'analarini yaratish kerak.-gruppaga qabul qilish, yuqori bo'limlarga o'tkazish,musobaqalarda golib chiqqan yoki razryad nishoni olganlarni tabriklash,chempionlarni xurmat kitobiga kiritish.Trener kollektivni tez-tez yig'ib turishi,trenirovka va dam olish uchun birgalikda shahardan tashqariga chiqib turishi kerak, ekskursiyalar tashkil qilib teatr kinolarga tushib turishi kerak.Kollektivning tarbiyaviy roli juda katta.Yangi boshlayotganlar yosh sportchilar kollektivining eng yaxshi a'zolariga qarab ulardan namuna ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.62 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.62 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:17 ]
Arxiv ichida: doc