Ma'naviyat sohasi rivoji

Ma'naviyat sohasi rivoji

O'quvchilarga / Pedagogika
Ma'naviyat sohasi rivoji - rasmi

Material tavsifi

ma'naviyat sohasi rivoji Yigirma besh yil davomida mustaqillik biz uchun eng ulug', eng aziz qadriyat bo'lib, milliy o'zlitimiz, or-nomusimiz, g'urur-iftixorimiz timsoli, ezgu orzu-intilishlarimiz, yutuq va marralarimizning hayotbahsh manbai sifatida shu muqaddas zaminda yashayotgan barcha vatandoshlarimiz qalbidan mustahkam o'rin egalladi. Xalqimiz o'z mustaqilligini qo'lga kiritgach, mamlakat o'tmishiga, boy tarixiy merosiga, ma'naviy qadriyatlar va an'analarga bo'lgan munosabat tubdan o'zgardi. Davlatimiz rahbarining «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» kitobida ta'riflanganidek, insonni ruhan poklanish, qalban ulg'ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan beqiyos kuch - ma'naviyatga eng ustuvor yo'nalishlardan biri sifatida etibor qaratildi. Mustabid tuzum davrida millatimiz va xalqimizni kamsituvchi buzib ko'rsatilgan tarixiy haqiqatlar tiklandi. Milliy bayramlar va urf-odatlar asl holiga qaytdi. Aziz avliyolarimizning qarovsizlikdan nurab, deyarli yo'q bo'lib ketish arafasiga kelib qolgan maqbaralari, masjid va madrasalar tubdan tamirlandi. O'zbekistonning mustaqillikka erishishi milliy madaniyatimiz tarixini o'rganish, u haqda xolisona fikr bildirish borasida katta imkoniyatlar yaratdi. Osori-atiqalarimizni asrash, milliy qadriyatlarimizni tiklash, qadimiy boy tariximizni to'laqonli yoritish imkoniyati tug'ildi. Jahon madaniyatiga o'zining munosib hissasini qo'shgan ajdodlarimiz tavalludlarini nishonlash mustaqillik tufayli izchil an'anaga aylandi. Istiqlol sharofati bilan hamda Prezidentimizning tashabbuslari bilan allomalarimiz tavallud sanalari nishonlandi. Jumladan, 1991 yili Alisher Navoiy; 1993 yili Ahmad Yassaviy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Bahovuddin NAQSHband; 1994 yili Mirzo Ulug'bek; 1995 yili Feruz, Najmiddin Kubro; 1996 yili Amir Temur; 1998 yili Imom al-Buxoriy, Ahmad al-Farg'oniy; 199 yili Jaloliddin Manguberdi; 200 yili Burhonuddin al-Marg'inoniy, Kamoliddin Behzod, Imom Abu Mansur al-Moturudiy kabi mutafakkirlarimizga bag'ishlangan tantanalar o'tkazildi. Shu o'rinda davlatimiz rahbarining quyidagi so'zlari yodga keladi. «Bu kabi tantanalarni o'tkazishdan niyat va maqsadlarimiz, muqaddas qadamjolarni obod qilishimiz sabablari eng avvalo bu ishlarni amalga oshirish zamirida savob degan olijanob tushuncha yotadi. Savob - ulug' insoniy fazilat, yuksak islomiy qadriyatlardan biridir. Mening komil ishonchim shuki, savob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni har kuni qilish kerak. Savobli amallar qilish esa xalqimizga xos azaliy xislatdir. Savobli ishlarni qilgan odamga, uning el-yurtiga, albatta Allohning rahmatlari yog'iladi. Muqaddas Quroniy oyatda takidlanganidek, «Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshiliqdir». Biz ezgu ishlarni qancha ko'p qilsak, ulug' ajdodlarimizning izzat-ikromini joyiga qo'ysak, ularning tabarruk nomlarini butun dunyoga tarannum etsak, Yaratganning o'zi - bizni balo-qa'zolardan asraydi, bizga kuch-qudrat ato etadi, yo'limizni ochib beradi». O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to'g'risida»gi Qaroriga asosan, 1996 yilda Sohibqiron Amir Temurning 660 yilligi tantanalari o'tkazildi. Ushbu tadbirlar kengayib, butun jahon hamjamiyati tomonidan ham yuqori darajada o'tkazildi. Madaniyat, san'at, maorif, matbuot, sport sohalarida ulug' ajdodimizga bag'ishlab, turli yo'nalishdagi kitob, maqola, risolalar chop etildi, turli film va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.97 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.97 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga