Manzarali bog'dorchilik o'simliklarining kasalliklariga qarshi kurash choralari Reja: Agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida o'tkazishni ahamiyati Kimyoviy usuldan foydalanish. O'simliklarni uyg'unlashgan himoya qilishda biologik usuldan foydalanish Chidamli navlarni yaratishda infeksiya manbalari va infeksiya miqdori. O'simliklarni himoya qilishda kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizmlarga qarshi proflaktik (oldini olish) va ko'payib ketgan sharoitda ularni qirib tashlash tadbirlari o'tkaziladi. Qishloq xo'jalik ekinlarining kasalliklariga qarshi kurash choralarini to'g'ri belgilashda kasallikni keltirib chiqaruvchi mikro organizmlar turlarini to'g'ri aniqlash, ularning biologik xususiyat larini bilish va samarali ta'sir qiladigan vositalarni to'g'ri qo'llash muhimdir. Ekinlarning kasalliklariga qarshi kurash choralari umumagronomik va ixtisoslashgan turlarga bo'linadi. Ekinlarning kasalliklarga chidamliligini va hosildorligini oshi rishda turli o'g'itlarni meyyorida qo'llash, navlarni to'g'ri tanlash bilan birga o'simliklar qoldig'idagi, tuproqdagi, urug'dagi va havodagi infeksiya miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Ekinlarning kasalliklarga va hashoratlariga qarshi kurash choralarini qo'llash usuliga qarab proflaktika va davolash maqsadida o'tkaziladigan seleksion-urug'chilik, agrotexnik, biologik, kimyoviy, fizikaviy-mexanik turlarga bo'linadi. Zararli organizmlarning qishloq xo'jaligiga keltiradigan iqtisodiy zararini kamaytirishda quyidagi tashkilik xo'jalik tadbirlarini o'tkazishni taqoza qiladi: Har bir fermer xo'jaligidagi ekinzorlarda kasallik, zararku nanda va begona o'tlar tarqalishi mumkin bo'lgan maydonlarni tuman miqiyosida aniqlash; O'simliklarni himoya qilish otryadining zararli organizmlarga qarshi o'tkaziladigan tadbirlar usuli, vositalari, muddati, takro riyligi, himoya vositalarining xajmi va miqdorini aniqlash; Tuman miqiyosida foydalanish uchun zarur transport va apparatu ralar hajmini va extiyot qisimlarining miqdorini aniqlash; Ish jarayonida zarur bo'lgan shaxsiy himoya vositalari, xo'jalik dagi qoldiq vositalar miqdori aniqlanib, zarurlariga talabnoma lar olish; Omborlarni tayyorlash, dala kezatuvchilari va mutaxassislar malakasini oshirish, attestatsiya qilish, nazoratchilar guruhini tuzish; Maydonlarni yaxlitlash, chidamli navlani ekish va rayonlash tirish, manbalardagi begona o'tlarni yo'qotish Agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida o'tkazishni ahamiyati. Qishloq xo'jaligining intensiv rivojlanishi, dehqonchilik madani yatining ortishi ekinlarning kasalliklariga qarshi kurashda viloyat larning tuproq-iqlim sharoitini, o'simlik turini hisobga olib kurash choralarini qo'llashni taqazo qiladi. Agrotexnik kurash choralarining asosiy maqsadi sog'lom urug'lik va ko'chatlar etishtirshiga qaratilgan bo'lib, ekinlarni ekishdan tortib hosilni yig'ishtirib olgunga qadar parvarish qilishni taqazo qiladi. Agrotexnik usul dala, polizlar, bog'lar, omborxonalarda kasallik larning xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan miqdoridan himoya qilsa, ikkinchidan o'simliklarning ularga nisbatan immunitet xususiyatlarini takomillashtiradi. Almashib ekish qoidalariga amal qilish ekinzorlarda infeksiya ning va to'planmasligiga sharoit yaratadi. Buning uchun ekinzorlarda ekiladigan ekinlar kelguvsi yilda ekiladigan ekinlar kasallanmay digan turlarga mansub bo'lishi muhimdir. Ya'ni ekin dalasida bir yildan ortiq muddatda bir xil ekin ekmaslik, ekin o'rniga ekiladigan ekin bir xildagi kasalliklar bilan kasallanmasligi muhim ahamiyatga ega. Tuproqda uzoq muddatda saqlanadigan patogen infeksiyasining miqdorini kamayishida tuproqni chuqur xaydash muhim agrotexnologik tadbir hisoblanadi. Bunday dalarni shudgordan keyin yaxob berish ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.42 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:21
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.42 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:21 ]
Arxiv ichida: docx