Manzarali gullar fitopatologiya

Manzarali gullar fitopatologiya

O'quvchilarga / Pedagogika
Manzarali gullar fitopatologiya - rasmi

Material tavsifi

Manzarali gullar fitopatologiya Reja: 1-§. Manzarali gullarda kasallik qo'zg'atuvchi zamburug'' turlari va ularning ayrim biologik xususiyatlarining 2-§. Manzarali gullarda zamburug'' turlari qo'zg'atuvchi kasalliklarga qarshi kurash tizimining hozirgi holati va muammolari 3-§. Antirrhinum L- Itog'iz kasalliklari 4-§. Aster L. - Qashqargul kasalliklari 5-§. Chrysanthemum L. - Xrizantema kasalliklari 6-§. Dahlia L. - kartoshkagul kasalliklari 7-§. Dianthus L. - CHinnigul kasalliklari 8-§. Gerbera L. - Tog' mingtomiri kasalliklari 9-§. Gladiolus L. - Ilongul kasalliklari. 10-§. Hyacinthus (Tourn.) L. - Gulisumbul kasalliklari 11-§. Iris L. - Gulsapsar kasalliklari 12-§. Lilium (Tourn) L. - Liliya kasalliklari 13-§. Narcissus L. - Nargis kasalliklari 14-§. Paeonia L. - Pion gul kasalliklari 15-§. Phlox L. - Floks kasalliklari 16-§. Rosa L. - Atirgul kasalliklari 17-§. Tulipa L. - Lola kasalliklari 18-§. Dog'lanish - Penitsillioz - Penicillium corymbiferum Westl. 19-§. Syringa L. - Siren kasalliklari 20-§. Viola L.- Binafsha kasalliklari 1-§. Manzarali gullarda kasallik qo'zg'atuvchi zamburug'' turlari va ularning ayrim biologik xususiyatlarining Gulchilik sohasining tarixi 300 yildan ziyod davrni o'z ichiga oladi va bu sohani rivojlanish tarixiga oid ma'lumotlar ayrim manbalarda keltirib o'tilgan. Demak, sayyoramizning hamma aholisi gullarni qadim-qadimdan yaxshi ko'rishgan. Ular o'zlarining xushbo'yligi va alohida go'zalligi bilan insonlarni doimo o'ziga jalb qilgan. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, insonlar qadimdan gullarni faqat tashqi ko'rinishiga qarab tanlashgan. Chunki, seleksiya va urug'chilik u davrda rivojlanmagan va etarli darajada ularga ahamiyat ham berilmagan. Uzoq yillar davomida gulchilikning rivojlanishi havaskor seleksionerlar tomonidan bajarib kelingan. Gulchilik sohasi vaqt o'tishi bilan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo'jaligining foyda keltiradigan asosiy tarmoqlaridan biriga aylana boshlagan. Chunki, gullar insonlarning talaygina ehtiyojlarini ham qondirishga qodirligi isbot qilingan. Aksariyat gul o'simliklarining har xil a'zolari to'qimalaridan tayyorlangan preparatlar bir qancha kasalliklarga qarshi qo'llanilib kelingan va hozirgi kunda ham qo'llanilmoqda. Masalan, namatak vitamin, efir moylari, makro- va mikroelementlarga boy bo'lganligi sababli, uning mevasi tibbiyotda quritilgan holda, nastoyka qiyom va sharbat shaklida qo'llaniladi. Marvaridgul yurak urishini tinchlantiradi. Moychechak esa shamollashda foydalaniladi. Tirnoqgulning spirtli tindirmasi yaralarni, kuygan joylarni davolashda, stomatit, angina, har xil tomoq og'riq kasalliklarida og'iz bo'shlig'ini chayishda, shuningdek gastrit, me'da, o'n ikki barmoqli ichak yaralarini, jigar kasalliklarini davolashda qo'llaniladi. Qizil exinatsiya preparatlari immun tizimining kuchsizlanishi natijasida paydo bo'lgan kasalliklarni davolashda hamda moddalar almashinuvi buzilishidagi qandli diabet va jigar kasalliklarini davolashda qo'llaniladi. U stomatit, gripp kasalliklarining oldini olishda ham yaxshi natija beradi. Shu bilan birga, bu gul o'simligi revmatizm, poliartrit, prostatit, ginekologik va nafas yo'llari shamollashi kabi kasalliklarni davolashda keng qo'llaniladi. Pionguldan tayyorlangan sharbat uyqusizlik, qon tomir bosimini me'yorlashtirish, bosh og'rig'i, bronxit va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 3.11 MB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:21 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 3.11 MB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga