Maqsadlarni shakllantirish va ularni test-topshiriqlarga aylantirish

Maqsadlarni shakllantirish va ularni test-topshiriqlarga aylantirish

O'quvchilarga / Pedagogika
Maqsadlarni shakllantirish va ularni test-topshiriqlarga aylantirish - rasmi

Material tavsifi

Maqsadlarni shakllantirish va ularni test-topshiriqlarga aylantirish Reja: 1. O'quv maqsadlarini tashqaridan kuzatiladigan harakatlar bilan ifodalash 2. Etalon - maqsadlarni yaratish, qo'llash va ularni test topshiriqlariga aylantirish. O'quv maqsadlarini tashqaridan kuzatiladigan harakat bilan to'la-to'kis ifodalash texnologiyasi o'tgan asrning 50-60 yillarida bixeviorizm g'oyasi va uslublari ta'sirida vujudga keldi. Bixeviorizm - (inglizcha behavior - xatti-harakat, xulq) amerika psixologiyasining asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lib, u o'ta amaliy instrumental yo'nalishga egadir. U inson psixikasini o'rganish, faqat insonning tashqaridan kuzatiladigan xatti-harakati va nutqini tahlil qilishdan iborat, deb tasavvur qiladi. Bunday yondashuv o'quv maqsadlarini o'quvchilarda tashqaridan kuzatilishi mumkin bo'lgan aniq harakatlar orqali ifodalashga olib keladi. Gerbart Spenser ta'riflaganidek, ta'limning buyuk maqsadi bilim berish emas, balki xatti-harakatlarga o'rgatishdir . Mazkur oqim malum davrgacha AQSH psixologiyasida ustivorlik rolini o'ynadi. Hozirgi davrda bu oqim bir necha psixologik maktablarga ajralib ketgan. Lekin ularning mohiyatida bixeviorizm ruhi sezilib turadi. Hammasi uchun umumiy formula SR, yani stimul - reaksiya xizmat qilib kelmoqda [4; 117 - 120]. Bixeviorizm sobiq ittifoq olimlari tomonidan dastlab reaksion «oqim» sifatida qattiq tanqid qilingan bo'lsada keyinchalik unga bo'lgan munosabat tubdan o'zgardi. Bixeviorizmning qator fanlar (antropologiya, lingvistika, sotsiologiya, semiotika, kibernetika) ning rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatganligi hamda psixologiyaning rivojlanishiga munosib hissa qo'shganligi etirof etila boshlandi [3]. Faoliyatni faqat tashqaridan kuzatiladigan xatti-harakat bilangina tezlashtirish-uni nihoyatda soddalashtirib tasavvur etishdir. Murakkab bilish va hissiy jarayonlar (xususan, hissiy- ijodiy faoliyat tajribasi) ni tashqaridan kuzatiladigan alohida qismlarga ajratish mumkin emasligi tufayli ular bixevioristik yondashish doirasidan tashqarida qoladi. Bixeviorizm o'qitishning reproduktiv darajasi (yodlash, takroran aytib, ko'rsatib berish, namuna bo'yicha harakat qilish) bilangina chegaralanadi. Bixeviorizmda o'zlashtirishning umumiy shartli sxemasini SRP ko'rinishda yozish mumkin [1; 73]. Bunda, S - stimul (harakatga keltiruvchi ta'sir) yoki xatti-harakat qilishga undovchi vaziyat. Masala sharti, savol, signal, buyruq, komanda va h.k. stimul vazifasini bajarishi mumkin. R - organizmning stimul (ta'sir)ga ko'rsatgan javobi (reaksiyasi), yani ta'sir natijasida sodir etilgan xatti-harakat. Savolga javob berish, masalani yechish, o'ngga yoki chapga burilish, yugurish va hoka'zolar organizmni ta'sirga ko'rsatgan reaksiyasini ifodalaydi. P - (prop) mustahkamlash, yani bu- ta'sirga javoban reaksiya qilinganligi, harakatning to'g'ri bajarilganligini mustahkamlash-rag'batlantirishdir. Mustahkamlash-moddiy va ma'naviy taqdirlash shaklida bo'lishi mumkin. Masalan, jonivorlarni o'rgatishda bu - ular eng yaxshi ko'rgan ovqat, insonni o'qitish-o'rgatishda esa, mustahkamlovchi sifatida og'zaki maqullash, baho, ilhomlantirishlardan foydalanish mumkin. Bixevioristlar takidlaganlaridek, mustahkamlash (R) o'zlashtirishning muhim tashkil etuvchisi bo'lib hisoblanadi. U ayniqsa jonivorlarni o'rgatishda mutloq ahamiyat kasb etadi. Lekin, bixevioristlarning o'qitish sifatini alohida qismlar bo'yicha nazorat qilish va tuzatishlar kiritib borishning zarurligi to'g'risidagi xulosasi - o'qitish nazariyasi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini takidlash lozim. Bu xulosa dasturlangan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.11 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.11 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga