Markaziy Osiyo va qadimgi Sharq mamlakatlarida maktab va pedagogik fikr rivoji Reja: 1. Qadimgi Xitoy va Hindistonda ilm-fan, madaniyat, tarbiya, maktab, pedagogik fikr. Yozuv, qog'oz va siyohining kashf etilishi. 2. zardushtiylik ta'limotida ta'limiy-axloqiy qarashlar 3. Turonzaminida VII asrgacha ilm-fan, madaniyat, tarbiya, pedagogik fikr. 1. Qadimgi Xitoy va Hindistonda ilm-fan, madaniyat, tarbiya, maktab, pedagogik fikr. Yozuv, qog'oz va siyohining kashf etilishi. Misr, Messopotamiya, Hindiston, Xitoy mamlakatlarida insoniyat madaniyatining murakkab formalarini boshqa joylardagiga qaraganda oldinroq vujudga keltirdi. Bu mamlakatlarda katta davlatlar oldinroq paydo bo'ldi. Xo'jaliklarda kalendar bo'lishi lozim edi, astronomiya ilmi ana shundan boshlandi: yerni o'lchash, hosilni hisobga olish, inshoatlar qurish hisobini olish zarur edi, shu tariqa geometriya va arifmetika vujudga keldi. Meditsina fanining boshlang'ich elementi vujudga keldi. Tabiat to'g'risidagi bilimlar qadimgi zamonlardan beri suratlarda aks ettirilar edi. Suratlar yordamida yozish-piktografiya yozuvi rivojlandi. Misr va Xitoyda piktografiya yozuvidan ieroglif yozuvi kelib chiqdi. Ieroglif yozuvidan yozuvning yangi prinsipi-tovushlarni ifodolovchi harflar bilan yozish yoki alfavit kelib chiqdi. Alfavit yozuvi dastlab xo'jalik ishlari va boshqa shu kabi ishlarning borishini qayd qilish uchun xizmat etadi. Podsholar saroylarida kotiblar tayyorlaydigan maktablar ochilgan. Folklor-kattalarni va yoshlarni tarbiyalash vositasi bo'lib xizmat qilgan. Sinflar kurashida din katta rol o'ynaydi. Davlat dinlari vujudga keltirildi. Yangi dinlar-buddizm, xristian, yaxudiy. Bu dinlar dastlab mazlum xalqlarning istak-orzularini ifodaladilar. Din dastlab og'zaki targ'ib qilingan. Xalq orasida yozuv tarqala boshlagandan so'ng nasihathomuz fikrlar yozuvda ifodalangan. Maktablarda o'qitish quyidagicha bo'lgan: 1. Tekst ohangdor qilib o'qilar. 2. Tekstning boshida yodlab olinishi kerak bo'lgan qancha aqida borligi ko'rsatilib o'qilar. 3. Katta tekst qismlarga bo'linib o'qilar. 4. Ko'p martalab takrorlash usuli qo'llanilar edi. Turli mamlakatlar va xalqlar jahon madaniyatiga turlicha hissa qo'shdilar. Xitoyda qog'oz ixtiro qilindi. Hindistonda hisoblashning o'nlik sistemasi kashf etildi. Mesopotamiya yer kurrasini graduslarga, sutkani soatga, soatni minutga, minutni sekundga bo'lish kashf etildi. Eramiz boshlarida O'rta dengiz bilan Hindistonni birlashtiruvchi karvon yo'li, so'ngra O'rta Osiyo orqali Xitoydan O'rta dengiz tomon «Buyuk ipak yo'li» ochildi. O'rta Osiyo savdo-sotiq markazi bo'lib qoldi. Bu esa O'rta Osiyo vohalarida madaniyatni o'stiradi, yozuvning tarqalishiga yordam beradi. Eramizdan bir necha yil muqaddam Sharqda yirik davlatlar va katta shaharlar bunyod bo'lgan. Qadimgi Xitoyda eramizdan uch ming yil muqaddam qo'yi va oliy maktablar bo'lgan. Maktablarda bolalar murakkab «Ieroglif» (belgi) xatlarini o'qishni va yozishni o'rgangan, falsafa va axloq, atoqli shoir va yozuvchilarning asarlari o'rgatilgan. Bu maktablarda astranomiyaga doir ba'zi ma'lumotlar ham berib borilgan. Xitoyning yuksak madaniyati qo'shni xalqlarga o'z ta'sirini o'tkazdi. Hindistonda juda qadim zamonda maktab paydo bo'ldi va mutahkamlandi. Hindistonda dehqonlar jamoasi tashkil qilgan «Jamoa» maktabi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.97 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.97 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:21 ]
Arxiv ichida: doc