Markaziy Osiyoda islom ta'limotining yoyilishi va uning tarbiya, maktab, pedagogik fikr taraqqiyotiga ta'siri Reja: 1. Islom ta'limotining yaratilishi, mohiyati. Qur'oni Karim. 2. Markaziy Osiyoda islomning qabul qilinishi. 3. Maktablar va madrasalarda ta'lim-tarbiya mazmuni va shakllari 4. Movarаunnahrda ilm-fan, madaniyat, hunarmandchilik. Kasb-hunar tarbiyasi 1. Islom ta'limotining yaratilishi, mohiyati. Qur'oni Karim VII asr boshlarida islom g'oyasiga asoslangan Arab halifaligi tashkil topdi. Arabiston yarim oroli, Eron, Kavkaz, Suriya, Shimoliy afrika, Janubiy Ispaniya halifalik tarkibiga kiritildi. Arablar Movarounnahrga dastlab 651 yilda, so'ngra 676 yilda Said ibn Usmon boshchiligida Buxoro, So'g'diyona, Kesh, Nasaf kabi shaharlarga hujum qilingan. 705 yilda Arab istilochisi Qutayba boshchiligida ikkinchi yurish boshlandi. 706 yilda Poykend, Buxoro, Samarqand, So'g'd, Farg'ona, Xorazmni qo'lga kiritdi. Qutaybaning istilochilik yurishi 715 yilda o'ldirilgandan so'ng to'xtadi. VII asr o'rtalarida arablar Movarounnahrni to'la zabt etdilar. Arab istilochilarining Movarounnahr aholisini islom diniga kiritish qiyin kechgan, tinimsiz qarshiliklar ko'rsatib turgan. Arablar xaqlni bo'ysundirish uchun harbiylar bilan bir qatorda islom dini targ'ibotchilaridan foydalandilar va sekinlik bilan natijaga erishdilar. Arablar islom dinini tarqatishda turli usuldan foydalandilar. Jumladan, islom dinini qabul qilganlar soliqdan ozod etilgan. Narshaxiyning xabar berishicha, Qutayba aholisini islomlashtirish uchun aholi uylarining yarmini arablarga bo'shatib berishga majbur etganlar. Qutayba masjidlar barpo etib, kofirlik va otashparastlik asarlarini yo'qotdi. Istilochilar xalqning boy madaniy merosini yo'q qilishga kirishdilar. Beruniyning xabar qilishicha,-«Qutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini o'rgangan va boshqalarga o'rgatadigan kishilarni halok etib, yo'q qilib yuborgan». Islom dini ana shunday g'oyaviy-siyosiy kurash jarayonida shakllandi va rivojlandi. Halifalar istilochilik siyosatini o'tkazar ekanlar, barcha xalqlar ustidan madaniy ustunlikni o'rnatishga harakat qildilar. Chunki arab xalqi VII asr boshlarida o'ziga xos madaniyat adabiy til yaratgan bo'lib, unda notiqlik va she'riyat yuqori darajada qadrlangan. Arab tili ham, o'z navbatida, yangi madaniyat tili bo'lib maydonga chiqdi. Arablar yunon fani yutuqlaridan amaliy foydalandilar, olimlarning asarlarini tarjima qildilar. Astronomiya, tibbiyot, kimyoga oid barcha asarlar arab tiliga tarjima qilindi. Arablar yunonlardan fanni tasnifini olib, fanni 2 qismga: nazariy va amaliy qismlarga ajratildi. Birinchi qismda uch bo'lim tabiat to'g'risidagi va matematik fanlari bo'lib, ularga arifmetika, kimyo, astronomiya va musiqa kiritilgan. Ikkinchi qism esa etika, iqtisod, siyosatga bo'lingan. Hind fani arab madaniyatiga, arifmetika, algebra, tibbiyotga ta'sir etgan. Evropaliklar ham sonlarning Hind nazariyasi bilan arablar orqali tanishganlar. Movarounnahr arabcha bo'lib, «daryo orti» ma'nosini bildiradi. Musulmon maktablarida arab tili muhim fan sifatida o'qitilgan, bilim shu tilda o'rganilgan. Masjidlar huzurida maktablar ochiladi va o'g'il bolalarga shu maktablarda Qur'on o'qishni o'rganishga farmon beriladi. Islom aqidalarining uning axloqiy-huquqiy tamoyillarining asosiy manbai «Qur'ondir». Ollohga itoat qilgan va Olloh ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.51 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.51 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:21 ]
Arxiv ichida: doc