Markaziy osiyoda ta'lim-tarbiyaning paydo bo'lishi Reja: ta'lim tarixi kursining maqsadi va vazifalari Ibtidoiy jamiyatni emirilish davrida tarbiya va ta'lim Markaziy Osiyo xalqlarida ibtidoiy jamoa davrining oxiridagi tarbiya va ta'lim Avestoda didaktik g'oyalarni ifoda etilishi Avestodagi didaktik usullar ta'lim tarixi kursining maqsadi va vazifalari ta'lim tarixi qadim zamonlardan tortib to hozirgi kungacha bo'lgan turli tarixiy davrlarda ta'lim-tarbiya, maktab va pedagogika nazariyalarining taraqqiyotini o'rganadi. Yosh avlodni tarbiyalash va o'qitish nazariyasi bilan amaliyotini qanday taraqqiy etib kelganligini bilmay turib, bugungi kundagi ulkan ta'lim-tarbiyaviy ishlarni, maktablarni jamiyat hayotida tutgan mavqeini, ilmiy ravishda hal qilib bo'lmaydi. O'tmishda yashab ijod etgan ajdodlarimizning ta'limga nisbatan bildirgan ilg'or fikrlari, Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyatida maktab va xalq ta'limining rivojlanish jarayonini o'rganish, tanqidiy xulosalar chiqarish, pedagogik tafakkurni o'sishiga, pedagogik madaniyatni ortishiga olib keladi. Bu g'oya va tafakkurni tahliliy o'rganib, uning eng foydali tomonlarini qabul qilish va to'g'ri xulosalar chiqarish bu kursning bosh maqsadi va vazifasidir. ta'lim tarixini mana shunday asosda tushunish tufayli turli ta'lim nazariyalari , maktablar tuzilishi tarixi, tarbiya va ta'limni yo'lga qo'yilishi mazmuni va metodlari, oqibat-natijada jamiyatning moddiy hayot sharoiti bilan belgilanadi, ular o'zi ham jamiyat moddiy hayotining taraqqiysiga muayyan ta'sir o'tkaza oladi. Bu dialektik rivojlanishni qanday bo'lsa, shundayligicha o'rganish kursning maqsadini belgilab beradi. ta'lim tarixi haqida fikr yuritar ekanmiz bir savol paydo bo'ladi: ta'lim oldin paydo bo'lganmi yoki tarbiya? Biz bu savolga tarbiyaga insoniyat oldinroq muhtoj bo'lgan deb javob beramiz. Ibtidoiy jamiyatni emirilish davrida tarbiya va ta'lim Xususiy mulk, qullik va yer-xotin bo'lib yashaydigan (monogam) oilaning paydo bo'lishi bilan ibtidoiy jamiyat emirila boshladi. Yakka yer-xotin bo'lib yashash asosida qurilgan oilaning vujudga kelishi katta tarixiy taraqqiyot bo'ldi. Oila eng muhim ijtimoiy hodisalarning biri bo'lib qoldi va mustaqil xo'jalik yurita boshladi. Ijtimoiy tarbiya bilan bir qatorda oilaviy tarbiya ham paydo bo'la boshladi. Aholining hukmron guruhlari (kohinlar, yo'lboshchilar, oqsoqollar) ajralib chiqdi; bular jismoniy mehnat talab qiladigan ishlarga o'rgatishni aqliy bilim berishdan ajratib qo'yishga harakat qildilar. Bu hukmron guruhlar bazi bilimlarni (dalalarni o'lchash, daryolarda suv toshqini bo'lishini oldindan bilib xabar berish, odamlarni davolash usullari va shu kabilar) o'z qo'llariga olishga harakat qilardilar. Bunday bilimlarni o'rganish uchun maxsus muassasalar (maktablar) tashkil etildi. Masalan, boylarning bolalari jismoniy mehnatdan ozod qilib qo'yilgan bo'lib, ular alohida binoda o'qiganlar, oddiy kishilarni bolalari bilmaydigan bilimlarni (masalan, piktografik xatni, yulduzlarni kuzatishni, maydonlarni sathini hisoblashni) o'rganganlar. Shu tariqa ular boshqalardan ustun bo'lib qolganlar. Mehnat, ekspluatatsiya qilinuvchilarni qismati bo'lib qolabergan. Bunday oilada bola erta yoshligidanoq mehnatga o'rgatilgan, ota-onalar dehqonchilikdagi o'z tajribalarini bolalarga o'rgataberganlar. Maktablarda olib boriladigan, yaxshi yo'lga qo'yilgan tarbiya ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.66 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.66 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:21 ]
Arxiv ichida: doc