ma'ruza va seminar mashg'ulotlarini loyihalashtirish va rejalashtirish asoslari Reja: ma'ruza - OUYu ta'lim tashkillashtirishning asosiy shakli. ma'ruzada o'qitish texnologiyasining jarayonli tuzilmasi. ma'ruzalarda ta'lim berish texnologiyasi. 1.ma'ruza - OUYu ta'lim tashkillashtirishning asosiy shakli MA'RUZA ma'ruza - davomli vaqt ichida o'qituvchi tomonidan katta hajmdagi o'quv materialini monologik bayon qilishi. Usulning asosiy vazifasi-ta'lim berish. Belgilari: qatiy tuzilma, og'zaki-mantiqiy bayon qilish, berilayotgan axborotning ko'pligi. ma'ruzalar muhim lahzalarini ajratib ko'rsatish imkonini beradi. ta'lim oluvchilar bilan birgalikdagi faoliyatni tashkillashtirish usulining samaradorlik shartlari quyidagilardan iborat: ma'ruzaning batafsil rejasini tuzish; ta'lim oluvchilarga ma'ruza mavzusi maqsadi, vazifalari va rejani eshittirish; har bir rejani yoritgandan so'ng qisqa umumlashtiruvchi xulosalarni shakllantirish; ma'ruzaning bir qismidan boshqa qismiga o'tganda mantiqiy bog'liqlikni ta'minlash; yozib olish uchun zarur joylarni ajratib ko'rsatish (aytib turish); uning alohida holatlari batafsil ko'rib chiqiladigan seminar, amaliy mashg'ulotlar bilan ma'ruzaning to'g'ri kelishi. HIKOYa, TUShUNTIRISh Hikoya - hodisa, voqea, haqiqat to'g'risida o'qituvchini monologik xabar berishi odatda u nazariy holatlarni aniqlashtirish, o'rganayotgan materialga qiziqishni uyg'otish uchun qo'llaniladi. Hikoya qilishga asosiy talab-materialni hissiy yetkazib berish, san'atkorona, ta'sirchan bayon qilish. Yo'RIQNOMA BYeRISh Yo'riqnoma berish - kasbiy tayyorgarlikda keng foydalaniladigan mustaqil usul bo'lib, u talabalarga aniq harakatlarning vazifalarini, ularni amalga oshirish yo'llarini, amaliy topshiriqlarni yechish talablarini, ko'nikmalardan iborat tartibini, malum tipga xos bo'lgan vaziyatlar tavsifi va haraktlar ularni amaliyotda qo'llashni tushuntirish. O'quv jarayonidagi o'rniga ko'ra yo'riqnoma berish uch turda bo'ladi: 1) kirish yoki yo'l-yo'riq berish; 2) joriy; 3) yakuniy. Kirish yo'riqnomasini berish quyidagi harakatlarni o'z ichiga oladi: talabalarga bajarildagan ish mazmuni, pedagogik o'zaro harakatning usul, vosita va shakllarini, texnik hujjatlar va yakuniy natijaga, mehnat mahsuliga bo'lgan talablarni yetkazish; ish bajarish qoidasi va izchilligi va alohida harakatlar, usullarni tushuntirish; qiyinchiliklar, xatoliklar, mehnat xavfsizligi to'g'risida ogoxlantirish. Joriy yo'riqnoma berish quyidagi harakatlarni o'z ichiga oladi: ishni bajarishga qiynalayotgan talabalar ishini to'g'rilash; har bir talaba ishini kuzatish; ish turlarini bajarish va ish natijalari vaqtidagi mustaqillikni o'rnatish. Yakuniy yo'riqnoma berish quyidagi harakatlarni o'z ichiga oladi: jamoaviy va guruhli mehnat natijalarini baholash; o'quv - bilish faoliyatning mustaqillik darajasi; mehnat harakatlarini bajarishdagi alohida kamchiliklarni aniqlash; kasbiy muhim sifatlar, ko'nikma, o'zini tutishning odob - axloqiy me'yorlarini shakllanganligi; baholar bilan tanishtirish. Yo'riqnoma berish shakliga ko'ra og'zaki, yozma, ko'rgazmali va aralash bo'lishi mumkin. Yozma yo'riqnoma berishda eng katta samaraga erishish mumkin bo'lib, bunda turli yo'riqnomali, ishlab chiqarishli, o'quv -ishlab chiqarishli va o'quv - uslubiy hujjatlardan (yo'riqnomali, texnologik, yo'riqnomaviy - texnologik va harakatlar xaritasi, ishlar tartibi, qoidasi) foydalaniladi. ma'ruza - o'qitishni tashkil etishning yetakchi shakli hisoblanib, quyidagi vazifalarni amalga oshirishga imkon beradi: yo'naltiruvchilik-talabalarni o'quv materialining asosiy holatlariga, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
65.9 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:17
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
65.9 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:17 ]
Arxiv ichida: docx