O'zbekiston RespublikaSI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI QO'QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI Pedagigoka fakulteti pedagogika psixologiya yo'nalishi 3 «B» guruh talabasi Boboyeva Gulasal Pedagogika o'qitish metodikasi fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI TAQDIMOTI O'qituvchi: A.Abdurashidov ma'ruza, Munozara va undan foydalanish imkoniyatlari Reja: 1. Mavzuga kirish 2. Munozara 3. Muhokama 4. Notiqlik 5. Ma'ruza Fikr suhbat, muhokama, munozara shaklidagi nutqiy faoliyatlar davomida og'zaki bayon qilinadi. Suhbat - ma'lum bir mavzu yuzasidan dialog (yoki polilog) tarzida bo'lib o'tadigan nutqiy muloqot. Suhbat oldiga qo'yilgan talablar: Mavzudan chetga chiqmaslik Savollarga aniq, qisqa, to'la javob berish. Javob berish jarayonida savolning ahamiyatiga e'tibor berish, dalil va misollarning isxonarli bo'lishini ta'minlash. Suhbat jarayonida tinglovchilar holati, vaqti qiziqishlari, mavzuning dolzarbligini hisobga olish. Suhbatda kamtarlik, xushmuomalalik talablariga javob berish. Suhbat davomida nutqning ifodalilik, ta'sirchanlik, mantiqiylik, to'g'rilik, soflik kabi xususiyatlari talablariga rioya qilish. MUNOZARA Munozara - biror masala yuzasidan taraflarning bahsini, tortishuvini anglatadi. Bahs jarayonida har bir ishtirokchi o'zining haq ekanligini isbotlashga intiladi. Munozarada nutqqa qo'yilgan talablar: Mavzudan chetga chiqmaslik. Mazmunni ochuvchi, fikrni isbotlovchi dalillarning yetarli bo'lishi. Dalillardan mantiqan xulosa chiqarish. Nutqning ifodali tizimli, hayajonli bo'lishi. Nutq shaklining ixcham, qiziqarli bo'lishi. Nutq egasining vazmin, og'ir bo'lishi. Suhbatdosh hurmatning ifodasi bo'lishi, uning shaxsiga tegadigan so'z va gaplarning bo'lmasligi. Muhokama - biror masala yuzasidan ko'pchilikning fikrini to'plash, ma'lum to'xtamlarga kelishini anglatadi. Muhokama nutqi oldiga qo'yilgan t a l a b l a r: Muhokama mavzuidan chetga chiqmaslik. Fikrni ixcham, soda, ta'sirli qilib ifodalash. Ortiqcha lirik chekinishlarga berilmaslik. Fikrga mos dalil va isbotlarni aniq, lo'nda qilib keltirish. Boshqalar bildirgan fikrlarni takrorlamaslik. Fikrni ifodalash davomida o'zgalar fikriga hurmat bilan qarash, o'rinsiz bildirilgan fikrlarni kishi shaxsiga tegmasdan inkor etish. Fikrni bayon qilish davomida hayajonlanmaslik. O'zini og'ir tutish. MUHOKAMA NOTIQLIK Aytilayotgan fikrning tinglovchiga yetib borishi va uning ruhi hamda xulqiga ta'sir etish notiqlik san'atiga bog'liq. Notiqona nutq maqsadi va xususiyatlariga ko'ra quyidagi turlarga ajratiladi: tashviqiy nutq tanqidiy nutq tabrik nutqi. Tashviqiy nutq deb muallif ko'zda tutgan biron voqea-hodisani bajarishga tinglovchilarni da'vat etuvchi, undovchi nutqqa aytiladi. Tashviqiy nutq oldiga qo'yilgan talablar: mavzudan chetga chiqmaslik mavzu mohiyatini to'la ochib berish mavzu dolzarbligini uqtira olish. Nutqning ta'sirchanligini oshira olish. Ko'chirma va misollarni o'rinli keltira olish. Til - ma'lum kishilar jamoasi a'zolarining muloqoti uchun muhim va asosiy vosita hisoblangan o'ziga xos belgilar sistemalaridan biri bo'lib, jamiyatda tafakkurning rivojlanishi uchun, madaniy tarixiy an'analarni avloddan-avlodga yetkazish uchun xizmat qiladi. Nutq - ifodalangan ma'lumot talabiga mos holda til qoidalari asosida tuzilgan til belgilarining tartibidir. Matn - u yoki bu holda tugallangan mazmun va nutqning birligini o'zida shakllantirgan hamda ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.17 MB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:17
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.17 MB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:17 ]
Arxiv ichida: ppt