Masofali o'qitish texnologiyasi

Masofali o'qitish texnologiyasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Masofali o'qitish texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Masofali o'qitish texnologiyasi Reja: Masofali ta'lim haqida tushuncha. Masofali o'qitish tizimida o'qituvchining o'rni. Internet: masofalai ta'limning asosiy bo'g'ini. Masofali ta'lim tizimiga yondashuv va ayrim muammolar. Tayanch iborlar: Masofadan o'qitish, masofadan o'qitishning turlari, masofadan o'qitishning afzalliklari, masofadan o'qitishning kamchiliklari, elektron qo'llanma, WEB - sayt sahifasi, elektron qo'llanmaning imkoniyatlari. 2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, «Zamonvaiy kompyuter» va axborot texnologiyalarini iqtisodiyot, fan va ta'limning barcha sohalariga keng joriy etish, xalqaro axborot tizimlariga, shu jumladan «Internet» ga kirib borishni kengaytirish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash darajasini oshirish maqsadida 2001 yil 24 may Vazirlar Mahkamasining qarori chiqqan edi. Shu munosabat bilan barcha o'quv muassasalarida, oliy o'quv yurtlarida, o'quv tizimini yangidan isloh qilish, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqi shva ularni amaliyotga keng jalb qilish, rivojlangan mamlakatlar o'quv tizimidagi yangiliklar, yutuqlarni o'rganish va ularni o'zimizda tadbiq etish maqsadga muvofiqdir. Hozir bu yo'nalishda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligida, qolaversa, bir qator universitetlarda, jumladan O'zbekiston Milliy universitetida keng ko'lamda ilmiy-uslubiy ishlar olib borilmoqda. Bunda «Masofadan o'qitish» alohida o'rini tutishini uqtiramiz. Hozirda bu jumladan rivojlangan mamlakatlar o'quv tizimining asosini tashkil etadi. Bu tizim orqali talabalar faqat belgilangan joydagi auditoriyalarda ta'lim olmasdan, malum masofadan turib o'rganish, muloqot o'rnatish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu kabi o'quv tizimi Amerika, Hindiston ochiq universitetlarida keng yo'lga qo'yilgan. Masofadan o'qitishning turli ko'rinishlari mavjud: - lokal kompyuter tarmog'i orqali; - global kompyuter tarmog'i orqali; - maxsus kabel televideniyasi orqali; - har xil kompakt disklar, kassetalar orqali foydalanish turlari. Masofadan o'qitishning ustun tomonlari quyidagilardir. - o'qituvchi va talaba vaqtdan yutadi; - talabani zamonaviy texnologiyalarga yaqinlashtiradi; - har tomonlama tejamkorlikka ega; - albatta asosiysi - o'qitishda, masofa tanlamaydi; - talabalarning o'rganishi uchun qulay, oson va sodda; - qayta o'zlashtirish, takrorlash, vaqtga moslash imkoniyati mavjud; - keyinchalik ish joyida zamonaviy texnologiyalarda tadbiq etish uchun mos; -o'quv materialini zamon talabiga binoan tez va doimiy o'zgartirish imkoniyati mavjud. Shu bilan birga kelajak uchun muammo bo'lmagan kamchiliklari ham mavjud; - albatta foydalanishda zarur kompyuter va texnika qurollari mavjud bo'lishi; - kerakli texnologiyalardan foydalanishda etarli ko'nikmaga ega bo'lish; - texnik ko'rsatkichlarga tobeligi. Masofaviy ta'lim quyidagi model bo'yicha bajariladi. Bu modelda ko'rsatilgan, yuqoridagi 3 ta bo'limdan 1 tasi bo'lmasa ham masofaviy ta'lim bajarilmaydi, albatta 3 ta bo'lim bo'lishi zarur va murojaat ham ko'rsatilgan yo'nalishlr bo'yicha bajarilishi lozim. Masofadan o'qitishni naafaqat ta'lim sohasida, balki kundalik turmushimizning barcha sohalarida ham qo'llash mumkin va yaxshi natijalar beradi: - bank va moliya sohasida - turli ma'lumot olish, almashish; - huquqni muhofaza qilish organlarida - tezda ma'lumot almashish; - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.2 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.2 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga