TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MATEMETIKA VA INFORMATIKA TA'LIM YO'NALISHI 3-KURS 305-GURUX TALABASI XO'JAMOVA SHOHISTANING MASOFALI TA'LIM TEXNOLOGIYALARI FANIDAN MUSTAQIL TA'LIM TAQDIMOTI Mavzu: Masofali o'qitishni tashkil etish 2 3 Bugungi kunda taraqqiyot juda tеz rivojlanmoqda va o'zgarmoqda. Dеyarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o'zgarishlar, yangilanishlar va kutilmagan voqеa hodisalar sodir bo'lmoqda. Har bir kunimiz kuchli yangilik oqimi ostida kеchmoqda. Axborot oqimi bizni har joyda, uyda, ishxona va hattoki ta'tilda ham ta'qib etadi. Inson axborot ta'siridan holi normal faoliyat yurita olmaydi. Hayotni anglash, uni o'rganish axborotlarni yig'ish va o'zlashtirish orqali kеchadi. Insonning bilimlilik darajasi ham ma'lum davr ichida shaxs tomonidan o'zlashtirilgan axborotlarning ko'p yoki ozligi bilan bеlgilanadi. Masofadan turib yoki odatdagidek sinfxonalarida ta'lim olish - bu ko'plab abituriyentlarni qiynayotgan savol. Ko'pincha o'quvchilar masofaviy ta'lim olishni tanlashdan qo'rqishadi, chunki ular ushbu ta'lim usulining ijobiy va salbiy tomonlariga aniqlik kiritmaydilar. Agar siz shu tartibda bilim olishni xohlasangiz, masofaviy bilim olishning afzalliklari va kamchiliklarini tushunib olishingiz lozim. Masofali o'qitishda darsni tushunmaganlarga o'qituvchi alohida tushuntirib o'tirmaydi. Talaba ixtiyoriy vaqtda elektron pochta yoki on-line tartibida o'qituvchi bilan bog'lanishi va unga ixtiyoriy mavzuga oid savol berishi, ixtiyoriy materialni tushuntirib berishni so'rashi mumkin bo'ladi. Masofali o'qiyotganda baholash mezoni ancha haqqoniy bo'ladi. CHunki, o'qituvchining talabaga nisbatan shaxsiy simpatiyasi yoki antipatiyasi paydo bo'lmaydi. SHuningdek, masofali o'qitish an'anaviy o'qitishga qaraganda anchagina arzonroqdir. Masofali talabalar o'quv xonalarini egallamaydilar, partalarga matematik formulalarni o'yib yozmaydilar, kompyuterning sinqonchasi joyida turadi va shu bilan bir qatorda, ular ko'p vaqt mustaqil ishlaydilar. 6 Jahon tajribasi masofali o'qitishning bunday uslubiyotida talaba va o'qituvchilarning yakkama-yakka aloqasi boshqa o'qitish shakllariga nisbatan ancha ko'proq va samaraliroq bo'lishini ko'rsatyapti. Misol uchun IBM kompaniyasi menejerlar tayyorlash bo'yicha olti xaftalik kurslarni quyidagi nisbatda tashkil etishmoqda: 75% masofali, 25 % an'anaviy tarzda. Tashkil etilgan kurs $24 million pul mablag'ini tejadi, bir kunlik o'qitish harajati uch martaga kamayganligini - $ 400 dan $135 ga tushganini, shu bilan birga o'quv materiallar 5 martaga ko'payganligini e'tirof etish kerak Nima uchun respublikamizda MO' shaklidan foydalanish sekin rivojlanmoqda? Bu quyidagi oltita: psixologik (ta'lim muassasasi rahbariyati va o'qituvchilarning inertligi - eng asosiy muammodan); gnoseologik (MO' yoki e-o'qitish ta'limni, o'rgatishni sifat jihatidan yaxshilashi yoki o'qitish ko'rsatkichlarini sanoq sifatidan ko'paytirish hech kim tomonidan isbotlamaganligi); uslubiy (turli ta'lim texnologiyalarida MO'ni qo'llash uslubiyotining yo'qligi); ishlab chiqarish (o'qituvchilarning asosiy qismi o'qitilmagan, ematerialni, kursni yaratishni bilmasligi); texnik (texnik baza va internet tezligining kuchsizligi, dasturiy vositalarning mavjud emasligi); huquqiy (me'yoriy, qonuniy, huquqiy hujjatlar bazasining etarli emasligi) kabi asosiy sabablariga ega. 7 Hozirgi paytda masofali o'qitishda qo'yidagi asosiy metodlar keng ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.91 MB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.91 MB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:21 ]
Arxiv ichida: pptx