Masofaviy o'qitish

Masofaviy o'qitish

O'quvchilarga / Pedagogika
Masofaviy o'qitish - rasmi

Material tavsifi

MASOFAVIY O'QITISH Reja: Masofaviy o'qitishning dolzarbligi Masofaviy o'qitishning didaktik tizimi Masofaviy o'qitishning tamoyillari Ilmiy texnik taraqqiyotning xususiyatlari mustaqil ishlash ko'nikma va malakalarini shakllantirish va uzluksiz, ijodiy bilimlarni egallashni talab qiladi va bu istiqbolli, zamonaviy o'quv tizimlari uchun qo'yiladigan talablardan biridir. YuNESKO Ta'limni axborotlashtirish instituti mutaxassislarning fikricha, ta'lim jarayonini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlaridan biri dunyo aholisiga axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, masofaviy o'qitish va mustaqil o'qish imkoniyatlaridan keng foydalanish ta'minotini yaratishdir. Masofaviy o'qitish - bu masofadan turib o'qitishdir, ya'ni o'quv mashg'ulotlarining barchasi yoki ko'p qismi telekommunikatsion va zamonaviy axborotlashtirish texnologiyalari asosida olib boriladi. Masofaviy o'qitish - ilmiy-texnikaviy taraqqiyot davrning mahsulidir va ayni vaqtda uning rivojlanish katalizatori hamdir. Masofaviy o'qitishning afzalliklari: O'qitishning an'anaviy usullaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lmagan, bu jarayon imkoniyatlarining chegaralanganligi tufayli o'qish va ishlashni birgalikda amalga oshira olmaydiganlar uchun; Turg'un sharoitda o'qish imkoniyatlariga ega bo'lmagan, imkoniyatlari tibbiy shart-sharoitlar tufayli chegaralanganlar uchun; O'qituvchilar va boshqa soha mutaxassislarining qayta tayyorlash va malakasini oshirishda; Chet el o'quv muassasalarida ta'lim olshni istaydiganlar uchun; Ikkinchi mutaxassislikni egallashni istaydiganlar uchun juda dolzarb. Masofaviy o'qitishning didaktik tizimi Masofaviy o'qitishning didaktik tizimi quyidagilarni o'z ichiga oladi: O'qitish maqsadi davlat ta'lim standartlari asosida shakllantirilib, bilim, ko'nikma va malakalar hamda shaxsiy fazilatlar tizimini o'z ichiga oladi Ta'lim oluvchilar. Masofaviy o'qitish tizimida ta'lim oluvchilarning nomlanishi hali aniqlanmagan. Ba'zan ularni tinglovchilar deb ataydilar. Masofaviy o'qitish tizimi ta'lim oluvchilarning yetarli tayyorgarligini va ish o'rinlarining texnik ta'minotini talab etadi. O'qitish metodlari o'qitish maqsadiga erishish uchun ta'lim oluvchilarning faoliyatini tashkil etish va boshqarish, o'qituvchi va o'quvchi munosabatlari haqida nazariy tushuncha beruvchi didaktik kategoriya tushuniladi. O'qitish shakllari : ma'ruzalar, seminarlar, labaratoriya mashg'ulotlari, kurs ishlari, sinovlar, imtihonlar, maslahatlar, mustaqil ish. Masofaviy o'qitish tizimining didaktik tizimini izchillik bilan tashkil etish zamon talablariga mos mutaxassislarni tayyorlashga imkon yaratadi. Masofaviy o'qitishning tamoyillari Interfaollik tamoyili. Tinglovchi va o'qituvchi o'rtasidagi aloqasini ta'minlab qolmay, balki tinglovchilar o'rtasidagi aloqani ham ta'minlaydi. Boshlang'ich bilimlar tamoyili; Individuallik tamoyili; Identifikatsion tamoyil; O'qitish reglamenti tyamoyili o'quv jadvalining qat'iy rejalashtirilishi va rejalashtirilgan jadvalning nazorati bilan belgilanadi; Yangi axborot texnologiya vositalarini qo'llashning pedagogik maqsadliligi tamoyili; Ta'limning oshkoralik va o'zgaruvchanligini ta'minlash tamoyili kabilar. Xulosa Masofaviy o'qitish tizimining istiqbolligi shundaki, bu tizim shaxsning eng asosiy huquqlaridan biri - ta'lim olish huquqini amalga oshirishni ta'minlaydi. Masofaviy o'qitish tizimining maqsadga muvofiqligini baholashda, albatta uning ijtimoiy samaradorligini e'tiborga olish lozim. E'TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT! ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 200.61 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:21 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 200.61 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga