Masofaviy ta'lim imkoniyatlarini o'rganish, chet tillarini masofaviy o'qitishda interfaol usullardan foydalanish

Masofaviy ta'lim imkoniyatlarini o'rganish, chet tillarini masofaviy o'qitishda interfaol usullardan foydalanish

O'quvchilarga / Pedagogika
Masofaviy ta'lim imkoniyatlarini o'rganish, chet tillarini masofaviy o'qitishda interfaol usullardan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Mundarija Kirish ……3 I. BOB. Ta'limdagi zamonaviy texnologiyalar va masofaviy ta'lim……8 1.1. Masofaviy ta'lim tushunchasi. Masofaviy o'qitish jarayonining o'ziga xos tomonlari va afzalliklari…….8 1.2. O'zbekiston hududida masofali ta'limni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari…….20 II. BOB. Til o'rgatishda masofaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish va unda yuzaga keladigan interfaollik muammosi…….26 2.1. Chet tillarini o'qitishda zamonaviy texnologiyalarning o'rni……26 2.2. Interfaol ta'lim tushunchasi. Chet tili darslarida interfaol usullardan foydalanish samaralari…….33 2.3. Chet tillarini masofaviy o'qitishda interfaol usullardan foydalanish va unda yuzaga keladigan muammolar……40 Xulosa…….48 Summary…….52 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati…….55 Kirish « Har qaysi insonda muayyan darajada intellektual salohiyat mavjud. Agar shu ichki quvvatning to'liq yuzaga chiqishi uchun zarur bo'lgan barcha shart - sharoitlar yaratilsa, tafakkur har xil qotib qolgan eski tushuncha va aqidalardan xalos bo'ladi va har qaysi inson Alloh taolo ato etgan noyob qobiliyat va iste'dodini avvalo o'zi uchun, oilasi, millati va xalqining, davlatining faravonligi, baxt - saodati, manfaati uchun to'liq bahshida etsa, bunday jamiyat shu qadar to'liq taraqqiyotga erishadiki, uning sur'at va samarasini hatto tasavvur qilish ham oson emas.» Islom Karimov. XX - asr boshidan beri fan va texnikaning deyarli barcha sohalarida juda ko'p kashfiyot va ixtirolar qilindi. Ilm - fan jamiyatimizning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanib bormoqda. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi bo'lgan ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo'lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, unda ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish va ta'lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Mustaqillikka erishganimizdan keyin mamlakatimizda ta'lim sohasiga juda katta e'tibor berildi, xususan chet tillarini o'rgatishga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi qonunini hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarni o'qitishning kompleks tizimi, ya'ni uyg'un kamol topgan, o'qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, Respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo'naltirilgan tizim yaratildi. Bugungi kunda xorijiy tilni bilish o'ta muhim ahamiyat kasb etganligi bois chet tili o'qitish tizimini ham isloh etish, dars jarayonlarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o'qitishning ilg'or usullarini qo'llash ta'limdagi dolzarb masalalardan biriga aylandi. Zero, Prezidentimiz tomonidan 2012 yil 10 dekabrda e'lon qilingan Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida gi Qarori chet tili ta'limini rivojlantirish, o'sib kelayotgan yosh avlodni zamon talablariga mos yetuk mutaxassis etib tayyorlash kabi ezgu maqsadlarga yo'naltirilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida 51,7 ming nafardan ziyod chet tillar o'qituvchilari tayyorlandi, umumta'lim maktablarining 5-9 sinflari uchun ingliz, nemis va fransuz tillari bo'yicha multimedia darsliklari, boshlang'ich sinflarda ingliz tilini o'rganish bo'yicha elektron ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 57.43 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 57.43 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga