Masofaviy ta'lim texnologiyasi Reja: 1.Masofaviy ta'lim haqida tushuncha. 2.Ta'limdagi zamonaviy texnologiyalar va masofaviy ta'lim. 3.Masofaviy o'qitishning metodologik asoslari. 4.Masofaviy o'qitish jarayonining o'ziga xosliklari. 5.Masofaviy o'qitishning metod va vositalari. Asosiy tushunchalar: masofaviy ta'lim, subyekt, obyekt, o'quv- moddiy,finans-iqtisodiy, normativ-huquqiy asoslar,marketing, internet, uslubiy vositalar, darslikdagi, elektron kutubxona, elektron darslik, vidiokonferentsiya, veb-saytlar, matnlar va b. Hozirgi zamon ta'lim tizimida masofaviy o'qitish ta'limning qulay turi sifatida kirib keladi. Masofaviy ta'lim ma'lumot olishning shunday shaklidirki unda kunduzgi va sirtqi ta'lim bilan bir qatorda ma'lumot jarayonida ta'limning kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan afzal an'anaviy va innovatsion metod, vosita va shakllaridan keng foydalaniladi. Masofaviy ta'limning tarkibiy qisimlari quydagilar: O'qituvchi , o'quvchi va kommunikatsiya. Masofaviy ta'lim vositasida o'quvchi uchun qulay bo'lgan joyda individual jadval asosida maxsus imkoniyatlar,telefon,elektron aloqa va boshqa ta'lim vositalari yordamida bir maqsadga qaratilgan nazorat qilish mumkin bo'lgan ta'lim jarayoni tashkil etiladi. Masofaviy ta'limda ma'lum maqsad asosida ta'lim subyekti va obyektining ta'lim vositalari yordamidagi o'zaro ta'siri amalga oshadi. Ma'lumot jarayoni o'ziga hos pedagogik tizim elementlarini o'z ichiga oladi, bular: ta'lim maqsadi,ta'lim mazmuni,ta'lim metodlari va vositalari ta'limning tashkiliy shakllari,nazorat qilish,o'quv- moddiy,finans-iqtisodiy, normativ-huquqiy asoslar,marketing kabilar. Masofaviy ta'lim tizimi insonparvarlik prinsipiga asoslanadi. Ya'ni hech kim kambag'allik,geografik muammolar ijtimoiy himoyalanganlik va boshqa sabablar tufayli bilim olish huquqidan mahrum bo'lmasligi lozim. Masofaviy o'qitishda o'qituvchi talabaga o'quv materialini Internet tizimi orqali yuboriladi. Ushbu kurs bo'yicha ta'lim olishni istagan o'quvchilar veb saytga murojaat qilib, nazariy bilimlarni oladilar, amaliy topshiriqlarni bajaradilar va o'qituvchiga javobni elektron pochta (e-mail) orqali jo'natadilar. O'qituvchi o'quvchi tomonidan bajarilgan topshiriqni tekshirib, javoni yana elektron pochta orqali o'quvchiga yuboradi. Zarur bo'lsa kerakli ko'rsatmalar beradi O'quv jarayonida o'quvchi darslikdagi, elektron kutubxona va elektron darsliklardan, vidiokonferentsiyalardan foydalanadi. Masofada o'qitish bu mustaqil o'qishdir. Mustaqil o'qish davrida o'quvchida mustaqil fikrlash, o'z-o'zini nazorat qilish va boshqarish qobiliyatlari rivojlanadi. Masofadan o'qitishda o'quvchi berilgan dasturni qanchalik tez o'zlashtirsa, shunchalik tez o'qishini tugatadi va o'qitishni tugatganligi to'g'risida sertifikat oldi. Masofadan o'qitishning uslubiy vositalari quyidagilar: A) darslik, B) audio va vidiodarsliklar, V) veb-saytlar, G) elektron kutubxonalar, D) matnlar, Ye) elektron darsliklar. Albatta foydalanuvchi ihtiyorida masofadan ta'lim olishda multimediyali kompyuter, modem va telefon orqali mavjud bo'lishi kerak. XXI asrda masofaviy ta'lim eng istiqbolli insonparvar ta'lim va ta'limning integral shakli sifatida ta'lim tizimiga kirib kelmoqda. XXI asr ta'lim jarayoniga global texnologiyaning kirib kelishi bilan ham xarakterlanadi. Chunki bozor iqtisodiyoti talablari o'z-o'zidan ta'lim jarayonini dunyo standartlari darajasida takomillashtirishni taqozo etadi. Hozirgi kunda masofadan o'qitish dunyoning ko'pgina rivojlangan mamlakatlarida keng tarqalgan va qulay ta'lim shakli sifatida rivojlanmoqda. Masalan, Finlandiya-ning Oulu universitetida, Buyuk Britaniyaning London Metropolitan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.44 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.44 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:21 ]
Arxiv ichida: doc