MASOFAVIY TA'LIM VA UNING AHAMIYATI REJA: Masofaviy ta'lim tushunchasi. Masofaviy ta'limning shakllanishi va rivojlanish tarixi. Imkoniyatlari va afzalliklari. An'anaviy va masofaviy ta'lim. Masofaviy ta'limda axborot texnologiyalarining o'rni. Masofadan axborot tarqatish vositalarining bir yoqlamalilik xususiyatiga aloqa va axborot uzatish tizimlarining paydo bo'lishi, jumladan, telegraf, telefon, televideniye kabi axborot uzatuvchi va qabul qiluvchi o'rtasida muloqot qilish imkonini beruvchi vositalarning shakllanishi va ommalashishi bilan bardam berib borildi. Bu davrga kelib axborot real vaqtda, ko'pchilikka va ko'p xuududga tezkor etkazilishi bilan birga, qabul qiluvchi tomonidan axborotga munosabat bildirilib, javob axborotini uzatish mumkin edi. Ovozli va tasvirli axborotlarni uzatishga asoslangan translyasiyali ta'lim shakli bo'yicha masofali o'qitish tizimi o'tgan asrning 60-70 yillarida Yevropada jadal rivojlanish oldi. Aynan shu davrga kelib ochiq ta'lim tizimi vujudga kelib, Ispaniya masofaviy ta'lim milliy universiteti, Britaniya ochiq universiteti, Xagen ochiq universiteti (Germaniya) kabi muassasalar faoliyati yo'lga qo'yildi. Kompyuterli o'qitish metodikasining boshqa bir muhim xususiyati o'qitish jarayonining barcha bosqichlari, jumladan, yangi o'quv materiallarini tushuntirish, takrorlash, umumlashtirish, talaba (tinglovchi) larning fan bo'yicha erishgan bilim, ko'nikma va malakalarini tekshirishda namoyon bo'ladi. Bunday jarayonlarda kompyuter talaba (tinglovchi) uchun turli vazifalar, xususan, pedagogik, ta'lim vositasi, ta'lim obyekti, o'zaro muloqot hamkori kabi funksiyalarni bajaradi. Shu bilan birga bilimlarni baholash va ularning tegishli standart va talablarga mosligi monitoringini tashkil etishdagi afzalliklari uning o'qitish tizimiga keng joriy etilishiga sabab bo'ldi. Aloqa tizimlari va kompyuter texnikasining integratsiyalashuvi insoniyat tomonidan axborotlarni izlash, to'plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari va vositalari hisoblangan axborot texnologiyalari imkoniyatlarining yuqori cho'qqiga chiqishiga olib keldi. Bunda kompyuterning lokal tarmoqlari, keyinchalik mintaqaviy hamda global (xalqaro) tarmoqlar, ular ishini ta'minlovchi tarmoq qurilmalarining yaratilishi, katta hajmdagi axborotlarni qabul qilish, uzatish, saqlash va talab qilingan axborotni tez izlab topish kabi vazifalarni bajarish uchun mo'ljallangan axborot tizimlarining yo'lga qo'yilishi ahamiyatlidir. Ayniqsa, dunyo bo'ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmui hisoblangan internet (xalqaro axborot tarmog'i) va uning tarkibiy qismi hisoblangan, tasviriy va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning imkonini beruvchi World Wide Web (WW) bugungi kunda axborot almashishning asosiy vositasi hisoblanadi. Aloqa tizimlari va kompyuter texnikasining integratsiyalashuvi, kommunikatsiya tizimlarining rivojlanishi, internet imkoniyatlari axborotni real vaqtda ko'pchilikka va ko'p hududga qulay yetkazish, saqlash, raqamli ovoz, tasvir, yozuv axborotlarini qayta ishlash, yetkazish bilan birga qayta aloqani amalga oshirish, virtual muloqotni hosil qilishdagi texnik va texnologik yechimlar orqali masofaviy o'qitishni yangi bosqichdagi pedagogik tizim darajasiga etishiga sabab bo'ldi. Birlamchi. Bu shaklda kunduzgi bo'limda bevosita mashg'ulot o'tkazish shart emas, barcha o'qitish ma'lum masofada tashkil etiladi. Lekin ta'lim oluvchilar unga biriktirilgan o'qituvchilar ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
703.93 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
703.93 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:21 ]
Arxiv ichida: pptx