Masofaviy ta'lim O'quvchining ta'lim muassasasi va o'qituvchidan ma'lum masofada turib mustaqil o'qish jarayoni Talaba va o'qituvchi orasida masofa va vaqt deganda nima tushuniladi Buning ma'nosi nima (Bu nima degani)? Geografik jihatdan uzoqligi nosinxronlik: bir-biri bilan har xil, har birining o'ziga qulay bo'lgan vaqtda muloqot qila oladilar. Ya'ni o'qituvchidan fazo va (yoki) vaqt nuqtai nazaridan masofa bilan ajralgan, ammo shu bilan birga ixtiyoriy ravishda telekommunikastiya vositalari yordamida muloqot qilish imkoniyatlariga ega bo'ladilar. Muloqot on-line hamda off-line tarzida amalga oshirilishi mumkin Bu nima degani va ularning orasida nima farq bor? on-line sinxron ravishda - telekonferenstaloqa, video konferenstiya (qimmatbaoho), telefon orqali hozirgi vaqtning o'zida muloqot qila olish. Sinxron usuli o'qituvchi va talabalarning bir vaqtning o'zida qatnashib, muloqotning shu vaqtning ichida olib borilishini taqozo etadi. Bu usulda ma'lumot eltish vositalari, ya'ni interaktiv televideniye va videokonferenstiyadan foydalaniladi. off- line nosinxron - elektron pochta. Nosinxron usullar, sinxron usulidan farqli o'laroq, moslashuvchanlik bilan ajralib turadi hamda talabalarga kurs materialini o'zlashtirish uchun o'zlari uchun qulay bo'lgan vaqtni tanlash imkonini beradi. Nosinxron muloqot usullaridan foydalanuvchi dasturlar internet, elektron pochta, videokasetalar va oddiy pochta vositalaridan foydalanishni taqozo etadi. Masofaviy ta'lim - mutlaqo yangi narsa emas - sirtqi ta'lim hamda televizion o'quv dasturlari ilgaridan mavjud bo'lgan. Masofaviy ta'lim azaldan mavjud bo'lib kelgan. Axborot texnologiyalari va internet tarmoqlari rivojlanishidan ilgarigi davrda u asosan sirtqi ta'lim ko'rinishida oliy o'quv yurtlarida tarkib topgan. Bunda talabalarga o'quv materiallarni eltib berish uchun oddiy pochta xizmatidan foydalanilgan. Zamonaviy MT axborot-kommunikastiya texnologiyalariga asoslangan: Ikki omil masofaviy ta'limni o'zgartirib, uni dunyoda haqiqiy samarali vositaga aylantirdilar: Personal kompyuterlarning keng tarqalishi Internet tarmog'ining rivojlanishi Kompyuter texnologiyalarini masofaviy ta'limda qo'llash quyidagi imkoniyatlarni yaratdi: O'quv jarayonida Rich-media vositalarini (video, audio, animastiya, foydalanuvchi bilan muloqot) qo'llash Testlash va natijalarni tahlil qilishning qo'shimcha imkoniyatlari O'quv jarayonini nazorat qilish O'qituvchi bilan on-line hamda off- line tarzda muloqot qilish O'qitish jarayoni talabaning mustaqil bilim olish faoliyatiga qurilgan Talabaning mustaqil o'rganish tamoyili Talabaning mustaqil ishi Talabaning bilim olish (o'rganish) faoliyati aktiv tarzda, ya'ni faol tarzda bo'lishi kerak Faol ishtirok ichki ishtiyoq (yoki motivastiya), ya'ni o'qishga bo'lgan intilishi bilan aniqlanadi. Talabaning yuqori darajadagi ishtiyoqi (yoki motivastiyasi). Masofaviy ta'lim shaxsga yo'naltirilgan bo'lishi shart. Ushbu tamoyil masofaviy ta'limning individuallik ko'rinishini belgilaydi. Shaxsga yo'naltirilgan o'qitish tushunchasi o'qitishni differenstiallangan (ajralgan holda) hamda individuallashtirilgan, ya'ni o'quvchining psixologik-pedagogik xususiyatlariga mos ravishda, har kimning o'ziga moslashtirilgan holda olib borishni taqozo qiladi. O'quv jarayonida talaba rolining muhimligi; Talabani qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish; Tyutorlik O'qituvchining yangicha roli: qo'shimcha vazifalar yuklanadi: O'quv jarayoning muvofiqlashtirish, O'qitilayotgan fanni korrektirovka qilish, Individual (shaxsiy) o'quv ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.75 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.75 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:21 ]
Arxiv ichida: doc