Matematik ta'limni isloh qilish bo'yicha harakatlar o'tmishda va hozirda

Matematik ta'limni isloh qilish bo'yicha harakatlar o'tmishda va hozirda

O'quvchilarga / Pedagogika
Matematik ta'limni isloh qilish bo'yicha harakatlar o'tmishda va hozirda - rasmi

Material tavsifi

Matеmatik ta'limni isloh qilish bo'yicha harakatlar o'tmishda va hozirda Matematika va informatika metodikasini o'zgarishi lokal yoki umumiy bo'lishi mumkin:Programmadan u yoki bu savolni olib tashlanishi; terminalogiyalardagi o'zgarish; ilg'or tajribalarni joriy qilinishi; programmaga yangi bo'lim yoki mavzuni qo'shilishi; u yoki bu bo'limni o'qitish aktsentini o'zgarishi ba nihoyat o'qitishni asosiy mazmuni, formasi va metodlarini o'zgarishi. Ana'naviy matematik ta'limning Halqaro sistemasi bir asr mobaynida, XX asr boshlariga kelib to'la shakllandi.Bu sistemani paydo bo'lishi sabablari quyidagicha asoslanadi: O'sha vaqtlarda butun dunyoda 2-xil tipdagi -1)Xalq(boshlang'ich) 2) Imtiyozli(o'rta) maktablar ishlardi. Ulardagi o'qish muddati, matematik ta'limning mazmuni va o'qitish metodlari orasidagi bog'lanish yoqligi va katta tafovutlar. Ana'naviy matematik ta'limning ushbu kamchiliklari butun dunyoning progressive pedagogic jamiyatlari tomonidan ta'kidlandi. XIX asrda matematik ta'limni isloh qilish bo'yicha harakatlar boshlandi . Masalan:Harbiy pedagog V.N Shklarevich 1865-yilda Pedagogik to'plam jurnalining may oyi nomerida asosiy g'oyasi maktab matematik ta'limni isloh qilishning asosiy yollari bayon qilinganBoshlang'ich matematika o'qitish metodikasi haqida ba'zi tasavvurlar nomli maqolasini e'lon qildi. 1899-yildan Halqaro Matematik ta'lim jurnali nashr qilina boshlandi. Rimda1908-yili IV Halqaro matematiklar kongressi bo'ldi. Unda mashhur pedagog-matematik F. Kleyn(1849-1925) boshchiligida matematik ta'limni isloh qilish bo'yicha komissiya tuzilib, bir qancha ko'rsatmalar ishlab chiqildi. Matematika metodikasini progressive rivojlanishini ta'minlovchi I va II Butunrossiya matematik o'qituvchilari s'ezdi Rossiyada 1911-1912 va 1913-1914 yillarda bo'ldi. Ikkita jahon urushi tufayli matematik ta'limni isloh qilishga e'tibor ancha susaydi. Sobiq Ittifoq davrida matematik ta'limni isloh qilish va yangi programmaga o'tish A.N.Kolmogorov va A. I. Markushevich rahbarligida 1964-yildan boshlandi. 196970-o'quv yilidan matematika yangi programma bo'icha o'qitila boshlandi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach maktab ta'limiga juda ham katta e'tibor berildi. Jumladan 1997 yil 29 avgust kuni O'zbekiston oliy majlisining IX sessiyasida ta'lim to'g'risidagi qonunga asoslagan kadrlar tayyorlash milliy dastiiri qabul qilindi. Bu qbul qilingan qonunga ko'ra uzluksiz ta'lim tizimining faoliyati davlat ta'lim standartlari asosida, o'z ichiga quyidagi ta'lim turlarini oladi. Maktabgacha ta'lim, boshlang'ich ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'lim. Kadrlar tayyorlash milliy modelining o'ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to'qqiz yillik umumiy o'rta ta'lim hamda uch yillik o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini joriy etishdan iboratdir.Bu esa umumiy ta'lim dasturlaridan o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi dasturlariga izchil o'tilishini ta'minlaydi. Umumiy ta'lim dasturlari: maktabgacha ta'lim, boshlang'ich ta'lim (I-IV sinflar), umumiy o'rta ta'lim (V-IX sinflar), o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limini qamrab oladi. Maktabgacha ta'lim bola sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllariishini ta'minlaydi, unda o'qishga intilish xissini uyg'otadi, uni muntazam bilim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta'lim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.88 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.88 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga