I Bob. Matematik tasavurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi xususiy masalalari 1.1. 3-4 yoshdagi bolalarda narsalarning shaklini idrok qilish xususiyatlari yoshdagi bolalarni buyumlarning shakli, katta-kichikligi va rangi bilan tanishtirish hamda ularda bu hossalarni to'g'ri idrok qilish ko'nikmalarini rivojlantirish masalasi sensor tarbiya sohasiga kiradi. Bu tarbiya qanchalik to'g'ri hal qilinsa, bolalarning faqat aqliy tarbiyasigina emas, balki estetik, jismoniy va hatto axloqiy tarbiyasi ham shunchalik muvofaqiyatli bo'ladi, ya'ni bolalar umuman samarali rivojlanib boradi. Masalan, bir yarim yashar bola ariqning kengligini chamalab ko'rib, uning ustidan hatlab o'ta oladimi; ikki yoshli bola besh bo'lakdan iborat martyoshkani to'g'ri yig'a oladimi; maktabgacha tarbiya yoshdagi bola shakli va barglariga qarab ikki xil gulni bir-biridan farqlay oladimi, bu gullarning shakli va rangini chizayotgan rasmida aks ettira oladimi - bularning hammasi ma'lum darajada bolaning idrok qilishining qanchalik rivojlanganiga bog'liq bo'ladi. Bola ikki-uch yoshida, - deb yozadi L.A.Venger - o'zining sensor rivojlanishida muhim qadam qo'yishi lozim, ya'ni bu buyumlar o'rtasida, ularning shakli, katta-kichikligi, bo'shliqdagi holati, rangi va boshqa xossalari bo'yicha mavjud bo'lgan munosabatlarni (bir xil va har xil, katta va kichik munosabatlarni) belgilab chiqishni o'rganishi kerak. Shakllarni to'g'ri idrok qila olish, mo'ljallay bilish qobiliyati amaliy faoliyatning ko'pgina turlarida, ayniqsa, ikki-uch yoshli bolalarning asosiy faoliyati - narsalarga oid faoliyatida juda ish beradi. O'z navbatida faqat narsaga oid faoliyatgina bir yoki ikki narsaning qismlarini birga qo'yish (masalan, qutichani o'z shakliga mos qopqoq bilan berkitish yoki matryoshkaning har ikki bo'lagini to'g'ri tanlash), ikki narsani shakli, katta-kichikligiga qarab bir-biriga taqqoslash kabi amaliy vazifalarni o'rtaga qo'yish bilan sensor harakatlarni rivojlantirish uchun qulay shart- sharoit yaratadi. Narsalarni har tomonlama tekshirish, hisobga olish va shakliga qarab solishtirishni bilmaydigan bola bunday amaliy vazifalarni hal qila olmaydi. Bundan 300 yil muqaddam buyuk chex pedagogi Yan Amos Ko'menskiy bolalarga ta'lim va tarbiya berishni ilk yoshdan boshlash kerakligi haqida gapirib, kishida narsalarni his qilish qobiliyatini iloji boricha ertaroq shakllantirish zarur, chunki butun hayoti mobaynida uning ko'p narsalarni bilib olishi, sinab ko'rishi va bajarishiga to'g'ri keladi, deb yozgan edi. Y.A. Komenskiy bolalarning sensor tarbiyasini to'g'ri tashkil etishga katta e'tibor berib, ularni 1-2 yoshidanoq voqealikdagi xilma-xil rangdagi buyumlarni bir-biridan ajrata bilishga mashq qildirishni taklif etgan edi. U Ona maktabi nomli asarida katta yoshdagi kishilarga eng kichik bolalarni tarbiyalashda ularning e'tiborini osmon gumbazi, daraxtlar, gullar go'zalligiga jalb qilish va chiroyli kiyimlar qiyintirishni maslahat bergan edi. Aytilgan narsalarni faqat rasmlardagina emas, balki real voqelikda ham ko'rsatish juda foydalidir, - deb tavsiya qilgan edi Komenskiy. Sensor tarbiya yuzasidan olib borilgan ish ilk yoshdagi bolalarda narsalar bilan bo'ladigan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.58 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:21
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.58 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:21 ]
Arxiv ichida: docx