Matematika darslarini tashkil etish va diagnostik tahlil qilish

Matematika darslarini tashkil etish va diagnostik tahlil qilish

O'quvchilarga / Pedagogika
Matematika darslarini tashkil etish va diagnostik tahlil qilish - rasmi

Material tavsifi

Matematika darslarini tashkil etish va diagnostik tahlil qilish Reja: 1. Matematika o'qitishning tashkiliy shakli-dars.Dars bosqichlari. 2. boshlang'ich sinflarda algebraik teriallar.Matematik ifodalarni kiritish. 3. Matematik nutqni rivojlantirish. 4. Murakkab ifodalarni tuzishni kiritish. 5. Amallarni bajarish tartibini kiritish. 6. Kavslarni kiritish. 7. o'zgaruvchili ifodalarni kiritish. 8. Xarfiy ifodani kiritish. 9. Ulushlar tushunchasini kiritish. boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishning tashkiliy shakllari dars, uy vazifalarini mustaqil bajarish, o'quvchilarning yakka tartibda va guruh bo'lib ishlashlari, sayohatlardan iborat bo'ladi. Maktabda o'qitishning asosiy shakli dars hisoblanadi. Ayrim darslarni o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish uchun oldin uning urn iva ahamiyatini to'g'ri belgilash zarur. Buning uchun avvalo mavzular bo'yicha o'quv dasturini o'rganish kerak. Doimo dasturlardagi, darsliklardagi va ayrim mavzulardagi o'zgarishlarni kuzatib urganib borilsagina xar bir alohida darsga reja tuzishda kiynalinmaydi. Darslar rejasi darsning samarali bo'lishini, xar bir o'quvchining bilimida oldinga siljish bo'lishini ta'minlashi darkor. o'qituvchi rejani o'z iva o'quvchilari uchun moslashtirishi lozim.Kaysi darsda vaqtni tejash, kaysi darsda qo'shimcha vaqt ajratish kerak, kaysi darsda qanday ko'rsatmali qurollardan foydalanish lozim, fanlararo aloqa qanday urnatiladi, utilgan materialni takrorlash va Yangi materialni bayon qilish tizimi kay tarzda olib boriladi kabi masalalarni xal qilishi zarur. Yangi mavzu bo'yicha reja o'qituvchining o'quvchilari bilan aniq ishini aks ettirishi lozim. Xar bir dars asosan quyidagi bosqichlardan iborat bo'ladi: boshlang'ich sinflarda algebra materiali mustaqil bo'lim sifatida urganilmaydi, balki arifmetikani o'rganish masalalari bilan uzviy boglangandir. o'quvchilar boshlang'ich sinflarda matematik ifodalar sonli tengliklar va tenglamalar haqida boshlang'ich ma'lumotlar olishlari zarur.Xarfiy simvolika, o'zgaruvchi bilan tanishishlari, eng sodda tenglama va tengsizliklarni yechishni o'rganishlari zarur. Sonlar va ular ustidagi amallarni belgilaydigan matematik simvollarning malum qoidalar bo'yicha tuzilgan ketma-ketligi matematik ifoda deb ataladi. 12+4, 8-6, 5x4-2, (37-24)+5+3 va x.k. ko'rinishdagi yozuvlar sonli ifodalardir. a-v, 12+s, v(25-v):5 kabi ko'rinishdagi yozuvlar esa o'zgaruvchili ifodalardir. Biz o'quvchilarni boshlang'ich sinflarda yuqoridagilarga uxshagan ifodalarni yozishga, o'qishga o'rgatishimiz, amallarni bajarish tartibi qoidalari bilan tanishtirishimiz lozim. 3+2 ifodani olaylik. Bu ifodaning qiymati 5 ga teng. Buni o'rgatishda bazi o'qituvchilarning «qo'shishda sonlarning nomlarini aytib ber!»,- degan savoliga o'quvchi 1- kushiluvchi 3, 2- kushiluvchi2, yig'indi 5 deb javob beradi. Ammo bu yerda 3 va 2 sonlar, 5 yig'indi esa amal natijasidir. Shuning uchun o'qituvchi savolni 2 ga ajratib berishi kerak: qo'shishda sonlar qanday ataladi? qo'shish natijasi qanday ataladi? Bu bilan biz o'quvchi ongida «Ifoda» va «Ifodaning qiymati» tushunchalarini bir-biridan ajratishni urgatamiz. Matematikani bilish, bu uning atamalari manosini uzlashtirish, matematik tilni egallash hisoblanadi. Matematik nutqni rivojlantirish uchun misolni turlicha o'qishdan xam foydalanish mumkin. Misollarni kuyidagicha o'qish mumkin: Amal bo'yicha: 3 ga 2 ni kushing Sonlarning nomi bo'yicha: ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.2 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.2 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga