Matеmatika va informatika o'qitish usullari prеdmеti - mazmuni, maqsadi va vazifalari Matеmatika va informatikaning rivojlanish bosqichlari. Matеmatika fani va uning rivojlanish tarixi Informatika fani va uning rivojlanish tarixi Matematika va informatika o'qitish usullarini predmeti. Matematika va informatika o'qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi. Matematika so'zi qadimgi grekcha - mathema so'zidan olingan bo'lib, uning ma'nosi «fanlarni bilish» demakdir. Ma'lumki, matematik fanlarning sohalari turli-tuman bo'lishiga qaramay, ular umumiylik belgisi ostida bitta predmetga birlashtirilgan. Bu umumiylik belgisini quyidagi matematikaga berilgan ta'rifidan yaqqol ko'rish mumkin. «Matematika-haqiqiy borliqning miqdoriy munosabatlari va fazoviy formalaridir».Ushbu ta'rifdan matematika fanining o'rganadigan narsasi (ob'ekti) materiyadagi mavjud narsalarning fazoviy formalari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratligi ko'rinib turipdi. Hozirgi davrda matematika fani shartli ravishda ikkiga ajraladi. 1) elementar matematika, 2) oliy matematika. Elementar matematika ham mustaqil mazmunga ega bo'lgan fan bo'lib, u oliy matematikaning turli tarmoqlaridan, ya'ni nazariy arifmetikadan, sonlar nazariyasidan, oliy algebradan, matematik analizdan va geometriyaning mantiqiy kursidan olingan elementar ma'himotlar asosiga qurilgandir. Oliy matematika fani esa real olammng fazoviy formalari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlami to'la hamda chuqur aks ettiruvchi matematik qonuniyatlarni topish bilan shug'ullanadi. Matematikaning turli sohalari mana shu miqdoriy munosabatlar va fazoviy formalarning ayrim xususiy hollari bilan ish ko'radi. Matematika predmetining tarkibi quyidagilardan iborat: Matematika rivojlanishi jarayonida yig'ilgan faktlar. Gipotezalar, ya'ni ilmiy farazga asoslangan, keyinchalik tajribada sinab ko'riladigan faktlar. Umumiylashtirilgan va o'z asosini topgan materiallar, ya'ni matematik nazariya va qonun-qoidalar. Matematika metodologiyasi-matematika predmetini o'rganishga yondashishni xarakterlovchi matematik qonunlar va nazariyalarni tushuntirishning umumiy usuli. Matematika predmetining sanab o'tilgan elementlari o'zaro bog'liq va rivojlanishda. Ko'pchilik matematika tarixchilari matematika rivojlanishining A.N.Kolmogorov tomonidan tavsiya qilingan davrlashtirishni ma'qul ko'radilar. Buning asosiy sababi, Kolmogorovning davrlashida matematikaning muhim metodlari, g'oyalari va natijalari, ya'ni matematikaning mazmunini baholash asos qilib olingan. Matematika rivojlanishini bunday maxsus davrlarga bo'lish matematika tarixini mohiyatini butunlay hal qilib bermaydi, balki matematika rivojlanishining obyektiv qonunlarini yaxshiroq tushunish uchun qo'shimcha bir vosita bo'ladi. Uning fikricha matematika rivojlanishini quyidagi to'rt davrga bo'lish maqsadga muvofiqdir: 1.Matematikaning vujudga kelishi. Bu davr eradan oldingi VI-Y asrlargacha davom etgan, ya'ni bu davrda matematika o'zining predmeti va metodlariga ega bo'lgan mustaqil fanga aylangan. Davrning boshi eng qadimgi davr-ibtidoiy jamoa tuzumiga borib taqaladi. Bu davrning xarakterli tomoni-matematik faktlarning yig'ilishidan iborat. 2.Elementar matematika davri (O'zgarmas miqdorlar matematikasi davri). U er.avv. VI-V asrlardan XVII asrgacha davom etgan. Bu davrda o'zgarmas miqdorlarni o'rganish sohasida katta yutuqlarga erishildi. Bu yutuqlar haqida hozirgi kunda o'rta maktablarda o'qitiladigan matematika kurslari ba'zi tasavvurlarni berish mumkin. Bunda o'zbek olimi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-850 yy.) tomonidan algebra fanining ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.05 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.05 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:22 ]
Arxiv ichida: doc