Matematika va informatika o'qitishda bilish turlari - Matematik tushuncha, hukm va xulosa

Matematika va informatika o'qitishda bilish turlari - Matematik tushuncha, hukm va xulosa

O'quvchilarga / Pedagogika
Matematika va informatika o'qitishda bilish turlari - Matematik tushuncha, hukm va xulosa - rasmi

Material tavsifi

Matеmatika va informatika o'kitishda bilish turlari: Matеmatik tushuncha, hukm va xulosa Reja: Matematik tushunchalarni ta'riflash metodikasi. Matematik tushunchalarni kiritish metodikasi Matematik hukm. Matematik xulosa Matematik hukmning turlari Postulat. Teorema va uning turlari. Teoremalarni isbotlash metodlari. Teoremalarni zaruriy va yetarli shartlari Biz ta'lim deyilganda o'qituvchi bilan o'quvchiiar orasidagi ongli va maqsadga tomon yo'naltirilgan bilishga doir faoliyatni tushunamiz. Har qanday ta'lim o'z oldiga ikkita maqsadni qo'yadi: 1)O'quvchilarga dastur asosida o'rganilishi lozim bo'lgan zarur bilimlar sistemasini berish. 2)Matematik bilimlarni berish orqali o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish. Ta'lim jarayonidagi ana shu ikki maqsad amalga oshishi uchun o'qituvchi har bir o'rgatilayotgan tushunchani psixologik, pedagogik va didaktik qonuniyatlar asosida tushuntirishi kerak. Buning natijasida o'quvchilar ongida bilish deb ataluvchi psixologik jarayon hosil bo'ladi. Bizga falsafa kursidan ma'lumki, bilish jarayoni «jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga demakdir». Bundan ko'rinadiki bilish jarayoni tafakkur qilishga bog'liq ekan. «Tafakkur - inson ongida ob'ektiv olamning aktiv aks etishi demakdir» (Yu.M.Kolyagin. «Matematika o'qitish metodikasi, M., 1980 y, 57-bet). Psixologik nuqtai nazardan qaraganda bilish jarayoni ikki xil bo'ladi: 1) Hissiy bilish (sezgi, idrok va tasavvur). Insonning hissiy bilishi uning sezgi va tasavvurlarida o'z ifodasini topadi. Inson bilish jarayonida sezgilar bilan birga idrok ham ishtirok etadi. Sezgilar natijasida ob'ektiv olamning sub'ektiv obrazi hosil bo'ladi, ana shu sub'ektiv obrazning inson ongida butunicha aks etishi idrok deb ataladi. Tashqi olamdagi narsa va hodisalar inson miya po'stlog'ida sezish va idrok qilish orqali ma'lum bir iz qoldiradi. Oradan ma'Ium bir vaqt o'tgach, ana shu izlar jadallashishi va biror narsa yoki hodisaning sub'ektiv obrazi sifatida qayta tiklanishi mumkin. Ana shu ob'ektiv olamning sezgi a'zolari vositasida real dunyo bilan o'zaro aloqada bo'ladi. sub'ektiv obrazining ma'lum vaqt o'tgandan keyin qayta tiklanish jarayoni tasavvur deb ataladi. 2) Mantiqiy bilish (tushuncha, hukm va xulosa). Har qanday mantiqiy bilish hissiy bilish orqali amalga oshadi, shuning uchun ham har bir o'rganilayotgan matematik ob'ektdagi narsalar seziladi, abstrakt nuqtai nazardan idrok va tasavvur qilinadi, so'ngra ana shu o'rganilayotgan ob'ektdagi narsa to'g'risida ma'lum bir matematik tushuncha hosil bo'ladi. T a ' r i f. Matematik ob'ektdagi narsalarning asosiy xossalarini aks ettiruvchi tafakkur formasiga matematik tushuncha deyiladi. Har bir matematik tushuncha o'zining ikki tomoni, ya'ni mazmuni va hajmi bilan xarakterlanadi.Bu haqida oldingi mavzuda so'z yuritgandik. 1- m i s о 1. Ko'pburchak tushunchasini olaylik. Bu tushunchadan ikkita qavariq va botiq ko'pburchak tushunchalari kelib chiqadi. Ko'pburchak tushunchasi bu tushunchalariga nisbatan jins tushunchasi deb yuritiladi, chunki uning hajmi kabariq va botiq ko'pburchaklar hajmlaridan kattadir. Qavariq va botiq ko'pburchaklar esa ko'pburchak tushunchasiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.24 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.24 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga