Matematika va informatikani o'qitishning metod va formalari

Matematika va informatikani o'qitishning metod va formalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Matematika va informatikani o'qitishning metod va formalari - rasmi

Material tavsifi

Matеmatika va informatikani o'qitishning mеtod va formalari Reja: Evristik ta'lim metodi. Matematika darslarida muammoli ta'lim. Matematika darslarida dasturlashtirilgan ta'lim. Umumta'lim maktablari jamiyataing ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotdagi muhim o'zgarishlarga hamisha o'z munosabatini bildirib keldi. Jamiyat taraqqiyotining har bir davri uchun ta'lim nazariyasi rivojining ma'lum bir mazmuni mos keladi. Boshqacha qilib aytganda, jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichiga mos ravishda o'qitish dasturlarining mazmuni, tarbiya prinsiplari, o'kuv-tarbiya jarayonini tashkil qilishning forma va metodlari hamda ta'lim muddatlari mos keladi. Pedagogika kursidan ma'lumki, ta'lim metodini aniqlashtirish jarayoni o'quvchi bilan o'qituvchining o'zaro munosabatlari prinsipidan kelib chiqadi, bunda o'qituvchi o'quvchilarga bilimlami bayon qilishi, ana shu bilimlarga erishishdagi o'quvchilarning shaxsiy faoliyatlarini uyushtirishi hamda tushuntiriladigan mavzu materialini o'qituvchining o'zi qanday bayon qilish nuqtai-nazaridan yondashiladi. Og'zaki ko'rsatmalik ta'lim jarayonida o'quvchilar o'qituvchining tushuntirishi orqali bilimlami ongli ravishda o'zlashtiradilar hamda ulami amalda qo'llash malakalari hosil bo'ladi. Asta-sekin umum ta'lim maktablarining mazmuni tubdan o'zgartirildi, ya'ni ta'limni maktabning maqsad va vazifalariga mos keladigan yangi, ancha takomillashgan izohli-ilyustrativ metodi vujudga keltirildi. Izohli-ilyustrativ ta'limda o'rganilayotgan ob'ekt mohiyati izohlanadi, hayotiy faktlar bilan bog'lanadi hamda o'qituvchining ana shu o'rganilayotgan ob'ektga nisbatan kо'rsatadigan misol va xilma-xil ko'rgazmali qurollari orqali tasdiqlovchi xulosasi bilan yakunlanadi. Izohli-iilyustrativ ta'limda o'kituvchi faktlarni o'zi bayon qilib beradi, o'zi ularni tahlil qiladi va yangi tushunchalarning mohiyatini tushuntiradi, ya'ni teorema, qoida va qonunlarni o'zi ta'riflaydi. Izohli-iilyustrativ ta'lim metodi umumta'limiy maktablarimizda qo'llanish darajasiga nisbatan an'anaga aylandi va hozirda ham qo'llanilmokda. Hozirgi zamon ilmiy-texnika revolyusiyasi davrida izohli-ilyustrativ ta'lim metodi o'quvchilarning fikrlash qobiliyatini etarli darajada rivojlantira olmaydi, ularni o'rganilayotgan mavzu materialini puxta bilishlariga bo'lgan ehtiyojlarini qanoatlantira olmaydi hamda fanga bo'lgan qiziqishlarini yuqori darajada shakllantira olmaydi. Shuning uchun ham 1960 yilning boshlaridan boshlab, maktablarimizda ta'lim jarayonini jadallashtirish g'oyasi keng tarqalib, ta'limning yangi metodi - muammoli va evristik ta'lim metodlari vujudga kela boshladi. Evristik ta'lim metodi. Evristika degan so'zning ma'nosi savol-javobga asosan topaman demakdir. Evristik metod bilan o'qitish maktablarda asosan, XIX asr boshlaridan boshlab qo'llanila boshlandi. Atokli pedagog-matematik S.I.Shoxor-Trotskiy o'zining Geometriya na zadachax nomli kitobida bunday yozadi: Geometrik mashg'ulotlar o'quvchilarga qiziqarli bo'lishi uchun, bu mashg'ulotlardagi har bir masala yoki topshiriq so'zma-so'z quruq yodlash uchun emas, balki ularning aqliy faoliyatlarini ishga soladigan xarakterda bo'lishi kerak. (Shoxor-Trotskiy S.I. Geometriya na zadachax M, 1908 y. 14-bet). Amerikalik olim D.Poya o'zining Как reshat zadachu nomli kitobida evristik ta'lim metodini bunday tushuntiradi: Evristikaning maqsadi - yangiliklarga olib boruvchi metod va qoidalarni izlash demakdir. U evristik metod mohiyatini quyidagidek izchillikda tuzilgan reja orqali amalga oshirishni tavsiya qiladi: 1.Masalaning qo'yilishini tushunish. 2.Masalani yechish rejasini tuzish. 3.Tuzilgan rejasini amalga oshirish. 4.Orqaga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.23 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.23 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga