Matеmatika va informatikaning o'qitishdagi ilmiy usullar Reja: Matematik ta'lim metodlari kuzatish va tajriba, taqqoslash umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkrеtlashtirish, tahlil va sintеz. Matematik ta'lim metodlari Metod so'zi grekcha so'z bo'lib, yo'l ko'rsatish demakdir. Ta'lim metodi tushunchasi esa hozirgi zamon metodika va didaktika fanlaridagi asosiy tushunchalardan biridir, ammo bu tushuncha yaqin vaqtlarga qadar turli metodik adabiyotlarda turli mazmunda qo'llanib kelinar edi. ХIХ asrga qadar bo'lgan metodik adabiyotlarda metod tushunchasi matematika kursining asosiy mazmunini bayon qiluvchi mavzuning tavsifisi sifatida ishlatiladi. Masalan, Sonlarni o'rganish metodi, Geometrik figuralarni o'rganish metodi va hokazo. Hozirgi zamon didaktikasida, jumladan, Matеmatika va informatika o'qitish metodikasi fanida ta'lim metodining muammolari umumiy holda hal qilingan bo'lib, u o'zining quyidagi ikki tomoni bilan xarakterlanadi: 1)o'qitish (o'kituvchining faoliyati); 2) o'rganish (o'quvchilaming ongli bilish faoliyati). Ta'lim jarayoni o'qitish va o'rganishdan iborat bo'ladigan bo'lsa, u holda o'qitish (o'quvchilaming bilish faoliyatlarini boshqarish va tekshirishga doir axborot turlari, usul va vositalari), o'rganish (o'quv materialini o'quvchilar tomonidan o'zlashtirishning turlari, usul va vositalari) o'zining quyidagi metodlari orqali amalga oshiriladi. O'qitish va o'rganish metodlari o'zaro bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda bo'lib, maktabda o'qitish jarayonini amalga oshiradi. Maktab matеmatika va informatika kursida ta'lim metodlarini quyidagicha klassifikatsiyalash mumkin:Ilmiy izlanish metodlari (kuzatish, tajriba, taqqoslash, analiz va sintez, umumlashtirish, abstraksiyalash va klassifikatsiyalash); O'qitish metodlari (evristik metod, proglammalashtirilgan ta'lim metodi, muammoli ta'lim metodi, ma'ruza va suhbat metodlari);Xulosa chiqarish metodlari (induksiya, deduksiya va analogiya). Matеmatika va informatika o'qitishdagi ilmiy izlanish metodlari. Bizga ma'lumki, matеmatika va informatika fanlarini o'rganadigan ob'ekti materiyadagi narsalarning fazoviy shakllari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir. Ana shu shakllar orasidagi miqdoriy munosabatlami aniqlash jarayonida matematiklar izlanishning ilmiy metodlaridan vosita sifatida foydalanadilar. Matematikadagi izlanishning ilmiy metodlari bir vaqtning o'zida matematikani o'qitishdagi ilmiy izlanish metodlari vazifasini ham bajaradi. O'qitishdagi ilmiy izlanish metodlari quyidagilardan iboratdir. 1. Tajriba va kuzatish; 2. Taqqoslash; 3. Analiz va sintez; 4. Umumlashtirish; 5. Abstraksiyalash; 6. Konkretlashtirish; 7. Klassifikatsiyalash. Tajriba va kuzatish metodi. Ta'rif. Matematik ob 'ektdagi narsalarning xossalari va ularning о 'zaro munosabatlarini belgilovchi metod kuzatish deyiladi. Misol. IV-V sinf o'quvchilariga bir necha figurani ko'rsatib, bu figuralar ichidan o'q simmetriyasiga ega bo'lgan geometric figuralarni ajrating deb buyursak, o'quvchilar barcha figuralarni ko'rib chiqib quyidagicha xulosaga kelishlari mumkin. Figuralar ichida o'zidan biror o'qqa nisbatan ikki qismga ajragan figuralar bo'lsa hamda ularni ana shu o'q bo'yicha buklaganda qismlar ustma-ust tushsa, bunday figuralar simmetrik figuralar bo'ladi. Ammo boshqa figuralarda o'zlarini teng ikkiga bo'luvchi to'g'ri chiziklar bo'lmasligi mumkin. U holda bunday figuralar nosimmetrik figuralar bo'ladi. Biz figuralardagi bunday xossa va ular orasidagi munosabatlami kuzatish orkali figuralarni simmetrik ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.77 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.77 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:22 ]
Arxiv ichida: doc