Matn ustida ishlash

Matn ustida ishlash

O'quvchilarga / Pedagogika
Matn ustida ishlash - rasmi

Material tavsifi

Matn ustida ishlash Reja: Matn ustida ishlash Matnni abzatslarga bo'lish. Klaster usuli. Kommunikativ metod asosida yaratilgan darsliklardagi mavjud matnlar autentivligi bilan eski darsliklardan farq qiladi. Eski darsliklardagi matnlar faqatgina darslik mualliflari tomonidan yozilgan bo'lar edi. Autentiv matn tushunchasi ostida original va aynan yozma yoki og'zaki ko'chirilgan nusha tushuniladi. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, o'quvchilarni matnlar bilan tanishtirish, turli lingvistik mushohadalar orqali matn manosini tushuntirish xorijiy tillarni o'qitishda o'z samarasini bermoqda. Quyida biz autentiv matnlar ustida ishlash uchun bir necha tavsiyalar berishni lozim deb topdik. Matnni abzatslarga bo'lish. Bo'lingan abzatslarni guruhlarda manosiga ko'ra tartibli joylashtirish. Bunda o'quvchilar o'zlari guruhlarda mustaqil qilishlari mumkin yoki belgilangan muddatlarda magnitofon orqali eshitib joylashtirishlari mumkin. Matnni abzatslarga bo'lish va rasmlarni abzatslarga mos holda tartibli joylashtirish. Agar darslikda matnga oid rasmlar bo'lmasa, o'qituvchilarning o'zi ijodiy yondoshib rasmlar tayyorlashi mumkin. Matnni davom ettirish, yarmigacha o'qib, qolganini davom ettirishni o'quvchilarga havola etish. O'quvchilar matn mazmuniga mos ravishda turli hikoyalar tuzadilar. Eng yaxshi tuzilgan hikoyalar yoki matn davomining mazmuniga mos kelganligi plenumda muhokama etiladi va o'qituvchi tomonidan rag'batlantiriladi. Matn mazmunini eslab qolish bo'yicha xotira mashqi. O'qituvchi matnni bir marta o'qib beradi. So'ngra matnni turli bo'laklarga bo'lgan holda o'quvchilarga beradi va o'quvchilar ularni imkon qadar to'g'ri joylashtirishga harakat qiladilar. O'qituvchi esa ularni to'g'ri joylashtirishlarini motivatsiya qilib turadi. O'xshash hikoya tuzish. O'qituvchi berilgan matn ustida ishlab bo'lingandan so'ng o'quvchilarga matn mazmuniga mos o'xshash hikoyalar tuzishlarini buyuradi. Tuzilgan o'xshash hikoyalar plenumda muhokama etiladi. Matnni abzatslarga bo'lish va har bir abzatsga sarlavha qo'yishni o'quvchilarga havola etish. Mashq guruhlarda olib boriladi va plenumda muhokama etiladi. Matnni abzatslarga bo'lgan holda guruhlarda tarjima qilish. Har bir guruhga bir abzatsdan beriladi va guruhda tarjima qilinadi, so'ngra belgilangan vaqtdan so'ng guruhda faqat bir kishi qoladi va qolganlari boshqa guruhlarga bittadan tarqaladilar. Bir guruhda barcha guruhlarning vakillari to'planadilar va matn abzatslari bo'yicha tarjima qilinadi. Har bir vakil o'z abzatsini tarjima qilib beradi. Matn ustida ishlashning bunday usuli vaqtni tejashga yordam beradi. Klaster usuli. Matnning sarlavhasini klaster usulida tahlil etish. Masalan, maktab deganda nimalarni tushunasiz deb o'quvchilarga murojaat Bu usul bilan matnning mazmunini global tushunishga harakat qilinadi. Matn ustida ishlashning samarali usullarini topish albatta bu o'qituvchining ijodkorligiga bog'liqdir. Chet tili darslarida adabiy matnlardan foydalanish o'quvchitalabalarni og'zaki nutqini rivojlantiribgina qolmasdan, balki tili o'rganilayotgan mamlakatga nisbatan qiziqishlarini orttirishda, dunyoqarashlarini kengaytirishda muhim rol o'ynaydi. Adabiy matn turlariga epik, dramatik va lirik asarlar kiradi. Chet tili darslarida ko'proq epik asarlardan foydalanayotganligimiz sababli, epik asarlarga to'xtalib o'tamiz. Epik grekcha so'z bo'lib, hikoya qiluvchi adabiyot manosini bildiradi. Epik asarlarda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 179.48 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 179.48 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga