Matn va grafik muharrirlari RYeJA: Matn muharriri va uning vazifasi. Matn muharriri «menyu» si va unda bajariladigan ishlar. Matn terish, formatlash va uni kompyuter xotirasida saqlash. Grafik muharrir va uning vazifasi. Grafik muharrir yordamida shakl yaratish, unga sayqal berish va uni kompyuter xotirasida saqlash. Microsoft Word matn Microsoft Office paketining asosiy dasturlaridan biri hisoblanadi. Matnni tahrirlashning asosiy bosqichlarini quyidagicha ta'riflash mumkin: hujjatni yaratish, saqlash, o'zgartirish, bezash, bir nechta hujjatdan bir butun hujjat yaratish va h.k. Ushbu matn muharririning imkoniyatlarini quyida keltirilgan bazi amallardan ham bilish mumkin: Matnning orfografiyasi va grammatikasini tekshirish. Jadvallar bilan ishlash, ularning chegaralari va ichki rangini tanlash. Rasm chizish. Elektron hujjatlarni yaratish, saqlash, tahrir qilish va h.k. Elektron pochta qutisidan olingan xabarlarni tahrirlash va boshqa imkoniyatlar kiradi. Word matn muharririni ishga tushirish uchun ish stolidagi uning yorlig'ining ustiga sichqoncha ko'rsatkichini olib kelib, sichqoncha chap tugmachasini ikki marta tezlikda bosing. Agar bu yorliqni ish stolidan topa olmasangiz, ekranning quyi qismida joylashgan satr (Masalalar paneli) dagi «Pusk» tugmachasi ustiga sichqoncha ko'rsatkichini olib kelib chap tugmachasini bir marta bosing. Ochilgan menyudan «Programmo'» qismini, so'ngra o'ng tomonda hosil bo'lgan ro'yxatdan Microsoft Word qatorini tanlang va sichqonchaning chap tugmachasini bir marta bosing. Bu amallarni bajargandan so'ng Word matn muharriri ishga tushadi va Microsoft Word dasturi oynasi paydo bo'ladi. 1) Oynaning eng yuqorisida dastur nomi yozilgan kator mavjud. Shu qatorning o'ng tomonida, burchakda uchta boshqaruv piktogrammalari (belgilar) joylashgan: Ulardan birinchisi-«Svernut» (Yig'ib olish) nomli piktogramma. Agar uning ustida sichqoncha bosilsa, ilova oynasi «Masalalar paneli» qatoriga («Pusk» tugmachasi joylashgan qatorga) to'rtburchak shakldagi tugmacha ko'rinishida (darchadek) yig'ib olinadi. Sichqonchaning chap tugmachasini «darcha» ustida bir marta bosish oynaning oldingi o'lchovini va joylanishini tiklaydi. Ikkinchisi-«Razvernut» (Yoyish) tugmachasi. Agar uning ustida sichqoncha bosilsa, ilova oynasi butun ekranga (yoki hujjat oynasi butun ilova oynasiga) yoyib tashlanadi. Shunga ahamiyat berish kerakki, «Masalalar paneli» oyna kattalashgan holda ham ko'rinib turadi. «Razvernut» piktogrammasi ustida sichqoncha bir marta bosilgandan keyin eski piktogramma o'rnida yangi, ikkita ustma-ust joylashgan kvadrat shaklidagi piktogramma paydo bo'ladi. Hosil bo'lgan piktogrammaning ustida sichqoncha bosilsa, oyna oldingi holatiga qaytadi. Uchinchisi-«Zakro't» (Yopish) piktogrammasi. U joriy ilova oynasini yopadi va bajarilayotgan ishning saqlab qolinmagan natijalarini saqlaydi. Unda ko'rsatilgan menyu turlarining birortasi ustiga sichqoncha ko'rsatkichini keltirib, chap tugmachasi bosilsa, ijro etilishi mumkin bo'lgan amaliy buyruqlar ro'yxati chiqadi. Tanlab olingan amaliy buyruq ijro etilishi uchun uning ustida siqonchani bir marta bosish zarur. Avvalo matn nimalardan tashkil topadi, uning elementlari qaysilar kabi savollarga javob berib o'tamiz. Matn-simvol, so'z, qator, abzats (xat boshi), sahifa kabilardan tashkil topgan. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.87 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.87 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:22 ]
Arxiv ichida: doc