Matn. Matn turlari. O'zbek tili darslarida matn ustida ishlash metodikasi

Matn. Matn turlari. O'zbek tili darslarida matn ustida ishlash metodikasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Matn. Matn turlari. O'zbek tili darslarida matn ustida ishlash metodikasi - rasmi

Material tavsifi

Matn. Matn turlari. O'zbek tili darslarida matn ustida ishlash metodikasi Reja: Matn. Matn turlari. Matn tuzishga o'rgatish usullari. Insho - fikrlash mahsuli. Ijodiy-amaliy ishlarning oliy shakli matn yaratishdir. Chunki matnda o'quvchilarning til hodisalarini bilishi, ijodiy fikrlashi, fikr mahsulini o'zbek adabiy tilining boy imkoniyatlaridan foydalangan holda og'zaki va yozma shakllarda to'gri, ravon ifodalashi namoyon bo'ladi. Shuning uchun matn til o'rganish mashg'ulotlari samaradorligini belgilovchi bosh me'yor sanaladi. o'quvchilar yaratishi lozim bo'lgan matnlarni, asosan, quyidagi uch guruhga ajratish mumkin: mashg'ulotlarda hosil qilingan nazariy bilim va ko'nikmalarni amalda qo'llab matn yaratish. Bunday matnlar 3-4 gapdan tuzilgan, monolog yoki dialog tarzida qisqagina tasvir yoki hikoya shaklida bo'lishi mumkin. Berilgan yoki tanlangan mavzu (manzara, rasm, muammo, vaziyat va h.k.) asosida tasvir (kichik insho) yaratish. Bunday tasvirlar yozma va og'zaki ko'rinishlarda o'quvchilarning yosh va taraqqiyot darajasiga mos mazmun va hajmda bajarilishi lozim. Insho - matnning oliy ko'rinishi. o'quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirishda inshoning ahamiyati beqiyosdir. Insho o'zbek tili darslarida qo'llaniluvchi muhim yozma ish turlaridan sanaladi. Inshoda insho yozuvchi o'zining shaxsiy fikr va taassurotlarini inshoning mavzusi va materiali talab qilgan, iqtidori imkon bergan tartibda yozma ravishda izhor qiladi. Insho yozishga o'rgatish uzoq davom etuvchi, murakkab jarayon. Bu jarayonning faqat eng muhim o'rinlarigagana to'xtalib o'tishni lozim topdik. Insho uchun 4 soat beriladi. Xajmi - 5-7 bet (qoralamasi bilan). Insholar o'rta maktablarda, litsey, kollej va boshqa o'quv yurtlarida didaktik maqsadlariga ko'ra ikki turli bo'ladi: ta'limiy insholar; 2) sinov insholari. Janri va tematik xususiyatlariga ko'ra esa insholar uch turli bo'ladi: 1) adabiy, 2) adabiy-ijodiy; 3) ijodiy. o'oyaviy-uslubiy xususiyatlariga ko'ra insholarni besh turga bo'lish mumkin: 1) obzor; 2) monografik, 3) qiyosiy; 4) taqriz; 5) mulohaza. o'rta maktab o'zbek tili kursida quyidagi insho turlaridan foydalanishni maqsadga muvofiq deb bilamiz: a) ilmiy insho (til, tarix, biologiya, geografiya va h.k. fanlardan har bir fan uchun xos bo'lgan biror mavzu yoki masalani yechish); b) ilmiy-badiiy insho (badiiy asar, yozuvchi ijodi, adabiy jarayonlar tahliliga bagishlangan insholar); v) badiiy-ijodiy insholar (san'at asarlarini o'rganishda o'quvchining shaxsiy kechinmalari tasviri); g) tasviriy insho (narsa, buyum, voqea, hodisa, manzara va h.k. tasviriga bagishlangan insho); d) ramziy insho (bu insho tafakkurning oliy ko'rinishi bo'lib, malum narsa, voqea-hodisaning o'quvchi ongida, uning tasavvurida nimalar bilan boglanganligi, uning ichki hissiyoti va aqliy olamida nimalar bilan aloqador ekanligi tasviri); e) erkin mavzudagi insho. ta'limiy insholar sinfda yoki uyda o'quvchi tomonidan yozilib, nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash, ijodiy fikr yuritishga, uni to'gri izhor qilishga qaratilgandir. Sinov ishlari o'quvchining insho yozish ko'nikma va malakalarini sinash uchun malum mavzular o'tib bo'lingach, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.85 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.85 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga