Maxsus fanlardan tajriba - amaliy mashg'ulotlarini o'tkazish metodikasi

Maxsus fanlardan tajriba - amaliy mashg'ulotlarini o'tkazish metodikasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Maxsus fanlardan tajriba - amaliy mashg'ulotlarini o'tkazish metodikasi - rasmi

Material tavsifi

Maxsus fanlardan tajriba - amaliy mashg'ulotlarini o'tkazish metodikasi Reja: Tajriba va amaliy mashg'ulotlarining maqsadi. Tajriba-amaliy mashg'ulot turlari. Miqdoriy va sifatiy tajriba-amaliy mashg'ulotlar. Frontal va nofrontal tajriba-amaliy mashg'ulotlar Tajriba-amaliy mashg'ulotlarini o'tkazish metodikasi. Tayanch so'z va iboralar: Tajriba-amaaliy mashg'ulotlar maqsadi, tajriba-amaliy mashg 'ulot turlari, miqloriy va sifatiy tajriba-amaliy mashg 'ulotlar, frontal va nofrontal tajriba-amaliy mashg'ulotlar, tajriba-amaliylarni o'tkazish metodikasi, kirish joriy va yakuniy yo 'riqnoma. Tajriba va amaliy mashg'ulotlarining maqsadi. Tajriba va amaliy mashg'ulotlar - oliy ta'limda talabalar mustaqil suratda bajaradigan amaliy ish turlaridan hisoblanadi. Ular nazariy bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash, mustaqil tajribalar bajarish malakasini rivojlantirish maqsadida o'tkaziladi. O'quv jarayonining asosiy bosqichlaridan biri bilimlarni amalda tadbiq etishdan iborat, buning natijasida talabalarda ko'nikma va malakalar hosil bo'ladi. Umumkasbiy va maxsus fanlarni o'rganishda olingan bilimlarni amalda tadbiq etish shakllaridan biri tajriba va amaliy mashg'ulotlaridir. Tаjribа mаshg'ulotlаridаn ko'zdа tutilаdigаn mаqsаd- muаyyan texnologikN jаrаyonlаrni, qonuniyatlаrni, sаbаb-nаtijаli bog'lаnishlаrni vа shu kаbilаrni tekshirish mаqsаdidа turli xil eksperimentlаr o'tkаzish orqаli ushbu hodisаlаrni kuzаtish hаmdа tаhlil qilishni o'rgаnishdir. Masalan: tuproqning qattiqligini tortish kuchiga ta'sirini tekshirish; moyning qovushqoqligini aniqlash; mashinaning ish unumdorligini aniqlash va hokazo. Аmаliy mаshg'ulotlаridаn ko'zdа tutilgаn mаqsаd - tаlаbаlаrdа texnikаviy ob'ektlarni yanаdа chuqurroq o'rgаnish mаqsаdidа ulаrdаn foydаlаnish bilаn 4bog'liq bo'lgаn аmаliy ko'nikmа hаmdа mаlаkаlаr hosil qilishdir. Masalan: dastgohlar va ularning mexanizmlarni qismlarga ajratish, yig'ish, sozlash, rostlash; tokarlik, parmalash, jilvirlash dastgohlarida, tikuv va to'quv mashinalarida ishlash; biror kattalik yoki parametrlarni o'lchash, hisoblash va hokazo. Maxsus fanlar bo'yicha tajriba va amaliy mashg'ulotlar bevosita ishlab chiqarish xarakteriga ega emas. Ulardan ko'zlangan yagona maqsad - talabalarga mazmuni jihatidan umumkasbiy va maxsus fanlar bilan bog'liq bo'lgan texnologik jarayonlar, texnikaviy hodisalar, umumiy qonuniyatlar, amaliy qoidalar, texnikaviy talablar va shu kabilarni amalda o'rgatishdir. Tajriba-amaliy mashg'ulotlar davomida talabalar o'zlaridagi mavjud bilimlarni chuqurlashtiradilar, mustahkamlaydilar, kengaytiradilar va bu bilimlarni amalda tadbiq etishga o'rganadilar, bu esa ularda kasbiy malakalarni oshirish uchun zarurdir. O'quv jarayoniida tajriba va amaliy mashg'ulotlar sof holda qo'llanilmaydi. Ular o'quv dasturlariga tajriba-amaliy mashg'ulotlar tarzida kiritilgan. O'z vazifasi, o'quv jarayonida tutgan o'rni jihatidan umumkasbiy va ixtisoslik fanlar bo'yicha bajariladigan tajriba-amaliy ishlar nazariy ta'lim bilan ishlab chiqarish orasida oraliq vaziyatni egallaydi, hamda malakali mutaxassislar tayyorlashning bu ikki tomonini o'zaro bog'lashning eng muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Bu bog'lanish tajriba-amaliy ishlar rukni va mazmunini aniqlashda, tajriba-amaliy ishlar jarayonida talabalar olgan uquvlarni ishlab chiqish jarayonida tatbiq etish va kengaytirishda, ularni o'tkazish metodlari hamda metodik usullarini uyg'unlashtirishda namoyon bo'ladi. Tajriba-amaliy mashg'ulot turlari. Tajriba-amaliy mashg'ulotlarni mazmuni va tashkil etish xarakteriga ko'ra qo'yidagi turlarga ajratiladi. Tajriba-amaliy mashg'ulotlarni ularning xarakteri jihatidan miqdoriy (miqdorga bog'liq bo'lgan) va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.9 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.9 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga